Nazorat savollari
1. “Nanomateriallar” tushunchasiga ta’rif bering.
2. Nanomateriallarning qanday turlarini bilasiz?
3. Nanozarrachalar va nanoklasterlar deb nimaga aytiladi?
4. Nanomateriallarning alohida xususuyatlarining sababi nimada?
5. “Yuqoridan-pastga” texnologiyasiga misol keltiring.
6. “Pastdan - yuqoriga” texnologiyasiga misol keltiring.
7. Litografiya texnologiyasining asosiy bosqichlarini ayting.
8. Eptaksiya jarayoni qanday sodir bo’ladi?
Masalalar
1) Ikkita sferik 1000ta zarrachalardan tashkil topgan nanoklasterlarning qo’shilishi
(birlashishi) sodir bo’ldi. Hosil bo’lgan nanoklasterning o’lchami dastlabki
nanoklasterning o’lchamidan necha marta katta bo’ladi? Hosil bo’lgan klasterning
sirtidagi atomlarning miqdori dastlabki klasterning sirtidagi atomlarning miqdoridan
necha marta kamayadi.
2) Suvning 50ta atomodan iborat nanoklasterning o’lchamini
baholang(chamalang). Suvning 50ta atomodan iborat nanoklaster yassi tekislikka
tushadi va bir tekis tarqalaib qalinligi 1 atom qatlamli yassi doiraviy dog’ hosil qiladi.
Shu dog’ning o’lchamini baholang.
Dostları ilə paylaş: |