etmoqdalar. O’ztashkillanish
yaratishga imkon eradi.
30
Berilgan nanotexnologiyalardan foydalanib qanday nanostrukturalar qurish
mumkin?
Biz turli materiallar haqida gapiramiz, ular tez-tez o’z-o’zini tashkil qilish
jarayonida paydo bo’lishi mumkin. Bu tabiat ulardan o’z o’zini tashkil qilish jarayonida
qanday foydalansa shunday ularni atom va molekularardan shakllantirib qurilma qurishga
imkon beradi. Tabiatda chindan xam shunday tizimlar bor va shunday jarayonlar
bo’ladi. Eng yorqin misol bo’lib DNKga yozilgan axborot asosida murakkab biologik
obyektlar yig’ishdir ( mas. 2. 15 rasmga qarang).
Avval qanday bo’lgandi? Aytaylik biz temir bo’lagini olardik va ortiqchasini olib
tashlab bolg’a yasardik ( “tepagan –pastga” texnologiyasi). Nanotexnologiya esa yaqin
kelajakda mahsulotlarni “nol” materialdan tayyorlash imkonini beradi , bunda atomni
atomga “qo’lda” qo’yish shart bo’maydi, biz o’z o’zini tashkil qilish hodisasidan, o’z
o’zini yig’ish nanotizimi va nanoqurilmasidan foydalanishimiz mumkin. Bunda
materialni “qo’lda” yig’ish maqsadida nano darajada alohida nanoobyektda sun’iy
manipulyatsiya kutish ancha qiyin.Bu hozircha maqasadga muvofiq emas (sekin va katta
hajmda mehnat talab qiladi). Shuning uchun o’z o’zini tashkil qilish tabiiy ravishda
nanomaterial olishni paydo qilishi mumkin.
Aniq shartlarda mikro- yoki nanoobyektlarning o’zlari tartibga solingan struktura
( tuzilima) ko’rinishida barpo bo’lishga boshlaydilar.Bu yerda tabiatning fundamental
qonunlariga qarama qarshilik yo’q—bunday holatda tizim alohidalanmagan va
nanoobyektlarga qandaydir tashqi ta’sir ko’rsatiladi. Biroq eslatib o’tilgan metodlardan
farqli holda, bunday ta’sir aniq bir qismga emas, hammasiga tengdan qaratilgan. Sizga
talab qilinayotgan tizimni qo’lda tuzish kerak bo’lmaydi, nanoobyektlar talab
qilinayotgan joy nuqtasida birin ketin joylashib—yaratilgan sharoitlar shunaqa,
nanoobyektlar buni o’zlari bir vaqtning o’zida bajaradilar. Bunday o’ziga xos
sharoitlardan foydalanib yaralish jarayonlarini o’zyig’ilish jarayonlari deb ataladi, va
ular allaqachon hozirda fan va texnikaning ko’plab sohalarida muhim rol o’ynamoqda.
K o’pchiligingiz bilyard o’yinini va sharlarni “piramida “ shaklida tahlanishini
bilasiz—yopiq hajmda sharlar teng tomonli uchburchakda bir usulda tahlanadilar. Agar
ularni katta qutiga solib biroz aralashtirilsa, ular o’z- o’zidan amalda juda yahshi
tartibga solingan struktura hosil qiladilar. Ba’zi hollarda bir xil navdagi atomlarni ham
chegaralangan hajmdagi shunday shaklda tartiblangan o’lchamlari bo’yicha bir jinsli
ko’rinishdagi sharlar ko’rinishida ko’rib chiqish mumkin. Ximiya va
kristallogrfiyada hatto “sharli zich taxlam” termini mavjud.
Bilyard sharlari misoliga o’xshash nanozarrachalar qattiq jismlar sirtida o’z –
o’zlaridan taxlana oladilar. Nanozarrachalarning bunday “yopishib qolish”ning asosiy
sabablari nanozarrachalarning umumiy sirt yuzasini kichraytirishga va shu orqali
ularning yuza energiyasini qisqartirishga urinadigan turli kuchlardir.
4 nm diametrli oltin nanaozarrachalarining tartibga solingan massivlari birinchi
bo’lib 1955 yilda olingan, ikki oydan keyin monodispersli beshnanometrli kadmiy
selenidi zarrachalarini “yotqizish”ga erishildi. Dastlabki nanozarrachalar qanchalik bir
jinsli bo’lsa, ularning massivda joylashishi shuncha “to’g’riroq” bo’lib bordi.
O’ziyig’iladigan komponentlar uchun odamadan talab qilinadigan narsa shuki,
ulardan yetarli miqdorda probirkaga joylash va ularga avtomatik tarzda o’zlarini tabiiy
xususiyatlariga ko’ra kerakli konfiruratsiyaga to’planishga imkon berish.
Hozirgi kunda ikkio’lchobvli va ucho’lchovli Pt, Pd, Ag, Au, Fe, Co,
nanokristallarnig, Fe-Pt, Au-Ag qotishmalarning, Cd/CdSe, CdSe/CdTe, Pt/Fe, Pd/Ni
nanostrukturalarning tashkillashgan massivlari sintezlangan.
Bundan tashqari anizotrop nanozarrachalar uchun mo’njalli- tartiblangan
massivlar shakkllanishiga erishishni uddasidan chiqildi. Bir hil o’lchamdagi
31
nanozarrachalarni biro’lchamli “iplar”ni, ikkio’lchamli zich joylashgan qatlamlarni,
ucho’lchamli massivlar yoki “kichik’ klastrelarni o’zida namoyish etadigan fazoviy-
tartiblangan strukturalarga “to’plash” mumkin. Nanozarrachalar tashkillanishining tipi va
massivning hosil bo’lish strukturasi sintez sharoitlari, zarracha diametri , strukturaga
tashqi ta’sirining tabiatiga bog’liq.
Bugungu kunda mikrozarrachalardan foydali tartiblashgan strukturalar olish
mumkin bo’lgan turli o’z-o’zini yig’ish metodlari ma’lum. Aniq bir sistemada o’z- o’zini
yig’ish sodir bo’lishiga alohida sharoitlar yaratish uchun tortishish, elektr va magnit
maydoni, kapillyar kuchlar, sistema komponentlarining ho’llanish-ho’llanmaslik “o’yini”
va boshqalardan foydalanish mumkin bo’ladi. Ayni paytda o’z –o’zini yig’ish jarayonlari
ishlab chiqarishda ham faol foydalanishga boshlandi. Xususan, mashhur INTEL
kompaniyasi o’z-o’zini yig’ish jarayonlarini yangi avlod kompyuter chiplari yaratilishiga
joriy qilmoqda.
Dostları ilə paylaş: