Napoleon bosqini va “German millati muqaddas Rim imperiyasi”ning qulashi
“German millatining Muqaddas Rim imperiyasi” faqat rasman yagona davlat hisoblanib, XVIII asrda uning tarkibiga suveren davlatlar hisoblangan imperatorning 7ta kurfyuristligidan tashqari 300ga yaqin katta-kichik davlatlar kirardi. Bu davlatlar rasman imperatorga qaram edilar, lekin amalda knyazlar, yepiskoplar, shaharlar kengashlari va boshqa ko‘pdan ko‘p feodal egaliklar tomonidan idora etilardi. Ularning ko‘pchiligi yeri va aholisi juda kam bo‘lgan davlatlar edi.
Davlat dehqonlari esa 1777-yilgi farmon bilan o‘z yer uchastkalariga merosiy egalik qilish huquqini oldilar. Prussiya boshqa barcha german davlatlari ichida birinchi bo‘lib 1781-yilda umumiy boshlang‘ich ta’limni joriy qildi va o‘z huquqini birxillashtirdi.
Ushbu bosqinchilik oqibatida 112ta mayda davlatlar tugatilib, bir-biriga qo‘shib yuborildi, bir qanchasi yirik monarxiyalar tarkibiga kiritildi. Bunda ko‘proq hududlarni bevosita Napoleonga qaram davlatlar: Baden, Bavariya, Vurtemberg, Saksoniya egallab olgan edi. 1805-yilda Fransiyaga qaram Berg gersogligi, 1807-yilda esa Vestfaliya qirolligi tashkil qilindi. Yangi davlatlarning chegaralari fransuz burjuaziyasining siyosiy, iqtisodiy va harbiy-strategik manfaatlariga muvofiq qilib belgilangan.