German davlatlarining birinchi konstitutsiyalari
1815-yilgi Muqaddas ittifoq akti qarorlariga amal qilib 1816-yildan 1847-yilgacha bo‘lgan davr mobaynida ko‘p german davlatlari o‘zlarining birinchi konstitutsiyalarini qabul qildilar. Bu konstitutsiyalar asosan monarxlar tomonidan in’om qilingan xartiyalar shaklida edi.
|
1816-yildan 1847-yilgacha bo'lgan davr mobaynidagi birinchi konstitutsiyalarning oldingilaridan farqi
|
|
Deyarli barcha konstitutsiyalarda davlat boshlig‘i monarx, tabaqa-vakillik muassasalari monarx tomonidan nazorat qilingan landtag va monarx oldida javobgar hukumatdan iborat boshqaruv shakli belgilangan edi.
Baden gersogligining 1818-yilda qabul qilgan konstitutsiyaviy aktiga binoan
Buyuk gersog davlat hokimiyatini birlashtirib turgan
Buyuk gersog hokimiyatni landtag roziligi bilan amalga oshirgan
Landtagning yuqori palatasi sof feodal muassasa bo‘lib, “buyuk gersoglik xonadoni” a’zolaridan, sobiq taxt vorislaridan, umumdavlat dvoryanlaridan, universitetlarning vakillaridan va gersog tomonidan tayinlangan shaxslardan iborat tarkibda edi. Quyi palata shahar va qishloq okruglari deputatlari orasidan, 25 yoshga to‘lgan kishilardan, o‘troqlik senzi hisobga olingan holda ikki bosqichli saylovlar asosida saylanardi. Quyi palata mustaqil vakolatlardan mahrum etilgandi.
Konstitutsiyaga binoan butun ijroya hokimiyat va qonunchilik hokimiyati ustidan nazorat qilish Buyuk gersogga tegishli edi. Buyuk gersog landtagni chaqirishi, tarqatib yuborishi, uning majlislarini kechiktirishi unda ko‘riladigan masalalar doirasini kengaytirishi yoki qisqartirishi mumkin edi (50-modda).
Buyuk gersog landtag palatalari bilan birga qonunchilik tashabbusi huquqiga, qonunlarni tasdiqlash (mutlaq veto huquqi) va e’lon qilish, shuningdek ularning bajarilishi uchun “farmoyishlar, reglamentlar va umumiy farmonlar” (66-modda) chiqarish huquqiga ega bo‘lgan.
Albatta, Konstitutsiyada gersogning qonunchilik sohasidagi ba’zi vakolatlari cheklangan edi. Bu cheklovlar asosan budjet va konstitutsiyani o‘zgartirish tartibiga taalluqli bo‘lgan. Konstitutsiyaga ko‘ra soliqlar palatalarning roziligisiz o‘rnatilishi va undirilishi mumkin emas edi. Shuningdek, konstitutsiyani to‘ldiruvchi, tushuntiruvchi yoki o‘zgartiruvchi barcha qonunlarni qabul qilish uchun har bir palatada ishtirok etuvchi a’zolarning 2/3 qismi ovozi talab qilingan.
Dostları ilə paylaş: |