Napoleon bosqini va “German millati muqaddas Rim imperiyasi”ning qulashi


German davlatlarining “Reyn ittifoqi”



Yüklə 137,1 Kb.
səhifə2/8
tarix21.06.2023
ölçüsü137,1 Kb.
#133607
1   2   3   4   5   6   7   8
Yangi davrda Germaniya davlatchiligi

German davlatlarining “Reyn ittifoqi”


1806-yilda Reyn ittifoqiga asos solinib, unga dastlab 16ta, keyin yana 5ta german davlati kirdi. Reyn ittifoqi rasman davlat suverenitetidan mahrum etilmagan monarxiyalarning ittifoqi sifatida vujudga keldi. Lekin ularning Napoleon bilan munosabatlari suzerenitet-vassalitet munosabat- lariga asoslanardi. Reyn ittifoqi Napoleonning protektorati ostida edi. Bu ittifoqqa kirgan davlatlar “Muqaddas Rim imperiyasi” tarkibidan chiqqanliklarini e’lon qildilar.
Bu davlatlarda dvoryanlar va ruhoniylar imtiyozlari bekor qilindi, cherkov yerlari tugatildi, moliya, ma’muriy sud ishlari fransuzlarnikiga o‘xshab isloh qilindi, ba’zi joylarda Napoleonning 1804-yilgi “Fuqarolik kodeksi” joriy qilindi. Nemis qishlog‘idagi munosabatlarning o‘zgartiri- lishi eng muhim islohot edi: krepostnoy qaramlik bekor qilinib, senorlarga to‘lanadigan to‘lovlardan va o‘taladigan majburiyatlardan haq to‘lab qutilish uchun, shuningdek dehqonlarni mulkdorlarga aylantirish uchun birinchi qadam tashlandi.
1807-yilda Prussiya Fransiya bilan bo‘lgan urushda qaqshatqich mag‘lubiyatga uchraganidan keyin pruss dvoryanlari burjua xarakterida islohotlar o‘tkazishga qaror qildi. Bu islohotlar ichida eng muhimi 1807-yilgi farmon bilan dehqonlarning shaxsiy qaramligi tugatilishi va yerlarning erkin tarzda olish-sotishning joriy qilinishi bo‘ldi. Farmonda dvoryanlarga sanoat va savdo bilan shug‘ullanish, shahar aholisiga va dehqonlarga esa yunkerlarning imenielarini sotib olishga ruxsat etildi. Biroq farmonda dehqonlar zimmasidagi hamma majburiyatlar, shuningdek pomeshchikning sud qilish va ma’muriy hokimiyati daxlsiz saqlab qolindi. Vaziyat dehqonlar masalasida yangi islohotlar o‘tkazishni talab qilardi. Shu sababli 1811-yilning 14-sentabrida “Tartibga solish to‘g‘risida” Farmon chiqarilib, bu farmonda dehqonlarning o‘z zimmalaridagi majburiyatlardan va barshchinadan haq to‘lab qutilishlari uchun pomeshchiklarga ular bilan bitim tuzish taklif qilindi. Lekin buning shartlari dehqonlar uchun haddan tashqari og‘ir edi: dehqonlar pomeshchikka har yili to‘laydigan to‘lovlaridan yo 25 hissa ortiq haq to‘lashlari, yoki o‘z yer uchastkalarining uchdan biridan to yarmigacha pomeshchikka berishlari kerak edi. Shunday qilib, islohotlarning asl ma’nosi qishloqda kapitalizm taraqqiyotiga yo‘l ochib berishdan iborat bo‘ldi. Ularning natijasida yangi soliqlar joriy qilinib, bu qisman dvoryanlarga ham tatbiq qilinadigan bo‘ldi. Shuningdek, cherkov yerlarini sekularizatsiya qilish (davlat mulkiga aylantirish) amalga oshirildi, tor doiradagi cheklovlar bekor qilindi.
Iqtisodiy islohotlar davlat apparatida ham o‘zgarishlarga olib keldi. 1808-yilgi qonun bilan shaharlarda mahalliy o‘zini o‘zi boshqaradigan mahkamalar joriy qilindi. Shaharning barcha eng muhim ishlari – moliya, politsiya, maktab ta’limi, ijtimoiy xayr-ehson ishlari saylab qo‘yiladigan mahalliy organlar qo‘liga topshirildi. Saylov huquqi yo 150 talerdan
200 talergacha daromad oladigan yoki mol-mulkka ega bo‘lgan boy kishilargagina berildi.


Prussiyada beshta vazirlik ta’sis etildi:



Harbiy vazirlik

Ichki ishlar vazirligi


Tashqi ishlar vazirligi


Adliya vazirligi

Moliya vazirligi





Prussiyada byurokratik markazlashtirishni kuchaytirgan yangi tuzilish joriy qilindi: har bir viloyatga hukumat tomonidan tayinlanadigan ober-prezident boshliq qilib qo‘yildi. Armiyada ham islohotlar o‘tkazilib, armiya ichida tan jazolari bekor qilindi, 1814-yilda umumiy harbiy majburiyat joriy qilindi. Prussiyada harbiy akademiyaga asos solindi, kelib chiqishi dvoryanlardan bo‘lmaganlarga ham ofitser bo‘lib yetishishlariga yo‘l ochib berildi.



Yüklə 137,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin