Konstitutsiya yagona fuqarolik joriy qilish bilan birga yagona huquqiy makon yaratish lozimligini ham nazarda tutdi va imperiyaning “fuqarolik, savdo, veksel va jinoyat huquqi” sohalari bo‘yicha umumiy qonunnomalarini chiqarishga oid huquq va majburiyatlarini mustahkamladi.
Eslab qoling!
Imperiya qonunlari alohida davlatlarning qonunlaridan yuqori turadi (agar ularning bo‘ysunish ahamiyati aniq ko‘rsatilmagan bo‘lsa) degan prinsip o‘rnatildi.
Imperator o‘z hokimiyatini o‘zi tayinlagan ministrlari orqali amalga oshirishi lozim edi. Ministrlar reyxstag oldida javobgar edilar.
Konstitutsiyaga binoan, imperiya boshlig‘i qonun tashabbuskorlik, xalq palatasini chaqirish va tarqatib yuborish, imperiya qonunlarini e’lon qilish va ularning ijrosi yuzasidan farmoyishlar chiqarish huquqlariga ega edi. Biroq imperiya qonunlarini chiqarish uchun ham, bekor qilishuchun ham, o‘zgartirish uchun ham, sharhlash uchun ham, albatta, reyxstagning qarori talab qilinardi (IV bo‘lim 5-modda 102-§). Konstitutsiyada reyxstagning kredit-moliya, budjetni qabul qilish, xarajatlarni belgilash sohalaridagi faoliyatini imperiya boshlig‘i nazorat qilib turishi nazarda tutilgandi.
Konstitutsiya bo‘yicha, parlament (reyxstag) tarkibi
Davlatlar palatasi
yuqori palata
Xalq palatasi
quyi palata
Unga Prussiyadan – 40ta, Avstriyadan – 38ta, Bavariyadan – 18ta, Saksoniyadan – 10ta, Gamburgdan – 2ta, gersoglik va knyazliklardan bittadan deputatlar olti yil muddatga saylangan.
Uning deputatlari uch yil muddatga saylangan.
Konstitutsiya bo‘yicha har qanday qonun reyxstagning ikkala palatasida qabul qilinishi va hukumat tomonidan tasdiqlanishi lozim edi. Agar hukumat qonun loyihasini tasdiqlamasa, ushbu qonun loyihasini reyxstag o‘zining bevosita ketma-ket uchta sessiyasida hech qanday o‘zgarishsiz qabul qilish yo‘li bilan amalga kiritishi mumkin edi.
Dostları ilə paylaş: |