Nasaf NeftGaz Ta’minot Savdo



Yüklə 74,56 Kb.
səhifə6/21
tarix22.06.2023
ölçüsü74,56 Kb.
#134213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
2023-hisobot

Nomoddiy aktivlar - tashkilot tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud ma’muriy va boshqa funktsiyalarni amalga oshirish uchun uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo’lmagan mol-mulk ob’ektlaridir. Nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobi birligi bo’lib inventar ob’ekti hisoblanadi. Nomoddiy aktivlarning inventar ob’ekti bo’lib bitta patentdan, guvohnomadan, huquqdan voz kechish shartnomasidan va shu kabilardan kelib chiqadigan huquqlar jami hisoblanadi. Nomoddiy aktivlar auditi ham ulaming hisobi kabi yetarli darajada shakl topmagan tadqiqot obyektlari jumlasiga kiradi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, nomoddiy aktivlar auditining maqsadi - O‘zbekiston Respublikasidagi qonunchilik asosida nomoddiy aktivlaming holati, harakati, baholanishiga obyektiv baho berishdan iborat. Bunda nomoddiy aktivlar hisobining ishonchliligini hamda amalga oshirilgan moliyaviy va xo'jalik operatsiyalarining me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat.


Nomoddiy aktivlarni tekshirishning asosiy vazifasi quyidagilardan iboratdir:
• aktivlaming nomoddiy aktivlarga to‘g ‘ri olib borilganligi;
• nomoddiy aktivlar obyektlari bo‘lgan ixtirolar bo‘yicha patentlar, sanoat namunalari, tovar belgilari, kompyuterlar uchun dasturlar va boshqa huquqlar, ishchanlik obro‘si tegishli hujjatlarda rasmiylashtirilishi;
• nomoddiy aktivlar kelib tushishi va hisobdan chiqarilishi bo'yicha operatsiyalami to‘g‘ri rasmiylashtirish va hisobda aks ettirish;
• nomoddiy aktivlar boshlang‘ich qiymatini to‘g ‘ri baholash;
• nomoddiy aktivlaming foydalanish muddatini va amortizatsiva ajratmalarini hisoblashni to‘g ‘ri aniqlash;
• nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash va uni hisobda aks ettirishni tanlangan usulini hisob siyosatida belgilanishi;
• nomoddiy aktivlaming ayrim obyektlari bo‘yicha analitik hisobini tashkil etilishi;
• nomoddiy aktivlar qoldiq qiymatini buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirilishi, hisobotda ma’lumotlarni to‘liq va to‘g‘ri ochib berilishi.



Yüklə 74,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin