Nasaf NeftGaz Ta’minot Savdo


Tekshiruv jarayonida auditor quyidagilarni aniqlashi lozim



Yüklə 74,56 Kb.
səhifə8/21
tarix22.06.2023
ölçüsü74,56 Kb.
#134213
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
2023-hisobot

Tekshiruv jarayonida auditor quyidagilarni aniqlashi lozim:
• zaxiralarning haqiqatda mavjudligi;
• zaxiralar bilan bog‘liq barcha muomalalaming buxgalteriya hisobi schyotlarida to‘liq va to‘g‘ri aks ettirilganligi;
• barcha zaxiralar subyekt mulki ekanligi, ya’ni ularga mulkiy huquq mavjudligi, qarz sifatida aks ettirilgan summalar esa majburiyat ekanligi;
• zaxiralami va ular bilan bog‘liq majburiyatlami baholashning to‘g‘riligi;
• tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish tamoyillari to‘g‘ri tanlanganligi va qo‘llanilishining to‘g‘riligi.
Tovar-moddiy zaxiralar bilan bog'liq xo'jalik muomalalarini auditorlik tekshiruvidan quyidagi ketma-ketlikda o'tkazish maqsadga muvofiq:
• mazkur tekshiruv uchastkasining yo'nalishlari bo'yicha hisob siyosatining qoidalarini o'rganish;
• tovar-moddiy zaxiralarga doir ichki nazorat tizimining ishonchlilik darajasini baholash.
Buning uchun ombor xo'jaligi va omborxonalarning holatini tekshirib chiqish;
• moddiy javobgar shaxslar tomonidan tovar hisobotlarini tuzish va belgilangan muddatlarda buxgalteriyaga topshirilishini o'rganish;
• tovar-moddiy qiymatliklaming hisobot sanasiga tarkibini tahlil qilish;
• tanlab inventarizatsiya qilinadigan obyektlami aniqlash;
• tovar-moddiy zaxiralar harakatini tahlil qilish;
• tovar-moddiy zaxiralami baholashning to‘g‘riIigini tekshirish;
• tovar-moddiy zaxiralar sintetik va analitik hisobining tashkil etilishi hamda holatini tekshirish.
Tovar-moddiy zaxiralami auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish buxgalteriya hisobotida katta xatoliklarga yo‘l qo‘yish xavfini kamaytiradi. Shuning uchun, tovar moddiy zaxiralami tekshirishni boshlashdan oldin, auditor eng ko‘p uchraydigan qoidabuzarliklami aniqlashi va shuni hisobga olgan holda zarur tekshiruv amallarini tanlashi kerak. Joriy aktivlarni o’rganishda pul mablag’larini tahlili alohida o’rinni egallaydi. Bunday mablag’larga hisob-kitob, valyuta schyoti va g’aznadagi pullar tushuniladi. Mazkur mablag’lar to’lov majburiyatlarini bajarilishida birlamchi vosita bo’lib xizmat qiladi. Ayniqsa hisob-kitob va valyuta schyotidagi mablag’lar mahsulot yetkazib beruvchilar, pudratchilar, ishchi-xizmatchilar, byudjet, bank, sug’urta va boshqalar bilan bo’ladigan aloqa manbaidir. Shu tufayli bu masala alohida o’rganilishi lozim. Shu yerda o’tgan va joriy yildagi ko’rilgan zararlar ham aks ettirilishi kerak. Joriy aktivlar summasi aylanishda mablag’ mavjudligini tavsiflaydi.



Yüklə 74,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin