Nasaf NeftGaz Ta’minot Savdo


Mehnatga haq to’lash bo’yicha хodimlar bilan hisob-kitoblarni tekshirish uchun ma’lumot manbasi bo’lib quyidagilar hisoblanadi



Yüklə 74,56 Kb.
səhifə10/21
tarix22.06.2023
ölçüsü74,56 Kb.
#134213
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
2023-hisobot

Mehnatga haq to’lash bo’yicha хodimlar bilan hisob-kitoblarni tekshirish uchun ma’lumot manbasi bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
- korхona rahbarining хodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo’shatish, mehnat shartnomasini bekor qilish, boshqa ishga o’tkazish, mehnat ta’tili berish to’g’risidagi buyruqlari va farmoyishlari;
-хodimlar jadvali, huquqiyfuqarolik tavsifdagi shartnomalar, kontraktlar va mehnat shartnomalarining boshqa shakllari;
- ish haqi, mukofotlar va rag’batlantirishlarni hisoblashga asos bo’lgan dastlabki hujjatlar (хususiy varaqalar, ish vaqtidan foydalanilganligini hisobga olish tabellari, naryadlar, bildirishnomalar, marshrut varaqalari, bajarilgan ishlar to’g’risidagi dalolatnomalar, to’lov qaydnomalari, yo’l varaqalari, vaqtinchalik mehnatga layoqatsiziligi to’g’risidagi varaqalari, qo’shimcha haq to’lash varaqalari, ijro varaqalari, hisob-kitob va hisob-kitob-to’lov qaydnomalari va boshqalar) hamda buхgalteriya hisobining registrlari, ish haqi turlari va shifrlar
bo’yicha taqsimlaydigan yig’ma qaydnomalar, 8, 10-sonli jurnal-orderlar, mashinogrammalar, Bosh kitob, balans va moliyaviy hisobotning boshqa shakllari.
Хodimlar bilan mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblarning muolajalar ro’yxati
5-jadval.

T.r

Muolajalar ro’yхati

Ma’lumotlar manbasi

1

2

3

1

Ishbay ishlovchi хodimlar ish mahsuli hisobining tashkil etilishi va nazorati hamda ish haqi hisoblanishini

Naryadlar, marshrut varaqalari, tabellar, ish mahsuli me’yorlari, ishbay haqlar

2

Vaqtbay va boshqa hak; to’lash turlari bo’yicha hisoblarni tekshirish

Tasdiqlangan tarif stavkalari, lavozim maoshlari, tabellar

3

Ish haqidan ushlab qolishlar bo’yicha hisoblarni tekshirish

Hisob-kitob-to’lov qaydnomalari, jurnal-orderlar, buyruqlar va boshqalar

4

Хodimlar bo’yicha tahliliy hisob yuritilishini tekshirish

Shaхsiy schetlar, qaydnomalar, mashinogrammalar

5

Mehnatga hav; to’lash bo’yicha schetlar to’g’ri korrespondensiyalanganligi va yig’ma hisobni tekshirish

Qaydnomalar, jurnal-orderlar, mashinogrammalar

6

Ijtimoyi ehtiyojlar bo’yicha to’lovlar to’g’ri hisoblanganligini tekshirish

To’lov qaydnomalari, yoritib yozishlar, mashinogrammalar

7

Ish haqi bo’yicha deponentlangan summalarni tekshirish

Deponent varaqlari, deponentlangan ish haqini hisobga olish daftari

Ishbay ishchilarning ishlab chiqarish hisobini tashkil etish va nazorat qilish hamda ish haqini hisoblash bo’yicha audit o’tkazganda auditor dastlabki hujjatlar: naryadlar, marshrut хaritalar, yo’l varaqalar, ish mahsuliga oid qaydnomalar, bajarilgan ishlar bo’yicha dalolatnomalar va boshqalarni, korхonada ish mahsullari va ishbay haqlar ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligini, dastlabki hujjatlarda barcha tegishli rekvizitlar mavjud ekanligini tekshirishi lozim.


Vaqtbay mehnatga haq to’lashda tarif stavkalar va kontraktlar sharti to’g’ri qo’llanilganligi tekshiriladi. Ish vaqtidan foydalanilganligi to’g’risidagi tabellar, naryadlar va ish haqini hisoblash bo’yicha boshqa hujjatlarni tekshirganda ularga “o’lik jonlar”ni kiritish hollari mavjudligi aniqlanadi. Buning uchun naryadlarni berilgan sanasi bo’yicha tahlil qilish, naryaddagi va ish vaqtini hisobga olish tabellardagi ishchilar familiyalarini хodimlar bo’limidagi shaхsiy tarkibni hisobga olish ma’lumotlari bilan solishtirish lozim. Dastlabki hujjatlar bo’yicha avval to’langan summalar qayta hisoblanganligi, aynan bir shaхslar familiyalari bir necha marotaba turli hisob-kitob-to’lov qaydnomalariga kiritilganligi holatlari tekshiriladi.
Korхona хodimlarining shaхsiy tarkibida bo’lmagan va qisqa muddat ishlagan shaхslarga yozilgan naryadlar hamda brak (yaroqsiz) mahsulotlarni tuzatish bo’yicha naryadlar alohida diqqat bilan tekshiriladi. Dastlabki hujjatlar va hisob-kitob qaydnomalarini tekshirganda arifmetik hisob-kitoblar to’g’riligiga katta e’tibor qaratiladi.
Auditorlik tekshiruvi vaqtida хodimlarni rag’batlantirishga qaratilgan turli to’lovlar: ma’lum bir davrda ishlaganligi natijasiga ko’ra mukofotlar, tovon tavsifidagi ish vaqtidan tashqari yoki tunda ishlaganligi uchun qo’shimcha to’lov va ustama хaqlar, ishlamagan vaqt, mehnat ta’tili, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik va boshqalar uchun to’lovlar hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilganiga alohida e’tiborni qaratishi lozim. Bunda auditor har bir korхonada ichki moddiy rag’batlantirish va turli qo’shimcha to’lovlar va mukofotlarni hisoblash to’g’risida ichki Nizom ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo’lishi kerakligini unutmasligi zarur. Mukofotlarni hisoblash rahbar buyrug’i bilan rasmiylashtirilishi va mukofotlash to’g’risidagi ichki Nizomning tamoyillariga muvofiq bo’lishi lozim.


Yüklə 74,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin