Nasaf NeftGaz Ta’minot Savdo


Xarajatlar hisobi va auditi



Yüklə 74,56 Kb.
səhifə11/21
tarix22.06.2023
ölçüsü74,56 Kb.
#134213
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
2023-hisobot

6. Xarajatlar hisobi va auditi
Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotlar tannarxini hisoblashni auditorlik tеkshiruvidan o’tkazishdan maqsad sodir bo’lgan xo’jalik muomalalarini hisobga olish va soliqqa tortishda qo’llanilayotgan tartibning O’zbеkiston Rеspublikasi mе'yoriy hujjatlari talablariga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
Tеkshiruv jarayonida auditor quyidagi masalalarni hal etadi:
-ishlab chiqarish xarajatlari tasnifini nizom talablariga mosligini aniqlash;
-egri xarajatlarni taksimlanish usullarni maksadga muvofiqligini tasdiqlash;
-tayyor mahsulotni baholash bo’yicha usul asosli tanlab olinganligi va to’g’ri qo’llanilayotganini tasdiqlash;
-tayyor mahsulot to’liq kirim qilinayotganligini aniqlash;
-jo’natilgan va sotilgan mahsulotlar hajmlarini tasdiqlash;
-jo’natilgan va sotilgan mahsulotlar tannarxini tasdiqlash.
1. Mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar:
a) bеvosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
b) bеvosita va bilvosita mеhnat xarajatlari;
v) boshqa bеvosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan ustama xarajatlar.
2. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmasdan, davr sarflari tarkibida hisobga olinib, asosiy faoliyatdan olingan foyda hisobidan qoplanadigan xarajatlar:
a) sotish xarajatlari;
b) boshqaruv xarajatlar (ma'muriy sarf-xarajatlar);
v) boshqa muomala xarajatlari va zararlar.
3. Xo’jalik yurituvchi sub'еktlarning umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda yoki ko’rilgan zararlarni hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan, uning moliyaviy faoliyatiga doir xarajatlar:
a) foizlar bo’yicha sarflar;
b) xorijiy valyuta muomalalari bo’yicha salbiy kurs tafovutlari;
v) qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mablag’larni qayta baholash; g) moliyaviy faoliyatga doir boshqa xarajatlar.
4. Foyda (daromad) solig’ini to’lagunga qadar bo’lgan foyda yoki zararlarni hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan favqulodda zararlar.
Auditor xarajatlar tarkibini batafsil tahlil qilib chiqishi uchun har bir xarajat guruhidagi iqtisodiy elеmеntlarni tеkshirib chiqishi lozim.
Ishlab chiqarishning asosiy maqsadi — tovar-moddiy zaxiralarini (materiallar, mehnat va ustama xarajatlar) yakuniy mahsulotga aylantirishdir. Bu holatda auditning maqsadi ishlab chiqarish xarajatlarini asosli shakllanganligi va to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirishdan iborat, chunki, pirovard natijada, ishlab chiqarilgan mahsulot (sotib olingan tovar) larning sotishdan olingan yakuniy moliyaviy natijaning ishonchliligi ularga bog‘liq. Ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar auditining vazifalari quyidagilardan iborat:
a) dastlabki hujjatlar va hisob registrlari ma’lumotlari bo‘yicha ishlab chiqarish xarajatlari, davr va moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarning tarkibi va tizimini o’rganish;
b) ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar bilan bog‘liq bo‘lgan muomalalar buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirilganligini aniqlash;
d) ma’lumotlar to‘plash uchun auditorlik muolajalarini amalga oshirish va h.k.
Ishlab chiqarish va boshqa xarajatlar bo’yicha operatsiyalar to‘g‘risida ma’lumot manbalari quyidagilar hisoblanadi:
-yuk xatlari, talabnomalar, materiallarni cheklab olish xaritalari;
- buyurtma-varaqalar (zakaz-naryad);
-ish vaqtini hisobga olish tabellari;
-hisob-kitob varaqalari;
-2010. 2310, 2510-sonli va boshqa schyotlar bo‘yicha hisob registrlari (jurnal-orderlar, qaydnomalar va h.k.);
-Bosh kitob va boshqalar.
Xo’jalik faoliyatidagi faktlarning vaqtinchalik aniqlik tamoyili tannarxni to’g’ri shakllantirish uchun tovar-moddiy zaxira (ish, xizmat)lar qiymatining to‘langanlik fakti emas, Xo’jalik faoliyatidagi faktlarning vaqtinchalik aniqlik tamoyili tannarxni to’g’ri shakllantirish uchun tovar-moddiy zaxira (ish, xizmat)lar qiymatining to‘langanlik fakti emas, balki ularni ishlatish (xarajatlash) fakti ahamiyatli ekanini bildiradi. Masalan, auditorga tekshiruv o‘tkazish uchun taqdim qilingan hujjatlar mazmunidan ma’lum bo’lishicha, tekshirilayotgan subyekt tomonidan o‘tgan yili dekabr oyida keyingi yil uchun ishlab chiqarish binolarining ijara haqi to ‘langan. Ushbu xarajat shu vaqtning o‘zida, ya’ni o‘tgan yili dekabr oyida mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga olib borilgan. Auditor ushbu xo’jalik muomalasini asossiz, ya'ni o‘tgan yildagi mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini sun’iy ravishda oshirgan va moliyaviy natijani hamda foyda solig‘ini pasaytirgan deb topdi va tuzatish kiritishni tavsiya qildi. Shu bilan birga, to‘langan ijara haqi keyingi yil davomida umumiy summaning 1/12 qismi miqdorida har oyda xarajatga hisobdan o‘chirishi lozimligini tushuntirdi. O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonunning 9-moddasiga muvofiq, subyektda sodir etilgan barcha balki ularni ishlatish (xarajatlash) fakti ahamiyatli ekanini bildiradi.
Davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar tarkibi «...xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizom» ga muvofiq aniqlanadi. Auditor davr xarajatlarini hisobga olishni va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotni tuzishning to’g’riligini nazorat qilish maqsadida quyidagilarni tekshirishi lozim:
9410 - «Sotish xarajatlari»;
9420 - «Ma’muriy xarajatlar»;
9430 - «Boshqa operatsion xarajatlar»;
9440 - «Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari» bo‘yicha o‘z vaqtida, ishonarli va to‘liq aks ettirilishining ta’minlanishi;
- mamuriy-boshqaruv xodimlari mehnatiga haq to‘lash va mukofotlash haqidagi Nizom, lavozim maoshlarining belgilangan xarajatlar smetasiga rioya qilinishi ustidan nazoratning ta’minlanishi. Shuningdek, audit jarayonida quyidagi xarajatlari davr xarajatlariga kiritishning asoslanganligi va o‘z vaqtidaligi tekshiriladi:
-reklama xarajatlari (nashriyotda e’lon qilish, radiodan eshittirish va televideniya orqali ko ‘rsatish, reklama mahsulotlarini ishlab chiqish va chop etish, stendlar va shitlar tayyorlash, video va diafilmlar namoyish etish va boshqalar);
-subyektning O‘zbekiston Respublikasi hududida va xorijdagi yarmarkalar va ko‘rgazmalarda ishtirok etishiga doir xarajatlar (eksponatlarni tayyorlash va yetkazib berish, modellar va maketlar tayyorlash, adabiyotlar va texnik hujjatlarni nashr qilish);
-mahsulot (ish. xizmat)larni eksport qilish bilan bog‘liq xarajatlar;
-bojxona tadbirlari uchun to‘lovlar;
-import muomalalarini amalga oshirishda vositachilik qiladigan tashkilotlarga to‘lanadigan komission to'lovlar summalari;
-bojxona to‘lovlari, shuningdek, tovarlar va boshqa mulklarni import qilish bilan bog‘liq bo‘lgan bojxonada amalga oshiriladigan rasmiylashtirish o ‘tkazish uchun to‘lovlar;
-material qiymatliklarni sotib olish va tashib keltirish xarajatlari; belgilangan me’yorlar va boshqaruv tomonidan tasdiqlangan smetalar doirasidagi subyekt faoliyati bilan bog‘liq vakillik xarajatlari (shtatda turmaydigan tarjimonlar xizmatiga haq to‘lash, ish yuzasidan muzokaralar vaqtida chet ellik vakillarning rasmiy qabulini o‘tkazishga doir xarajatlar). Bunda qilingan xarajatlarning asoslanganligi va tasdiqlovchi hujjatlar (schyotlar, do‘konlar va restoranlarning cheklari va boshqalar)ning mavjudligiga alohida e’tibor berish zarur.



Yüklə 74,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin