Nasaf NeftGaz Ta’minot Savdo


Mehnatga haq to’lash hisobi va auditi



Yüklə 74,56 Kb.
səhifə9/21
tarix22.06.2023
ölçüsü74,56 Kb.
#134213
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
2023-hisobot

5. Mehnatga haq to’lash hisobi va auditi
Mehnatga haq to’lash bo’yicha хodimlar bilan hisob-kitoblar auditorlik tekshiruvining maqsadi mehnat munosabatlariga tegishli bo’lgan amaldagi qonunchilikka rioya qilinishi, ish haqi va turli хil qo’shimcha to’lovlar va mukofotlar, shuningdek, ish haqidan soliqlar va ijtimoiy ehtiyojlar uchun to’lovlar to’g’ri hisoblanishi ustidan nazorat qilishdan iborat.
Mehnatga haq to’lash bo’yicha hisoblashishlar buxgalteriya hisobi schyotlarining 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar» passiv schyotida yuritiladi. Mehnat va unga haq to’lash hisobi korxonaning hisob tizimida asosiy o’rinlardan birini egallaydi va u mehnatning son hamda sifati, iste’molga yo’naltiriladigan mablag’lardan foydalanish ustidan operativ nazoratni ta’minlashga qaratilgan.
Хo’jalik yuritishning yangi sharoitida mehnat va unga haq to’lash hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • soliqlar va ish haqidan ushlanmalar ham qo’shilgan holda korxona xodimlari bilan mehnatga haq to’lashga doir hisob-kitoblarni o’z vaqtida olib borish;

  • hisoblangan ish haqi va sug’urtaga ajratmalar summasini xarajatlar schyotlariga o’z vaqtida hamda to’g’ri o’tkazib borishni ta’minlash;

  • boshqarish va zaruriy hisobotlarni tuzish uchun mehnat va ish haqi bo’yicha ko’rsatkichlarni operativ yig’ish va guruhlash;

  • ishchi-xodimlar soni, ularning mehnat unumdorligi va ish vaqtidan foydalanishini doimiy nazorat qilishdan iborat.

Auditorlik tekshiruvining vazifalari quyidagilardir:
-mehnat to’g’risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishi va mehnat aloqalariga oid ichki nazorat holatini tekshirish;
- dastlabki hujjatlar asosida ish haqi va turli хil mukofotlar va qo’shimcha to’lovlar to’g’ri hisoblanganligini tekshirish; ish haqi va boshqa to’lovlardan daromad solig’i va turli chegirmalar to’g’ri ushlab qolinganligini tekshirish;
-mehnatga haq to’lash bo’yicha хodimlar bilan hisob-kitoblarga oid schetlarning to’g’ri korrespondensiyalanganligini tekshirish.

Yüklə 74,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin