N = C S. Sh .«-S °-7. ( 11.2) ye yas N k ho *y h 4 ) Bu tengsizlikka kiruvchi CN koeffitsiyent jilvirlash turi va jilvirlanayotgan detal diametri D (mm)ga bog‘liq. c = CD; K&Ky(H.ß) bunda Co — koeffitsiyent va n — jilvirlash turiga bogiiq boigan daraja ko'rsatkichi; Kx, K, va A" — charxtoshning qa.ttiqligi,keng^ligi B, ishlov berilayotgan material turini hisobga oluvchi koeffit- siyentlar. Jilvirlashda qirqish kuchlari ,odatda, katta boHmaydi. Biroq jilvirlashning effektiv quvvati katta, chunki charxning tezligi katta K ■ = PV^ ■ bundan P,_ = NJVch. (11.1), (11.2) va (11.3) tenglamalardan foydalanib, quyidagini hosil qilamiz: tashqi va ichki aylanma jilvirlash uchun P, u = V(11.4) tekis jilvirlash uchun P,^ = c.s^s;-K^Ky/vh.(11.5> Abraziv asboblarning yeyilish tabiati va jilvirlashda kesish rejimlarini tayinlash
Abraziv asbobning yeyilishi, ishlov berilayotgan material- ga, abraziv asbob xarakteristikasiga (abraziv donlarning materi- ali, donadorligi. qattiqligi, tuzilishi),qirqish (kesish) rejimiga bog'liq. Donlar cholqqilarining siyqalanishi, donlarning uvalanib tushishi, bog‘lovchilarning siyqalanishi, donlarning sug‘urilib chi- qishi, g‘ovak]arn.ing ishlov berilayotgan material zarrachalari va abraziv shlam bilan toHib qolishi - yeyilishning o‘ziga xos turlari hisoblanadi. Jilvirlash sharoitlariga bogdiq holda, yeyilishning barcha turlari yuz berishi yoki ulardan biri ustun kelishi mumkin. Ishlov berilayotgan material qancha qattiq va uning siyqalanish xususiyatlari qancha yuqori bo'lsa, abraziv donlar shuncha jadalroq yeyiladi. Donlarning yeyilishi bilan charxning kesuvchi yuzasidan yeyilgan donlarni sug‘urib oluvchi qirqish kuchlari o‘sib boradi. I 52 www.ziyouz.comkutubxonasi Yeyilgan donlarning sug‘urilishi qirqish yuzasining yangilanishiga olib keladi. Charxning pastki qatlamidagi yangi, yeyilmagan donlar qirqishga kirishadi. Abraziv asboblarning o'z-o'zicha charxlanish xususiyatidan foydalanish uchun siyqalanish xossalari yuqori bo'lgan qattiq materiallarni yumshoq charxtoshlarda jilvirlanadi. Jilvirlash jarayonida qirqilayotgan qatlam qirindilari, metall zarrachalaridan iborat shlam (kukunsimon mahsulot), abraziv donlar va bogJovchilarning parchalari qo‘shni donlar va jil- virlovchi charx g‘ovaklaridagi berk bo‘shliqda to‘planadi. Salt sikJ paytida g‘ovak hajmida to‘plangan qirindi va shlam markazdan qochuvchi kuchlar va sovitish suyuqliklari oqimi ta'sirida g‘ovak- lardan chiqib ketish imkoniyatiga ega boiadi. Biroq qirindi va shlamning bir qismi g‘ovak hajmlarda tiqilib qoladi va birmuncha vaqt oltgandan so‘ng qirqish yuzasidagi g'ovaklar tolib qoladi. Bunda charxtosh umuman qirqmay qo‘yadi (charx yedirilib, tolJib qoladi). Yedirilib toUgan charx qirqish xossalarini yo‘qotadi, natijada katta miqdorda issiqlik ajralib chiqadi va charxning kesuvchi yuzasida hamda detaining ishlov berilayotgan yuzasida harorat ko'tariladi. Oqibatda ishlov berilayotgan detal sifati pasayadi va bu hoi ishlov berilgan yuzada kuygan joylar hosil bo'lishi orqali ko'rinadi. Shunday qilib, yumshoq va o‘rtacha yumshoq abraziv asboblar ko‘pincha ularning o‘z-o‘zini charxlash xususiyati tufayli yeyiladi. Ancha qattiq abraziv asboblar ularning qisman qizishi va qisman ishlov berilayotgan materialning siyqalovchi ta'sirida donlar qirralarining oltmaslashishi oqibatida yeyiladi. Yeyilgan sari, qirquvchi yuzalar asta-sekin o‘z shakli va ollchamlarini o‘zgartirib boradi. Charxtoshning yeyilishi uning kengligi bo‘ylab bir xil bollmaydi: burchak o'tishlarda ancha jadal yeyiladi. Charxtoshning yeyilishi ishlov berilgan yuza g‘adir- budurligining ortishi, ishlov berish aniqligining pasayishi, kuygan joylarning pavdo bo‘lishi tebranishlarning yuzaga kelishi, quvvat- ning ortishi bilan xarakterlanadi. Qirqish xususiyati va charx profilini tiklash uchun charxni to‘g‘rilash zarur. Abraziv asbobning bir to‘g‘rilashdan ikkinchi to'g'rilashgacha boigan ishlash vaqti uning turg'unlik davri deyiladi. Abraziv charxlarning turg'unlik davri T = 5...60 min ni tashkil etadi. Jilvirlashda moylash-sovitish texnologik rnuhiti (MSTM) mull im rol o‘ynaydi. Abraziv asbob bilan ishlov berishning barcha operatsiyalarida, vaqt birligida, ko’plab mayda qirindilar olib tashlanadi, to'xtovsiz jilvirlash shlamlari hosil boiadi. Ishlov berishdagi mazkur barcha chiqindilami ishlov berish hududi va dastgohning ish organlaridan uzluksiz olib tashlab turish lozim. MSTM ning moylash ta’siri, abraziv asboblar bilan ishlov berishda kesuvchi va siquvchi abraziv doniar, bogiovchi, material zarrachalari va asbob ish yuzasiga yopishib qolgan chiqindilarning ishqalanishini kamaytirishga hamda yedirilishning oldini olishga olib keladi. MSTM ning yuvish ta’siri material zarrachalarini, abraziv asbobning yeyilish mahsulotlarini va ishlov berishning boshqa chiqindilarini asbobning ish yuzasidan, qirqish hududidan, ishlov berilayotgan detal yuzasidan va dastgoh detallaridan yuvib olib ketishdan iborat. MSTM funksional xossalarining amalga oshishi uchun, avvalo katta tezlikda aylanuvchi charxtoshlar tomonidan hosil qilinadigan va MSTM ning jilvirlash hududiga kirib borishiga to‘sqinlik qiladigan aylanma va yon tomondan keladigan havo oqimlari jiddiy qiyinchiliklar tug‘diradi. G‘ovakli tuzilish xusu- siyatiga ega bolgani uchun charx markazdan qochma nasos singari ishlaydi. Charxning g‘ovaklarida joylashgan havo markazdan qochma kuch tomonidan periferiyaga surib tashlanadi, bu esa charx ichining bo'shab qolishiga sabab bo'Iadi, yangi havo oqimi esa charxning yon qirralari orqali so‘rib olinadi. Kuchli girdobli havo oqimlari dag‘al periferiya va abraziv charxlarning yon qirralari tomonidan ham hosil qilinadi. Shuning uchun MSTM ning to‘g‘ri olib kelinishi abraziv asbobning ishlash xususiyatini ancha oshiradi. Qirqish rejimlarini tanlashda, birinchi navbatda, charxtoslining xarakteristikasi (shakli, olfcliamlari, abraziv materiali, donadorli- gi, qattiqligi, tuzilishi, bogiovchisi, charx sinfi) ishlov berilayotgan material xossalariga bog'liq holda aniqlanadi. Qirqish chuqurligi t ni tanlash (yoki ko'ndalang surish 5k&„.) ikkinchi qadam hisoblanadi. Shundan so‘ng bo'ylama surish va unga asoslanib minutlik surish Sin = S^n aniqlanadi. Keyin aylanma tezlik V(yoki yassi jilvirlashda stol tezligi) tanlanadi va detaining aylanish chastotasi 154 www.ziyouz.com kutubxonasi n aniqlanadi hamda u dastgohning pasport ma’lumotlariga ko"ra toug’rilanadi. Detaining qabul qilingan amaldagi aylanish chas- totasi bo'yicha detal aylanma tezligining amaldagi tezligi aniqlanadi. So'ngra charxtoshning aylanma tezligi Vch (qirqish tezligi) tanlanadi. Bu tezlikni charx xarakteristikasida ko'rsatilgan tezlikdan oshirib yuborishga yo‘l qo‘ymaslik zarur.