1.6-rasm. O'tuvchi keskichni dastgohga o'rnatganda у va a (a).
Ф va ф: (b) burchaklarning o'zgarishi.
K esish jarayonida y va a burchaklar ham o'zgaradi. Bu hoi shunday izohlanadi: zagotovkaning aylanma va keskichning ilgarilanma harakati natijasida asosiy kesuvchi tig' istalgan nuqtasining amaldagi trayektoriyasi vint chizig'i bo'ylab bo'ladi, kesish yuzasi esa vint yuzasidir. 1.7-rasmda tasvirlangan chizmani ko'rib chiqamiz. Vint yuzasiga tegib turadigan va kesishning nazariy tekisligi BB bilan ,u burchakni hosil qilgan. AA chizig'i haqiqiy kesish yuzasining izi bo'ladi. Bulling oqibatida a burchak kichrayadi, y burchak esa kattalashadi: a. = a — p va = y+ p.
Vint chizig'ining ko'taiilish burchagi ji kesish va surilish tezligiga bog'liq va quyidagi bog'liqlik bilan ifodalanadi:
Katta surilishlar bilan ishlashda, shuningdek, rezba kesishda burchaklarning o'zgarishi salmoqli bo'ladi, shuning uchun, surilish qancha katta bo'lsa, ji burchak ham shuncha katta bo'ladi.
Asbobsozlik materiallariga qo‘yiladigan talablar
Mehnat quroli sifatida inson keskichni, keyin dastgohni yaratdi. Tarixiv taraqqiyot sliuni ko'rsatdiki, bulardan birining takomil- lashuvi boshqasining takomillashuviga sabab bo'ladi. Yangi asbobsczlik materiallarining yaratilishi, yuqori samarali, katta quvvatli metall kesish dastgohlarining yaratilishiga turtki bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Asbobsozlik materiallari asbobning kesish xususivatlarini yaxshilash va mehnat unumini ko'tarishda, ishlov berilayotgan detallarning sifat tavsiflari va aniqlik parametrlarini shakllantirishda hal qiluvchi ahamiyatga egadir.Qirquvchi asbobning ishonchli ishlashi, asbobsozlik materiallariga qo'yiladigan muayyan talablarga bog'liq. Asbob materiallariga qo'yiladigan asosiy talablar:
/. O'ta mustahkamlik va qattiqlik
Asbobning kesuvchi tigLi qayrilmasdan ishlov berilayotgan material qatlamini kesa olishi va uni qirindiga aylantirishi uchun asbobsozlik materialining qattiqligi ishlov berilayotgan material qattiqligidan ancha yuqori bo‘iishi kerak.
Kesilayotgan qatlam qirindi orqali asbobning old yuzasiga katta kuch bilan ta'sir qiladi. Natijada kesuvchi ponaning kontakt yuzalarida katta kuchlanish paydo boiadi. Bu kuchlanish asbobning ish qismini buzmasligi uchun asbobsozlik materiallari yuqori mustahkamlikka ega bodishi kerak. Bundan tashqari kesuvchi asboblar ko'pincha uzlukli kesish sharoitlarida yoki ishlov berish uchun qoldirilgan qo‘yimning bir xilda emasligi, shuningdek ishlov berilayotgan materialning ko'ndalanggiga va bo‘ylanmasiga qattiqligining har xilligi tufayli turlicha kuch sarflab ishlashga to'g'ri keladi. Shuning uchun asbobsozlik materiali o'ta qattiq bo^ish bilan birga siqilish va egilish deformatsiyasiga qarshilik ko'rsata olishi, yuqori chidamlilik va zarbiy qovushqoqlikka ega boUishi lozim.
Issiqqa chidamlilikning yuqoriligi
Kesish jarayonida mexanik energiyaning issiqlik energiyasiga aylanishi tufayli asbobga kuchli issiqlik oqimi ta’sir etadi. Jadal qizib borish natijasida asbobning kontakt yuzalari o'zining dastlabki qattiqligini yo'qotadi, yumshab qoladi va tez yeyiladi. 2.1-rasmda turli asbobsozlik materiallari qattiqligining qizish paytida pasayishi ko'rsatilgan. Undan ko'rinib turibdiki, 300°C haroratda U10 uglerodli po'lat o'z qattiqligini keskin kamaytiradi, SM 332 markali mineral- keramika esa bu haroratda o'z qattiqligini saqlab qoladi [1|.
Asbobsozlik materiallarining issiqqa chidamliligi deganda materialning qizigan paytda kesish jarayonini amalga oshirish uchun yetarli darajada qattiqligini saqlay olish xususiyati tushuniladi. Asbobsozlik materialining kesish paytidagi issiqqa chidamliligi kritik harorat deb ataluvchi tushuncha bilan tavsiflanadi. Qizish paytida kritik haroratdan yuqori harorat yuzaga kelganda asbobsozlik materialida qattiqligining pasayishi bilan bog'iiq struktura o'zga-
r ishlar yuz beradi. Ba'zan kritik harorat haroratga chidamlilik, qizishga chidamlilik deb ham ataladi. Kesuvchi asbob uzlukli kesish sharoitida ishlashi mumkin. Bunda uning kesuvchi tig'l ish paytida davriy ravishda qiziydi, salt yurishda esa soviydi. Issiqlik yukla- masining davriy ravishda o'zgarib turishi asbob materialining issiqlik — mexanik toliqishiga sabab boiadi va toliqish darzlarini vujudga keltiradi. Shu sababli, asbobsozlik materiali issiqqa yuqori darajada chidamli bolishi bilan birga davriy harorat o'zgarishlari ta’siriga ham chidamli bo^ishi kerak.
Yeyilishga chidamlilikning yuqoriligi
Kesish jarayonida qirindining old yuza va kesuvchi yuza, kesuvchi tigliing orqa yuzasi bo‘ylab katta tezlikda siljishi, bir- biriga tegib turgandagi kontakt yuqori kuchlanish va yuqori harorat natijasida asbobning ish yuzalari yeyiladi. Yeyilishga chidamlilik deganda, asbobsozlik materialining kesish paytida asbobning ishqalanish yuzasida metall zarrachalarining yeyilishga qarshilik ko‘rsatish xususiyati tushuniladi. Kontakt yuzalarning yeyilishi asbobning ishlov berilayotgan material bilan butun harakati davomida yuz beradi. Natijada tig‘ o'zining muayyan hajmini yol- qotadi va bu yeyilishning izlari unda ish yuzasining shakli o‘zgarishidan yaqqol ko'rinib turadi. Materialning yeyilishga chidamliligi uning mexanik xususiyatlari (qattiqligi, mustahkamligi, * issiqqa chidamliligi)ga bogliq.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Issiqlik o ‘tkazuvchanlikning yuqoriligi
Asbobsozlik materialining sifatini vaxshilashda uning issiqlik o'tkazuvchanligining yuqori boiishi katta ahamiyatga ega. Xususan, issiqqa o4a chidamli materiallarga ishlov berishda bu juda muhim. Materialning issiqlik o'tkazuvchanligi qancha yuqori bolsa, charxlash paytida asbob tig'larida darz va kuyindilar hosil boliish ehtimoli shuncha kam boiadi. Bundan tashqari issiqlik o'tka- zuvchanlik o'sib borganda, kesish sohasidan issiqlikni qaytarish sharoiti yaxshilanadi, bu kesish haroratini pasaytiradi va asbobning yeyilishga chidamliligini oshiradi. Issiqlik o'tkazuvchanlikning yuqoriligi asbobsozlik materialining muhim ko'rsatkichi hisoblanadi va kesuvchi asbobning ishda ishonchliligini ta'minlaydi.
Yuqori tejamlilik
Hozirgi pavtda mashinasozlik sanoatida ko'plab metall kesish dastgohlari ishlatiladi va ularning aksariyati bir nechta asbob bilan jihozlangan. Metall kesish parklarida tez sur'atlar bilan tatbiq etilayotgan ishlov berish markazlari ohilab, hatto vuzlab kesuvchi asboblari bor magazinlar bilan jihozlangan. Sanoatda foyda- lanilayotgan katta miqdordagi asboblar uchun tegishli miqdorda asbobsozlik materiali talab qilinadi. Shuning uchun asbobsozlik materiali iloji boric ha arzon bodishi va tarkibida kamyob materiallar boilméisiigi lozim. Yuqorida sanab o'tilgan talablardan tashqari asbobsozlik materiallariga sovuqlayin va issiqlayin ishlov berish mumkin boiiishi, issiqlik ishlovi berishda, payvandlashda, charx- lashda, kavsharlashda muayyan xususiyatlarga ega boMishi kerak.
Asbobsozlik materiallarining hozirgi paytgacha ishlab chiqarilgan quyidagi guruhlari aytib o'tilgan talablarga u yoki bu darajada javob beradi: 1) uglerodli asbobsozlik poMatlari; 2) legirlangan asbobsozlik polatlari: 3) tezkesar polatlar; 4) qattiq qotishmalar; 5) mineral-keramika; 6) tabiiy va sintetik olmoslar; 7) o‘ta qattiq materiallar: 8) abraziv materiallar.
Dostları ilə paylaş: |