Nashrga tayyorlash markazi k. B. Us mo nov


Asbob kesuvchi qismining geometrik parametrlari



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə4/61
tarix06.10.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#152789
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Metall kesish asoslari (K.Usmonov)

Asbob kesuvchi qismining geometrik parametrlari

Old va orqa yuzalar, asosiy va yordamchi tigiarning asbob tanasiga nisbatan holati asbobning geometrik parametrlari deb atalib, bu parametrlar turli burchak oichamlari bilan belgilanadi.
Asbob kesuvchi qismi tig‘ini charxlash va yuzalarini nazorat qilishda koordinala tekisliklaridan foydalaniladi. Bo‘ylama va koiidalang surilishlarning yo‘nalis;hiiga parallel boigan tekislik asosiy lekislik deyiladi (1.3-rasm, a ). Parallelepiped shakligaega boigan

1.3-rasm. Asosiy (a) va yordamchi (b) kesuvchi tekisliklar: TYU -tayanch yuza; KT -kesish tekisligi; NN,NlM,-asosiy va yordamchi kesuvchi tekisliklar.

tokarlik keskichlarida quyi tayanch yuzasi (TYU) asosiy tekislik sifatida qabul qiiinadi. Keskichning asosiy kesuvchi tig‘i orqali ohib kesish yuzasiga tegib turadigan yuza kesish tekisligi (KT) deyiladi.
Old va orqa yuzalar holatini tasvirlash uchun keskich asosiy kesuvchi tekislik deb ataluvchi NNva yordamchi kesuvchi tekislik deb ataluvchi NN tekisliklar bilan kesiladi (1.3-rasm, b). Asosiy kesuvchi tekislik asosiy tekislikdagi asosiy kesuvchi tig' proyek- siyasiga, yordamchi kesuvchi tekislik asosiy tekislikdagi yordamchi kesuvchi tig' proyeksiyasiga perpcndikulardif.
Asbobning geometrik parametrlarini asbob tayyorlashda kerak bo'ladigan (statik burchaklar yoki charxlash burchaklari) kesish jarayonining borish sharoitlarini belgilovchi va asbob kesish jarayo- nidagi parametrlar (ish burchaklar yoki harakat burchaklari) ga bolish qabul qilingan. Ba'zi asboblarning ish burchaklari, kattaligiga ko'ra, malum ishlov berish sharoitlarida charxlash burchaklaridan keskin farq qilishi mumkin. Asbob ishlayotgan paytda unga u yoki bu harakatlarni be rib yoki bu harakatlarning tezlik nisbatini o'zgartirish orqali charxlashning o'zgarmas burchaklarida har xil kattalikdagi ish burchaklari hosil qilish mumkin.
Keskich burchaklarini statikada ko’rib chiqib, kesishda quyidagi xulosalarga asoslaniladi: geometrik jism sifatida qaralganda keskich o'qi tokarlik dastgohi markazlari chiziqlariga perpendikulardir; keskich cho‘qqisi dastgoh markazlari chiziqlarida joylashgan; faqat asosiy kesish harakati bajariladi, surish harakati mavjud emas. Keskichning statikadagi burchaklari 1.4-rasmda tasvirlangan.


Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin