6.4- mashq.
Rasmlar asosida qo‘shma so‘zlar hosil qilib, gaplar tuzing.
6.5- mashq.
„Kim chaqqon?“
musobaqasini uyushtiring. Aralash berilgan
so‘zlardan qo‘shma so‘zlar hosil qiling va ularning yozilishini lug‘atdan tekshi-
ring:
Namuna:
fotokamera, …
Foto
sahifa
televizion
kamera
disk
choynak
veb
stansiya
kino
teatr
elektr
ko‘rsatuv
radio
yuritkich
http://eduportal.uz
22
6.6- mashq.
Quyida berilgan so‘zlarga diqqat qilib, ularning yozilishi sababini
izohlang.
Unter-ofitser, kilovatt-soat, metr-sekund, shtab-kvartira.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Qo‘shma va juft so‘z qismlarining ma’nosi alohida-alohida aniqlanishi
mumkinmi? Ularning bir tarkibli so‘zga o‘xshash va farqli tomonlari nimada?
2. O‘zbek tilida
multi, nano, mikro, bio, avto, mini, eko, anti
kabi vosi-
talar yordamida hosil qilingan birliklarni qo‘shma so‘z deb olsa bo‘ladimi? Bu
so‘zlarning o‘zbekcha so‘zlarga qo‘shilib, qo‘shma so‘z hosil qilgan holatlariga
misol keltiring. Masalan:
avtoulov, multiilova
...
3. Berilgan matndagi qo‘shib yoki ajratib yoziladigan so‘zlar imlosiga
diqqat qiling.
Dunyodagi eng yirik kutubxona AQSH Kongressi kutubxonasi sanaladi.
Uning fondida 150 million nusxadan ortiq kitob bor. Bu keng qamrovli ku
-
tubxona 1800- yilda AQSH Prezidenti Jon Adams tomonidan tashkil etilgan
bo‘lib, har yili bu yerga 1 million 700 mingga yaqin kitobsevarlar tashrif bu-
yuradi.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
6.1- topshiriq.
Matn bilan tanishing
. Ijodkorning kuzatuvchanlik mahorati
haqida fikr yuriting.
Bog‘dagi yumush uchun hamma narsani: tokqaychi, qo‘larra, tesha,
belkurak, iskana, zambilgacha taxt qilib qo‘ydim. Ishga kirishishdan oldin bi
-
roz atrofni tomosha qildim. Bo‘ta ko‘z, qo‘ng‘iroqgul, gul safsarlar isi atrofni
tutgan. Ariq bo‘yidagi tog‘ olcha va ko‘k sultonga rang kirib qolibdi. Havoda
zarg‘aldoq, havo rang, och sariq, tim qora, xol-xol kapalaklar o‘ynaydi. Oyoq
ostidagi maysalar ochko‘zlik bilan quyoshga intiladi. Qayoqdandir qizilishton
-
ning „to‘q-to‘q“ ovozi kela boshladi. Orom baxsh havodan chuqur nafas oldim-
da, yeng shimarib ishga tushib ketdim.
6.2- topshiriq.
Gaplardagi qo
‘shma so‘zlar bilan bog‘liq xatolarni tuzatib
ko‘chiring
.
http://eduportal.uz
|