19
Lablaridan tomizib sharbat,
Ol, ye, deydi, armonda qolma.
Lekin shunga hayronman faqat,
Nega uni deydilar: „olma“?
Olma eksa bog‘iga har kim,
Mehmoniga ol, ye demasmi?
„Olma“ mening mehmondo‘st xalqim
Odatiga yot so‘z emasmi?
Meva berdi yetilib bu yil
Men ardoqlab o‘stirgan nihol.
Olmalarki, shafaqday qizil,
Lekin nomi „olma“ emas, ol…
(
Erkin Vohidov)
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
5.1- topshiriq.
Urg‘u ma’no farqlaydigan 5 juft so‘z toping va gaplar tuzing.
5.2- topshiriq.
Teleradio suxandonlarining o‘zlashma so‘zlar urg‘usini to‘g‘ri
qo‘ymay talaffuz qilishi omma nutq madaniyatiga qay darajada ta’sir etadi? Fikringizni
teleko‘rsatuvlardan suxandonlarning nutqlarini videoyozuv qilib ko‘chirib olish va ular
talaffuzidagi farqlarni izohlash orqali bayon qiling.
6- mavzu. QO‘SHIB YOZILADIMI, AJRATIB?
6.1- mashq.
Matnni tinglab, unga sarlavha qo‘ying.
Namozshom. Radioda konsert bo‘lyapti. „Endi „Cho‘li Iroq“ni tinglang“.
Baxtiyor radioni o‘chirmoqchi, sug‘urib olib hovliga irg‘itmoqchi bo‘ldi. Lekin
qandaydir kuch, iroda uni bu fikridan qaytardi. „Radioda, kuyda nima ayb?
O‘chirganim bilan...“ Qo‘shtabaqa eshik kesakisiga suyanib,
poyabzali iplarini
yecharkan, kuyning sirli-sehrli to‘riga ilinib qolganini – berilib tinglayotganini
o‘zi ham sezmasdi. Satodan taralayotgan mungli ohang
ich-ichiga kirayotganday,
yurak pardalarini zirillatayotgandek bo‘ldi. Endi bu jon o‘rtaguvchi navo ichidan
eshitilayotganday tuyildi.
http://eduportal.uz
20
O sehrli kuy! Necha-necha asrlardan buyon qancha-qancha odamlarning
yura gini zirqiratasan? Ne-ne toshbag‘irlarni mumday eritmading? O buyuk xalq!
Ona xalqim! Sening betimsol dahongga ta’zim! Ming bor tasanno!
Shu kuyla-
ring, shu sehrkor mo‘jizalaring bo‘lmaganda, farzandlaring shu qadar muloyim-u
oqko‘ngil, odamoxun va bag‘rikeng bo‘larmidi! Ming-ming bor qulluq senga,
ona xalqim!
Kuyning ko‘z ilg‘amas to‘ri Baxtiyorni mahkamroq siqib borardi. U nigo
-
hini bir nuqtadan olmay, tubsiz-nihoyasiz o‘yga g‘arq bo‘ldi. Kitoblarda o‘qigani,
kinofilmlarda ko‘rgani, rahmatli buvasidan eshitganlari – o‘tmish, g‘amli-alam
-
li o‘tmish ko‘z oldiga keldi. Kuy o‘sha
uzoq-uzoq moziy haqida, uning yurak-
yuraklarni silqituvchi dardlari haqida yig‘lab-yig‘lab,
faryod solib-faryod solib
hikoya qilardi.
Olis-olislardan kimningdir nolakor,
ammo shiddatli, isyonkor,
mardona sa
-
dosi chalindi qulog‘iga:
Baski, qo‘ydim men falakning yelkasiga g‘am yukin,
Kiydi motam to‘nini-yu, bo‘ldi qaddi ham duto…
Eshik qars ochilib, Muhabbat kirdi. Chiroqni yoqdi.
– Sizga nima bo‘ldi?
Baxtiyor gapirmadi. Faqat „jim“ degandek qo‘lini ko‘tardi-da, radioga ishora
qildi. Shundagina Muhabbat kuyni eshitdi. U Baxtiyorga qaradi. Qaradi-yu, uning
ko‘zlarida yaltirab turgan yosh tomchilarini ko‘rdi.
… Kuy tindi. (
M. Hazratqulov
)
1. O‘zbek musiqasining durdonasi bo‘lmish „Cho‘li Iroq“ni tinglaganmisiz?
2. Sehrli kuyning ajoyib ta’siri haqida qanday hayotiy voqealarni bilasiz?
Dostları ilə paylaş: