Nasimxon rahmonov


Mirzo Ulug‘bekning ”To‘rt ulus tarixi” asari



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə55/63
tarix02.01.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#41753
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   63
Nasimxon rahmonov o‘zbek mumtoz adaBIyoti tarixi

Mirzo Ulug‘bekning ”To‘rt ulus tarixi” asari
Ulug‘bek Xurosondagi adabiy va ilmiy muhitdan farqli o‘laroq, turk-mo‘g‘ul xalqlari tarixi bilan qiziqdi. CHingizxon va mo‘g‘ul sulolalari tarixining Temuriylar davrida davom etgani qiziqarli va diqqatga sazovor. Zotan, turk-mo‘g‘ul qavmlarining qondoshlik jihatdan birligi haqidagi tarix bu davrda ma’lum edi. SHu chin tarixni keng ommaga etkazish uchun zarurati bor edi.

“To‘rt ulus tarixi” Mirzo Ulug‘bekning rahbarligi ostida va shaxsan ishtirokida yaratilgan. Asar 1425 yili yozib tamomlangan.

Asar “Ulus- a- arba’a – yi CHingiziy” (“CHingiziylarning to‘rt ulusi”) va “Tarixi arbaa ulus” (“To‘rt ulus tarixi”) nomlari bilan mashhur.* Asar muqaddima va etti bobdan iborat.

Muqaddima qismida o‘rta asrlarda yaratilgan tarixiy asaralar an’anasiga ko‘ra, Tangri taolo, uning elchisi Muhammad s.a.v. va uning avlodlari sha’niga maqtov, Odam ato, payg‘ambarlar, Nuh alayhissalom, uning farzandlari tarixi bayon qilinadi. (Bichurinning “Istoriya pervыx chetыrex xanov doma CHingizxana”sini ham qarash kerak).

Birinchi bobda Turkxon ibn YOfas va uning Turkiston elida hukmronlik qilgan avlodlari – Abuljaxon, Dabkuyxon, Kuyukxon va boshqa mo‘g‘ul hukmdorlari, shuningdek, turk qavmlari va podshohlari – Mo‘g‘ulxon, Qoraxon, O‘g‘uzxon tarixi bayon qilingan. SHunisi diqqatga sazovorki, asarda keltirilgan turk-mo‘g‘ul urug‘lari tarixi va etnik tarkibi Rashididdinning “Jome ut-tavorix” asarining 1 jildida keltirilgan ma’lumotlardan keskin farq qilmaydi. (O‘g‘uzxon-chi?) Bu hol Rashididdin foydalangan va turk-mo‘g‘ul xalqlariga oid boshqa manbalarni Mirzo Ulug‘bek ham sinchiklab o‘rganganini dalillaydi. Usmonli turklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham bu bobdagi muhim jihatlardan biridir.

Ikkinchi bob turk-mo‘g‘ul xalqlarining afsonaviy onasi Alonquva va undan tarqalgan avlodning – Buzunjor xon, Buqo xon, Dutumin xon, Qobulxon, Boysung‘ur xon, YAsugay bahodir va boshqalarning tarixi bayonidan iborat.

Uchinchi bob buyuk jahongir CHingizxon tarixining bayoniga bag‘ishlangan. Bu bobda eng diqqatga sazovor o‘rinlar – CHingizxonning bir qator xonlarni mag‘lub qilgani, uning nasl-nasabi, farzandlari, el-ulusga joriy qilgan yasoqlari, ya’ni qonunlari zikri va u o‘rnatgan qonunlar tufayli o‘g‘irlikka barham berilgani, lashkar tuzilishiga oid voqealar bayonidir. Jumladan, lashkar tuzilishi to‘g‘risida Mirzo Ulug‘bek quyidagicha yozadi: “Lashkar tartibi shunday tuzilganki, Odam ato zamonidan bugungi kungacha biror podshohning sipohi turknikidek muyassar bo‘lmagan. Sabru bardosh shiddatida va ma’lum muddatgacha shokirlikda yashirin va oshkora o‘z hokimlariga jonu dildan mahkumlik va mute’lik qilurlar” (113-bet). Sulton Muhammad Xorazmshoh va uning o‘g‘li Jaloliddin bilan olib borgan jangu jadallari ham shu bobda qiziqarli tarzda bayon etiladi.

To‘rtinchi bob CHingizxon farzandlariga va Qorachor no‘yonga davlat ishlari borasida vasiyat etishi voqealari bilan boshlanadi. O‘ktoyning taxtga o‘tirishi va uning Ulug‘ yurtdagi podshohligi, O‘ktoy, CHig‘atoy va Tulixonning Xitoyga lashkar tortishi, u mamlakatni egallab qaytayotganlarida Tulixonning vafot etishi,O‘ktoyxondan keyin taxtga o‘tirgan Kuyukxon hukmronligi bilan bog‘liq voqealar, nihoyat, O‘rdoyxon ibn Arig‘ Temurxon hukmronligigicha bo‘lgan hodisalar ham shu bobda hikoya qilinadi. O‘ktoydan boshlab O‘rdoyxongacha yigirma bir ukmdor tarixi qisqa bayon qilingan.

Beshinchi bob— CHinigzxonning to‘ng‘ich o‘g‘li Jo‘ji xon naslidan bo‘lgan o‘ttiz uch xon zamonida Dashti Qipchoq (hozirgi Qozog‘iston, G‘arbiy Sibir, Volga bo‘yi erlari) tarixiga bag‘ishlangan. Voqealar qisqa, Oltin O‘rta poytaxti Saroy shahrini qurgan Botuxon (Jo‘jining o‘g‘li), Barakaxon, O‘zbek xon, Jonibek kabi hukmdorlar tarixi shu bobdan o‘rin olgan (Baraqxonmi? “Muhabbatnoma”da keltiriilgan Jonibek, yana O‘zbekxon haqidagi ta’riflar bilan solishtirish kerak!)

Oltinchi bob— Eron mamlakatida saltanat qurgan o‘n ikki podshoh tarixiga oiddir. Saltanatning asoschisi Tulixonning o‘g‘li Halokuxon bo‘lib, u Elxon laqabini olgan edi. Halokuxon tarixiga kitobda kengrov o‘rin berilgan. U Eronda o‘z saltanatini barpo qilish uchun kurashadi, muruvvatpesha hukmdor sifatida shuhrat qozonadi, mamlakat obodonchiligi yo‘lida ko‘p ishlar olib boradi. SHu bobdan ayon bo‘lishicha, Halokuxon ilm-fan ahliga ko‘p rag‘bat ko‘rsatgan. Jumladan, Halokuxon farmoni bilan Nasriddin Tusiy Tabrizda (Mo‘g‘ul elxonlarining poytaxti) qurgan rasadxona Halokuxondan qolgan yodgorlikdir. SHu rasadxonada tuzilgan zij “elxoniy” nomi bilan mashhurdir.bo‘lib

Ettinchi– oxirgi bob CHig‘atoy ulusining CHingizxon zamonidan (1227 yil) Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi (1370 yil) gacha bo‘lgan voqealar hikoya qilinadi. Bu bobda ham diqqatga sazovor voqealar ko‘p. SHunday voqealalardan biri Mahmud Torobiy boshchiligidagi xalq qo‘zg‘olonidir. Mirzo Ulug‘bek bu voqeaning boshidanoq Mahmud Torobiyning asl qiyofasini chizib beradi:

Soxta sher ko‘k so‘fi kiyib yurardi, ikkiyuzlamachiligu ayyorlikning asoslarini irg‘itdi.

Firib bilan tutun tarqatdi olchoq, ularning salomi salovotu ro‘zadan iborat.

Mirzo Ulug‘bek Torobiyning el orasida obro‘ orttirish usulini hikoya qilar ekan, birinchi navbatda. Erkaklarni itrofiga yig‘ib, uning amridan chiqmasligini buyurdi. Torobiyning tabobatdan xabrdorigi sabab ayrim xasta odamlar unga kelib. “tasodif bo‘lib, bir-ikkikasalgaTangritaoloshifohamberdi”. SHu bois omma unga ixlos qo‘ydi va uning atrofiga yig‘ildi. Parchada Mahmud Torobiyning xalqni qanday qilib o‘ziga og‘dirib olish usullari, avomni notavonligidan foydalanib. O‘zini sohibkaromat qqilib ko‘rsatish usullarini bayon qiladi. Buxoro shahri tashqarisida mo‘g‘ullar va Mahmud Torobiy o‘rtasida bo‘lib o‘tgan jangda mo‘g‘ul askarlaridan birining kamondan otgan o‘qi Mahmud Torobiyga tegdi va u jon berdi. Ammo uning o‘limidan hech kim voqib bo‘lmadi, shu paytda qattiq chang-to‘zon ko‘tarilib, odamlar bir-birlarini ko‘ra olmay qoldilar. Mo‘g‘ul lashkari bu tabiiy hodisani ham Torbobiyning karomatiga yo‘ydilar va jang qilishdan to‘htadilar.SHayx Torobiyning odamlari talon-tarojga berildilar, Talon-tarojni bas qilganlarida, shayxning yo‘qligi ma’lum bo‘lib qoldi va “shayximiz g‘oyib bo‘libdi” deb uning ukasi Muhammad Alini shayx qilib ko‘tardilar. Mo‘g‘ul lashkari bilan Muhammad Ali tomonidan Buxoro xalqi o‘rtasidagi jangda har ikki tomondan yigirma ming odam o‘ldi. Mo‘g‘ul lashkarining qo‘li baland keldi va Qorachor no‘yonning amri bilan Buxoroni g‘orat qilishdan lashkar o‘zini tiydi.

Mahmud Torobiy bilan bog‘liq voqealarni Mirzo Ulug‘bek keltirishidan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, tarixda Mahmud Torobiy boshchiligidagi xalq qo‘zg‘oloni zolimlarga qarshi kurash yo‘lidagi kurash emas. balki Mahmud Torobiy avom xalqni aldov bilan o‘ziga og‘dirib olgani va shu xalq uni Buxoro amiri qilib ko‘targanini hikoya qilgan. Mahmud Torobiy o‘zini avomgaqanday qilib sohibi karomat qilib ko‘rsatgani quyidagi parchada yana ayon bo‘ladi: “...Keyingi juma kuni SHayx Mahmud Torobiy nomiga xutba o‘qitdilar. Imomlar va Buxoro akobirlarining barchasi shunda hozir qilindi. Ularning ba’zilarini o‘ldirdi, ba’zilarini sazoyi qildi. Rind va avboshlarning barchasini katta ehtirom bilan qabul qildi. Ularga dedi: “Sizlar uchun g‘oyibdan qurolyarog‘ topishga muyassar bo‘ldim!” O‘sha kunlarda SHeroz tomondan bir karvon keldi va to‘rt xarvor shamshir olib kelishdi. Bu ham odamlar sonining ko‘payishi va e’tiqodiga sabab bo‘ldi”. Xalq bundan tashqari boylarning uyiga kirib, molini talon-taroj qilib keldilar, Mahmud Torobiy o‘ljalarni avboshlarga taqsimlab berdi.

Mirzo Ulug‘bek Mahmud Torobiyning qiyofasini chizmagan bo‘lsa-da, u bilan bog‘lik voqealarda uning ichki dunyosi bilan tashqi harakatlari bir-biriga nihoyatda mos ekanini ko‘rsatib bergan. Mirzo Ulug‘bek keltirgan detallar

SHuningdek, mazkur bobda CHig‘atoy ulusi bilan Elxoniylar davlati o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar, CHig‘atoy ulusining ijtimoiy-siyosiy hayotida barlos amirlarining roli, Balx va Andijonning qaytadan tiklanishi, ma’muriy va ma’naviy islohotlar singari voqealar ham o‘rin olgan.

Har bir bobda biron xon yoki muayyan tarix hikoya qilinar ekan, albatta, Mirzo Ulug‘bek oddiy bayonchilikdan qochadi, kitobxonni jalb qilish maqsadida avvalo. Asar uslubiga badiiy jilo beradi, ikkinchidan, ma’lum tarixiy voqealar yoki qahramonlarga ta’rif berish maqsadida she’riy parchalar keltiradi. Umuman. asarda Mirzo Ulug‘bek bu asarini yaratish bilan ijodkorlik mahoratini namoyon qilgan. O‘tmishdagi tarixiy asarlar ayni paytda badiiy asarlar kabi kitobxonning estetik ehtiyojini qondirish uchun ham xizmat qilganini Mirzo Ulug‘bekning mana shu asari misolida yanada aniqroq ko‘rish mumkin.

Mirzo Ulug‘bek asarida “doston” terminini qo‘llaydi. Bu bejiz emas. Jumladan, “O‘tror muhosarasi dostonining tugashi”, “Jand voqeasi dostonining oxiri”, “Jo‘jixon, CHig‘atoyxon va O‘ktoyxon dostonining oxiri” va h. tarixiy voqealarning bayoni, ayniqsa, O‘tror shahzodalarining fojiali o‘limi, aholining ayanchli hayoti tasviri, O‘tror hukmdori G‘oyirxon bilan shahar ahlining qal’aga kirib, bir oy davomida o‘limga tik boqib, mo‘g‘ul lashkarlari bilan ayovsiz jang qilgani shu darajada mahorat bilan tasvirlanganki, chinikam doston kabi o‘qiladi.

Ayniqsa, Jo‘jixonning vafoti bilan bog‘liq voqea (turkiycha jir) “To‘rt ulus tarixi”dagi eng ta’sirli lavhalardandir. Ma’lumki, CHingizxonning to‘ng‘ich o‘g‘li Jo‘jixon Dashti Qipchoqda hukmronlik qilardi. Jo‘jixonning vafoti haqidagi xabar O‘rdaga etib kelganda, bu xabarni CHingizxonga etkazishga hech kim jur’at qila olmaydi. Oxiri barcha amirlar ulug‘ jarchidan. CHingizxon yaxshi kayfiyatda turganda bu shum xabarni etkazsangiz. Deb iltimos qiladilar. Ulug‘ Jarchi fursati etganda CHingizxonga quyidagi turkiycha jirni aytdi:

Tengiz boshdan bulg‘ondi, kim tinduroro, xonim?


Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin