100
Qo‘l panjalari rasmini chizganda ularning har bir kishi uchun
alohida – o‘ziga xos ko‘rinishga ega ekanligini hisobga olish zarur.
Portret tasvirida qo‘l panjalariga qarab biz insonning ijtimoiy holati,
yoshi va emotsional xususiyatlarini anglab olamiz.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, qo‘l panjalari o‘ziga xos va
mukammal plastik xususiyaga egadir (72 - rasm).
72 - rasm. Qo‘l panjalari chizmatasviri.
Qo‘l va oyoq rasmini chizganda doimo umumiylikdan xususiylik.
Naturaga qarab tasvirlash tamoyiliga rioya qilish zarur. Gisp qo‘l va
oyoq modellari ustidagi mashqlardan so‘ng tirik qo‘l va oyoq
panjalarini turli holatda chizishni o‘rganish kerak.
Dostları ilə paylaş: