Natyurmort chizmatasviri


ODAM SKELETI RASMINI CHIZISH



Yüklə 7,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/31
tarix29.11.2023
ölçüsü7,39 Mb.
#169898
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31
8-mavzu. Tasviriy san\'atda NATYURMORT

ODAM SKELETI RASMINI CHIZISH 
Kiyingan yoki yalang‘och kishi gavdasini chizganda plastik anato-
miya haqidagi bilimlar katta yordam beradi. Eng avvalo, gavdaning 
asosiy suyaklarini bilish zarur. 
Odam skeleti gavdada tayanch va himoya vazifasini o‘taydi. Skelet 
borligi tufayli inson qomatini tik tutib turadi, ichki organlarni, nerv 
sistemasini va qon tomirlarini tashqi muhit ta’siridan asraydi. 
Odam skeleti 206 suyakdan iborat bo‘lib, uning 85 tasi juft va 36 
tasi toq suyaklardir (64, 65 - rasmlar). 
Suyaklar to‘rt shaklda: naysimon, g‘ovak, yassi va g‘alvirsimon 
bo‘ladi. 
Naysimon suyaklarga elka, bilak, son va boldir suyaklari kiradi. 
G‘ovak suyaklarga – qovurg‘a, to‘sh, o‘mrov, umurtqa, qo‘l va 
oyoqning kaft hamda kaft osti suyaklari kiradi. Yassi suyaklar – bosh 
suyagining tepa, ensa, yuz; kurak va chanoq suyaklaridan iborat.


85 
 
64 – rasm. Odam skeletinig old tomonidan ko‘rinishi.


86 
65 - rasm. Odam skeletinig orqa tomonidan ko‘rinishi.


87 
G‘alvirsimon suyaklarga – yuqori jag‘, peshona, bosh suyagining 
pastki asos qismidagi ponasimon va g‘alvirsimon suyaklar kiradi. 
Men quyida odam tanasini suyaklar joylashishiga ko‘ra qismlarga 
bo‘lib, ko‘rib chiqamiz. 
Tana skeleti: umurtqa pog‘onasi va ko‘krak qafasidan iborat.
Umurtqa pog‘onasi 33-34 umurtqa pog‘onasi birikishidan hosil 
bo‘ladi. U 5 qismdan iborat bo‘lib, 7 bo‘yin, 12 ko‘krak, 5 dumg‘aza, 
4-5 ta dum umurtqalaridan iborat. 
Ko‘krak qafasida 12 ta ko‘krak umurtqasi, 12 juft qovurg‘alar va 
to‘sh suyagi mavjud. 
Qo‘l suyaklari: elka kamari suyaklari va qo‘lning erkin suyaklariga 
bo‘linadi. 
Oyoq suyaklari: oyoq kamari va oyoqning erkin suyaklariga 
bo‘linadi. 
Talabalar skeletni o‘ziga qarab turli tomondan chizishadi (66, 67 - 
rasmlar). Shu bilan bir qatorda xotira asosida ham sxematik rasmlar 
chizilsa, katta yordam beradi. Inson gavdasi skeletini chizish gavdaning 
konstruktiv yechimini topish jarayonini osonlashtiradi.
Gavda skeleti oldingi tomonida quyidagi suyaklar mavjud:
1) peshona suyagi
2) tepa suyagi; 
3) ensa suyagi; 
4) chakka suyagi
5) jag‘ suyaklari
6) yuqori jag‘ suyagi; 
7) oldingi burun suyagi; 
8) pastki jag‘ suyagi; 
9) bo‘yin umurtqasi; 
10) o‘mrov suyagi; 
11) kurak suyagi; 
12) to‘sh suyagi; 
13) 1 qovurg‘a; 
14) 7 qovurg‘a (chin qovurg‘alar); 
15) 12 qovurg‘a (etim qovurg‘alar); 
16) 8 - 10 soxta qovurg‘alar; 
17) 5 bel umurtqasi; 
18) dumg‘aza umurtqasi; 
19) dum umurtqasi; 
20) chanoq suyagi


88 
21) yelka suyagi; 
22) tirsak suyagi; 
23) bilak suyagi; 
24) bilak uzuq (kaft usti) suyagi; 
25) kaft suyaklari; 
26) barmoq suyaklari; 
27) son suyagi; 
28) tizza qopqogi suyagi; 
29) katta boldir suyagi; 
30) kichik boldir suyagi; 
31) tovon suyagi; 
32) oyoq kafti suyaklari; 
33) panja suyaqlari. 
Gavda skeleti orqa tomonida quyidagi suyaklar mavjud: 
1) tepa suyagi; 
2) ensa suyagi; 
3) peshona suyagi; 
4) yuqori jag‘ suyagi; 
5) pastki jag‘ suyagi; 
6) 1 bo‘yin umurtqasi; 
7) 7 buyin umurtqasi; 
8) 12 ko‘krak umurtqasi; 
9) 5) bel umurtqasi; 
10) dumg‘aza suyagi; 
11) dum suyagi; 
12) chanoq suyagi; 
13) 1 qovurg‘a; 
14) 12 qovurg‘alar (etim); 
15) o‘mrov suyagi; 
16) kurak suyagi; 
17) elka suyagi; 
18) bilak suyagi; 
19) tirsak suyagi; 
20) bilak uzuk (kaft usti) suyagi; 
21) kaft suyaklari; 
22) panja suyaklari; 
23) son suyagi; 
24) katta boldir suyagi; 
25) kichik boldir suyagi; 
26) panja suyaklari. 


89 


90 


91 


92 


93 


94 


95 
 
66 - rasm. Odam skeletinig oldin va orqa tomonidan ko‘rinishi.


96 

Yüklə 7,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin