«Научный импульс» апреля, 02 1489 «jismoniy sifatlarni tarbiyalashda harakatli o‘yinlarni qo‘llash uslubiyati» Xalimova Madinabonu Xusanboy qizi



Yüklə 71,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü71,95 Kb.
#209083
1   2   3   4   5   6
Xalimova Madinabonu Xusanboy qizi


часть
3
 
«
Научный импульс
»
апреля 
, 202

1493 
beradigan o‘yinlardan iborat bo‘lishi mumkin. SHuni ham nazarda tutish kerakki o‘yin 
darslarini o‘tkazish o‘quvchilardan ayrim o‘yin harakatlari ko‘nikmalariga ega bo‘lishni talab 
qiladi.
O‘yin darslarini har o‘quv choragining oxirgi o‘n kunliklarida o‘tkazish maqsadga 
muvofiqdir. Chunki, shunda o‘qituvchiga bolalar qanday harakat ko‘nikmalarini egallagani 
aniqlash imkonini beradi.
Harakatli o‘yinlar III-IV sinf darslarida ham ancha keng o‘rin oladi. Bu sinflardagi 
harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiya darslarida hosil qilingan harakat ko‘nikmalarini 
takomillashtirish va mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Darsning asosiy qismi muayyan 
vazifani amalga oshirishga, masalan, basketbol o‘yinining asosiy elementlarini o‘rgatishga 
doir o‘yin materiallaridan iborat bo‘lsa, uning kirish qismida “To‘plar poygasi” singari 
harakatli o‘yinlardan foydalanish mumkin. Bunday hollarda darsning asosiy qismiga 
“Ovchilar va o‘rdaklar”, “Otishma” o‘yinlari kiritiladi.
O‘yinlardan foydalanishda faqat ularning elementlari qanchalik tez bajarilganini emas, 
balki bajarilish sifatini ham alohida hisobga olish zarur (T.S.Usmonxo‘jaev, 1990).
O‘rta maktab yoshidagi o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan darslarda harakatli o‘yinlar 
jismoniy tarbiyaning boshqa vositalariga o‘rin bera boshlaydi. Ammo ana shu yoshdagi 
bolalarga har xil harakatli o‘yinlar ham uyushtirib turiladi.
O‘qituvchi harakatli o‘yinlarni o‘tkazishda uchun V-VII sinf o‘quvchilarining yosh 
xususiyatlari ularning organizmi tezroq o‘sishi bilan ifodalanishini unutmasligini va shuning 
uchun darslarda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar vaqtida uyushtiriladigan o‘yinlarni asta-sekin 
murakkablashtirib, maqsadga muvofiqlashtirib berishi lozim.
O‘yin jarayonida mazkur yoshdagi o‘quvchilar haddan tashqari og‘ir jismoniy harakat 
qilmasligi va o‘qituvchi ularning har biriga tegishlicha munosabatda bo‘lishi zarur.
V-VII sinflarda foydalaniladigan harakatli o‘yinlar miqdori ancha kam bo‘lib, ularning 
materiallari hajmi ta’lim-tarbiyaviy vazifalardan kelib chiqadi.
Mazkur sinflarda o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar tashkiliy jihatdan ham, 
harakatlarning mazmuni jihatdan ham birmuncha murakkabroq bo‘ladi. Bunda sport 
elementlarini o‘z ichiga olgan o‘yinlarga, shuningdek, sport o‘yinlariga kengroq o‘rin 
beriladi.
V-VII sinflarda harakatli o‘yinlarni darsning ikkinchi va uchinchi qismlarida o‘tkazish 
tavsiya etiladi. Darsning asosiy qismida o‘quvchilarni birorta murakkab sport o‘yinini 
o‘rganishga tayyorlash uchun darsning tayyorgarlik qismiga ba’zi o‘yinlarni kiritish mumkin.
Harakatli o‘yinlardan ko‘zda tutiladigan asosiy maqsad o‘quvchilarni sport o‘yinlariga 
tayyorlashdir. Bunday o‘yinlarda birorta sport o‘yini texnikasi va taktikasining elementlari 
takomillashtiriladi.
Ishlab chiqilgan metodikaga asosan harakatli o‘yinlardan foydalaniladigan darslar 
chorak oxirida, ta’til oldidan tekshirish normativlariga baho qo‘yilganidan keyin o‘tkaziladi. 
Darsning puxtaroq bo‘lishiga erishish, shuningdek, orttirilgan ko‘nikmalarni mustahkamlash 


Международный
научный
журнал


(100), 
Yüklə 71,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin