часть
3
«
Научный импульс
»
апреля
, 202
3
1491
Xushyor o‘qituvchi ayrim bolalarning charchash belgilarini (rang o‘chishini, harakatlari
sustligini va o‘yinni davom ettirish istagi yo‘qligini) darhol sezib oladi.
Jismoniy tarbiya darsining muhim xususiyatlaridan biri vaqtdan unumli foydalanishdir.
Bu tadbir darsni samarali o‘tish imkonini beradi. O‘qituvchi o‘quvchilarni darsda faol
qatnashtirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishi, shuningdek, hamma
o‘quvchilarga beraladigan topshiriqlar bir me’yorda bo‘lishiga erishish lozim.
Bunga esa har bir o‘yin va har bir ishtirokchi uchun vaqtni aniq taqsimlash yo‘li bilan
erishish mumkin. Agar o‘ynovchilar soni juda ko‘p bo‘lsa, bir necha guruh yoki komanda
tuzish, topshiriqni bajarish uchun belgilanadigan vaqtni qisqartirish lozim.
O‘yin paytida uning qoidalarini buzgan o‘quvchilarni o‘yindan chiqarib yuborish emas,
balki ularga shtraf ochkolari berish orqali “jazolash” maqsadga muvofiqdir.
O‘yin bo‘linib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun unga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish, o‘yin
o‘tkaziladigan joyni va kerakli asbob-uskunalarni oldindan taxt qilib qo‘yish lozim.
O‘qituvchi maktabning imkoniyatlari va qo‘uvchilarning tayyorgarlik darajasini
hisobga olib, o‘quv dasturida tavsiya etilgan o‘yinlarni o‘zgartirishi va ularga qo‘shimchalar
kiritishi mumkin.
Harakatli o‘yinlarni o‘quv yilning choraklari bo‘yicha rejalashtirishda ob-havo
sharoitlarini hisobga olish kerak, albatta. Masalan, O‘zbekistonda dekabr, yanvar, fevral
oylaridan boshqa paytlarda mashg‘ulotlarni ochiq havoda o‘tkazish mumkin. Biroq ob-havo
yaxshi vaqtga mo‘ljallangan “CHillak”, “Oq tosh”, “Qoziq”, “Tegizsang-minasan”, “Bayroq
uchun kurash” singari o‘yinlar rejalashtirilganida ehtiyoj uchun ularning o‘rniga bino
ichkarisida o‘tkazsa bo‘ladigan o‘yinlarni ham belgilab qo‘yish kerak (I.M.Korotkov, 1979,
2009; L.V.Bileeva 2005, 2009; T.U.Usmonxo‘jayev, 1992).
Har bir chorak oxirida o‘tkaziladigan tekshirish mashg‘ulotlari uchun turli jismoniy
mashqlardan iborat o‘yinlarni rejalashtirish lozim. Bunday o‘yinlar o‘quvchilarning
tayrgarligini, egallagan malakalarini, harakatlarining tezligi va o‘zaro muvofiqligini sinab
ko‘rishda yordam beradi.
O‘yin vaziyatida tez fikr yuritishni o‘stirish maqsadi bilan o‘yinnning ayrim usullarini
o‘rgatishda sharoitga muvofiq holda o‘yinga “raqib” o‘yinchini kiritish ham mumkin.
Bolalar uchun harakatli o‘yinlarning ahamiyati ularda muayyan jismoniy sifatlarni
hosil qilish va ularni takomillashtirish bilan cheklanmaydi. Harakatli o‘yinlar bolalarda
intizomlilik, jamoada o‘zini tuta bilish va uning sharafi, obro‘si uchun kurashish, o‘rtoqlariga
beg‘araz yordam berish kabi fazilatlarni ham shakllantiradi.
I-IV sinf o‘quvchilarida uyushqoqlik bilan bir maromda yurish ko‘nikmalarini hosil
qilish uchun xorovodli (doira bo‘lib aylanib raqsga tushiladigan, ashula aytiladigan)
O‘yinlarni, musiqa jo‘rligida o‘ynaladigan o‘yinlarni, shuningdek, aytilayotgan she’r vazniga
mos harakatlar bajariladigan o‘yinlarni tanlash lozim. SHu maqsadda “Musiqa jo‘rligida
yurish”, “Karuselь”, “O‘ylab top”, “Kimning ovozi” singari ommaviy o‘yinlardan,
shuningdek, “O‘razan-bo‘razan”, “Pat”, “Pr-r-r...”, “Oq terakmi, ko‘k terak” kabi milliy