часть
1
«
Научный импульс
»
Январь
, 202
3
1504
FSMU metodi mashg‘ulotda o‘rganilayotgan mavzuning muhokamasi jarayonida unga doir
masalalar bo‘yicha o‘quvchilar o‘z fikrlarini bayon qilishlari, shu fikrlarni asoslovchi
sabablarni ko‘rsatishlari, ularni tasdiqlovchi misolllarni keltirishlari va pirovardida
umumlashtiruvchi xulosalar chiqarishlarini o‘rgatish va mashq qildirish metodidir.
FSMU metodining umumiy sxemasi:
F – fikringizni bayon eting;
S – fikringizni asoslovchi sabab ko‘rsating;
M – ko‘rsatgan sababingizni tasdiqlovchi misol keltiring;
U – fikringizni umumlashtiring.
Bu metod o‘quvchilarni erkin fikrlashga, o‘z fikrini himoya qilishga va boshqalarga o‘z
fikrini o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga, bahs-munozara madaniyatiga, shu bilan bir
qatorda, o‘quvchilar tomonidan o‘quv jarayonida egallangan bilimlarni tahlil etishga va
o‘zlashtirish darajasini aniqlashga, baholashga o‘rgatadi.
Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim
tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev aytganidek “Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb
so‘rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman degan so‘zlaridan
ham bunga yana bir karra misoldir.
Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan ildam borayotgan mamlakatimizning
uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga
ilg‘or pedagogik va yangi innovatsion zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish va
ular orqali ta’lim samaradorligini oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Ta’lim tizimining bugungi vazifasi, o‘qituvchilarning yangi innovatsion axborot
texnologiyalari orqali dars davomida samarali foydalanib o‘quvchilarga ma’lumotlarni aniq
va tushunarli qilib yetkazib berish hisoblanadi.
Shuning uchun ham dars davomida o‘qituvchi o‘quvchilarning matematika fanini
tushunarli aniq qilib o‘rganib borishida ham, darslarni yangi innovatsion zamonaviy axborot
texnologiyalaridan foydalanib tashkil etish va o‘rgatish maqsadga muoviqdir.
O‘quvchilarning mustaqil bilim olish qobiliyati qanchalik yaxshi tashkil etilgan bo‘lsa,
dars shunchalik samarali va sifatli o‘tadi. Kompyuter o‘quvchilarning mustaqil ishlash
qobiliyatini oshiradi, o‘qituvchi esa o‘tilgan materialni o‘zlashtirish jarayonini turli yo‘llar
bilan boshqara oladi. “Infomatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda innovatsion
yondashuvlar” kompyuter o‘qituvchilarining malakasini oshirish kursining o‘quv dasturi
asosida o‘qituvchilarni o‘qitishdagi zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalarning mazmun
va mohiyatini ochib beradi. Keling, fanlarni o‘rganishingiz kerak bo‘lgan ba’zi mobil
ilovalardan misollarni ko‘rib chiqaylik. Asosiy hisoblash ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun
“Yosh kompyuterchi zukkolik" ilovasi. Ilova kompyuterda tezkor hisob-kitoblar uchun
mavjud algoritmlarni aks ettiradi. Har bir o‘qituvchi ularni o‘rganishi va keyin nazariy
bilimlarini amaliy mashg‘ulotlarda mustahkamlashi, shu bilan og‘zaki arifmetikaning amaliy
tajribasini boyitishi mumkin. Fanni o‘qitishda innovatsion yondashuvlar moduli bo‘yicha