Navoiy davlat konchilik instituti Konchilik fakulteti21


Mavzu: Oltin rudalarini gravitatsiya usulida boyitishni o’rgatish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə11/18
tarix02.01.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#46949
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
laboratoriya

3 - LABORATORIYA ISHI

Mavzu: Oltin rudalarini gravitatsiya usulida boyitishni o’rgatish.



Ishdan maqsad: Boyitishning optial texnologik ko`rsatkichlariga ega bo`lish uchun oltin rudalarni gravitatsiya usulida boyitish usullarini o`rganish.


Nazariy ma`lumotlar

Gravitatsiya usulida boyitishning qisqacha nazariy asoslari

Gravitatsiya usulida boyitish usuli mineral va puch toq jinslarining solishtirma og’irliklaridagi farqqa asoslangan. Gravitatsiya usulida boyitishga kontsentratsion stolda, vintli va konusli separatorlarda, shlyuzlarda boyitish va boshqalar kiradi.

O'lchami -2+0,2 mm bo'lgan mineral zarrachalarning zichlikka asoslanib boyitilishi qiya tekislik bo'ylab harakatlanuvchi suv oqimi yordamida amalga oshiriladi. (boyitish stoli, shlyuz). Bu uskunalarda boyitishning nisbatan yuqoriroq ko'rsatkichlariga rudani gidravlik klassifikatorlarda teng tushuvchi bir necha sinflarga ajratib olish orqali erishish mumkin.

Boyitiluvchi mahsulot zarrachalarining o'lchamiga qarab stolning ish tartibi o'zgartiriladi: yuzaning tebranishlari soni, uning amplitudasi, qiyalik burchagi, suvning sarfi. Yirikroq mahsulot uchun yuzaning tebranishlari sonini kichik, amplitudasini esa kattaroq olinadi; maydaroq mahsulot uchun esa buning teskarisi.

Boyitish stollari qalay, volfram va boshqa kamyob hamda nodir metallar rudalarini va qumlarini boyitishda ishlatiladi.

Mineral zarrachalarning zichligiga qarab ajratish qiya tekislikdan iborat stol yuzasida amalga oshiriladi. Stolning yuzasi linoleum yoki dyuralyuminiy bilan qoplanadi. Stolning yuzasida yog’och yoki rezinadan parallel holda plankalar o'rnatiladi. Plankalarning balandligi stolning yuqori qismida eng kam, pastki qismiga tomon ortib boradi. (4-15 mm gacha).

Dastlabki mahsulot 25 % li bo'tana holida stolning qabul qiluvchi qutisiga beriladi, qo'shimcha suv esa uning yonidagi qutichaga berilib, parraklar yordamida stolning yuzasida tekis taqsimlanadi. Stol elektrodvigatel orqali qaytarma–ilgarilama harakatga keltirildi.



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin