Navoiy davlat konchilik instituti Konchilik fakulteti21



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə8/18
tarix02.01.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#46949
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
laboratoriya

2 - LABORATORIYA ISHI

Mavzu: Sulfidli mis rudalarini flotatsiya usulida boyitish

Ishdan maqsad: Boyitishning optimal texnologik ko`rsatkichlariga ega bo`lish uchun mis rudalarni boyitishning flotatsiya va reagent rejimlarini o`rganish, hamda metallar muvozanatini tuzish.

Qisqacha nazariy ma`lumotlar

Bir nechta sulfidli mis minerallari mavjud bo`lib, ular flotatsiyalanish xususiyatlariga ko`ra bir-biridan farq qiladi.

Tabiatda ko`proq uchraydigan sulfidli mis minerallariga quyidagilar kiradi:


  1. Xalkopirit Su2 FeS2 (Cu=34,5 %),

  2. Xalkozin Su2S (Cu=80 %)

  3. Kovellin CuS (Cu=67,8 %),

  1. Tennantit Cu3 FeS3 (Cu=52,9 %)

  1. Tetraedrit Cu3SbS3 (Cu=46,8 %).

Sulfidli mis rudalarida odatda keraksiz tog’ jinslari silikatlar va birikmalari (peschaniklar) hisoblanadi.

Tarkibiga ko`ra sulfidli mis rudalari 3 turga bo`linadi:

1. Porfirli, 2. Ildizli, 3. Kolchedanli.

Birinchi va ikkinchi turga kiradigan rudalar tarkibida sulfidli minerallar miqdori kamroq uchraydi. Bunday rudalarni boyitishdan maqsad-sulfidli mis minerallarini silikat va uning birikmalaridan ajratish.

Uchinchi turdagi rudalar tarkibida og’ir metallarning sulfidli minerallari ko`p (60% gacha) uchraydi. Bunday rudalarni boyitishdan maqsad-sulfidli mis minerallarini sul’fidli temir minerallaridan ajratishdir.

Sulfidli mis rudalarini boyitish sxemasi 1-rasmda keltirilgan.







Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin