Tajriba ishlarini bajarish tartibi
O‘qituvchidan vazifani va rudani olib, talaba yanchish uskunalaridan birida ishni quyidagi tartibda boshlaydi:
1. Jag‘li maydalagichdan 200 g rudani o‘tkazish;
2. Maydalangan rudani diskli yanchuvchi uskuna yordamida yanchish;
3. Elaklar to‘plami yordamida 0,074 mm dan katta zarralarni ajratish;
4. Elakda qolgan 0,074 mm dan katta zarralarn qayta yanchish.
Yanchilgan mahsulot quritilb, qog‘oz paketga solinadi va paketga namunaning pasporti yoziladi (ruda nomi, miqdori, olingan sana, talabaning ismi sharifi va boshqalar).
Yanchish natijalari 1-jadvalga kiritiladi.
Paketdagi ruda flotatsiya usulida boyitish uchun ishlatiladi.
1-jadval. Diskli yanchish uskunasida rudani yanchish natijalari.
№
|
Ruda
|
Boshlang‘ich kattaligi
db , mm.
|
Oxirgi kattaligi
do , mm.
|
YAnchish darajasi
db/do
|
Uskuna unumdorligi
t/soat
|
1.
|
|
|
|
|
|
2.
|
|
|
|
|
|
3.
|
|
|
|
|
|
Flotatsiyani o‘tkazish tartibi:
a) berilgan rudani boyitishning texnologik sxemasini tuzish;
b) reagentlar sarfini hisoblash va berilgan konsentratsiya bo‘yicha eritmalarini tayyorlash;
v) flotatsiya jarayonini o‘tkazish va boyitish mahsulotlarini tahlil qilish;
g) flotatsiya jarayonining texnologik ko‘rsatkichlarini hisoblash, foydali komponentlarning balansini tuzish va o‘tkazilgan tajriba ishi bo‘yicha xulosalar chiqarish.
Flotatsiya mashinalari kamerasi pleksiglasdan (maxsus material) tayyorlangan bo‘lib, 25,100,250,500 va 1000 gr. ruda namunalariga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.
Asosiy flotatsiya kamerasi sig‘imi 700 ml bo‘lgan «Mexanobr» mashinasida o‘tkaziladi. Boyitmani qayta tozalash sig‘imi 75 ml bo‘lgan flotokamerada o‘tkaziladi. Buning uchun flotatsiya mashinasi kamerasiga 500 ml atrofida suv solib, aralashtirish uchun impeller aylantiriladi (qo‘shiladi). So‘ngra ingichka oqim qilib sekin ruda namunasi solinadi va foltatsiya davomida o‘zgarmas chiziqqacha suv solinadi. SHundan so‘ng reagentlar qo‘shish boshlanadi.
Birinchi muhitni sozlovchi reagentlar qo‘shilib 2 minut aralashtiriladi. Keyin esa tazyiqlovchi reagentlar va yig‘uvchi reagentlar qo‘shilib, 2-5 minut aralashtiriladi. SHundan so‘ng ko‘rsatilgan belgigacha kameraga suv qo‘shiladi va kameraga havo berilib, hosil bo‘lgan ko‘pik ajratib olinadi. Flotatsiya jarayonining davom etish vaqti aniqlangan bo‘lishi lozim. Zarurat tug‘ilganda qayta tozalash va nazorat flotatsiyalari amalga oshiriladi.
Flotatsiya jarayonidan boyitma, oraliq mahsulot va chiqindi olinadi.
Dostları ilə paylaş: |