Navoiy davlat konchilik instituti Konchilik fakulteti21


Mavzu: Oltin rudalarini flotatsiya usulida boyitishni o’rganish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə14/18
tarix02.01.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#46949
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
laboratoriya

4 - LABORATORIYA ISHI

Mavzu: Oltin rudalarini flotatsiya usulida boyitishni o’rganish.



Ishdan maqsad:

  1. Natriy sulfidining oltin va rangli metallarning oltin-piritli rudalaridagi hamroh sulfidli minerallarning flotatsiyalanishiga ta`sirini o`rganish va uning sarfini aniqlash.

  2. Bo`tanada qolgan qoldiq natriy sulfidi kontsentratsiyasini oltin va rangli metallarning oltin-piritli rudalaridagi hamroh sulfidli minerallarning flotatsiyalanishiga ta`sirini o`rganish.

Nazariy ma`lumotlar


Natriy sulfidi va boshqa oltingugurtli birikmalar yuqori flotatsion kontsentratsiyada oltin va sulfidli minerallar flotatsiyasini tazyiqlaydi. Sulfidli minerallar flotatsiyasini tazyiqlash uchun qo`llaniladigan oltingugurtli modifikatorlar ilmiy tadqiqot natijalari asosida va rudalarning texnologik xususiyatlarga mos ravishda tanlanadi.

Har qanday modifikator-tazyiqlagich boshqa eritmalarga qaraganda bir xil bo`lmagan ionli tarkib shakllantiradi, uning barqarorligi pH muhit, kontsentratsiya, qattiq faza tarkibi, harorat va boshqa omillar qiymatlari bilan aniqlanadi.

Bo`tana suyuq fazasini ion tarkibining o`zgarishi oksidlanish qaytarilish jarayonlari rivojlanish darajasi bilan aniqlanadi. Aniq sharoitda har bir modifikator uchun o`ziga xos ionli tarkib mos keladi. Buning ustiga bir xil pH da ular qandaydir bir asosiy anionni hosil qiladilar.

Natriy sulfidi qo`llanilayotgan holda pH8-10 da asosiy tazyiqlovchi ion bo`lib gidrosulfid ionlari (pH9) va tiosulfat ionlari (pH10-11); pH>10 bo’lganda sulfid ionlari, pH>11 bo’lganda esa tiosulfat ionlari hisoblanadi.

Amaliyot ma`lumotlari shuni ko’rsatadiki, sulfidli minerallar yuzasidan yig’uvchi reagentlarni desorbtsiyalash jarayonida natriy sulfidining qoldiq kontsentratsiyasi 400-600 mg/dm3 oraliqda joylashgan; quyultirish, yuvish va qayta yanchishdan so’ng esa 20-100 mg/dm3 gacha tushadi, bu esa kollektiv mis-rux boyitmalarini ajratishda juda qo’l keladi, oltin va uning mineral birikmalarini yaxshi flotatsiyalanishiga yetarli hisoblanadi.

Natriy sulfidi kontsentratsiyasini oshirish rangli metallar sulfidlarini tanlanishini yaxshilamaydi, oltin-mis flotatsiyasida pH ko`rsatkichini pasaytirish uchun kerak bo`ladigan rux sulfat sarfini oshirishga olib keladi, bu esa rangli metallar minerallari bilan oltin va uning birikmalarini tazyiqlanishiga olib keladi.

Natriy sulfidining tartib bo`yicha eng maqbul sarfi seriyali tajribalar orqali qabul qilinadi: 0; 50; 100; 300; 500 g/t.


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin