Navoiy davlat konchilik instituti Konchilik fakulteti21


Stolni tajriba o'tkazish uchun tayyorlash



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə12/18
tarix02.01.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#46949
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
laboratoriya

Stolni tajriba o'tkazish uchun tayyorlash

O’lchagich yordamida stolning tebranishlari soni aniqlanadi (bir daqiqada 275 – 375 martaga teng bo'lishi kerak). Stolning yurishi (xod) 10 – 16 mm ga teng bo'lib, quyidagicha aniqlanadi: qalamni uchini pastga to'g’rilab, stolning yuzasiga o'rnatiladi, qalamning ostiga qog’oz varag’i kiritilib, stol harakatlanganda qalam qog’ozga chiziqlar chizadi. Bu jarayon bir necha bor takrorlanadi va olingan chiziqlar o'lchanadi. Chiziqlar uzunligining o'rtacha arifmetik qiymati stolning yurishiga teng bo'ladi.

Stol yuzasiga kelib tushgan har bir zarracha ikkita kuchning ta'siriga uchraydi: elektrdvigatel orqali beriladigan inertsiya kuchi va qiya tekislik bo'ylab harakatlanuvchi suv oqimining yuvuvchi kuchi. Stolning qaytarma–ilgarilama harakati tufayli mineral zarrachalar stol bo'ylab harakatlanadi, bunda og’ir minerallar yengil minerallarga nisbatan kattaroq tezlikda harakatlanadi. Suv oqimi yordamida esa yengil mineral zarrachalari og’ir mineral zarrachalariga nisbatan kattaroq tezlikda harakatlanadi. Bu ikkala tezliklarning qo'shilishi natijasida zarrachalar yuqori tomondan (mahsulot berilishi tarafidan) o'ng burchakdan pastdagi chap burchakka tomon harakatlanadi.

Stol yuzasiga tushayotgan bo'tana va suv uning yuzasida yupqa qatlam holida tarqaladi. Plankalar yordamida hosil qilingan ariqchalarda suv tekis oqmaydi. Bu ariqchalarda plankalar orasida uyurma oqim hosil bo'lishi natijasida yengil mineral zarrachalar yuqori ko'tariladi, og’ir mineral zarrachalari esa pastda qoladi. Shu bilan bir vaqtda stolning tebranishi natijasida hamma minerallar ariqchalar bo'ylab harakatlanishga intiladi.

Stolning yuvuvchi suv kelib tushadigan tarnovchaga yaqin joyida og’ir minerallarning eng mayda zarrachalaridan iborat yo'l hosil bo'ladi. Bu mahsulot boyitma deb ataladi. Boyitma chizig’idan keyin yengil minerallarning mayda zarrachalari va og’ir minerallarning yirik zarrachalaridan iborat aralash zarrachalardan tashkil topgan yo'l ketadi. Uni tashkil etgan zarrachalar oraliq mahsulot deyiladi. Oraliq mahsulot chizig’idan keyin barchasi yengil mineral zarrachalaridan iborat chiziq joylashadi. Bu mahsulot chiqindi deyiladi.

Shunday qilib, boyitish stolida boyitish mineral zarrachalarning zichligidagi va o'lchamidagi farqqa qarab plankalar orasida hosil bo'lgan ariqchalarda mahsulotlarga ajratishdir.

Stolning ishlab chiqarish unumdorligi mahsulotning o'lchamiga, siljish yo'lining uzunligiga, tebranishlar soniga va stolning qiyalik burchagiga bog’liq. Shunga e'tibor berish kerakki, stolga mahsulot keragidan ortiq berilsa, uning sifat ko'rsatkichlari pasayadi. Sanoatda ishlatiladigan boyitish stollari yuzasining uzunligi 2100–4620 mm, kengligi mahsulot yuklash tomonida 1050 – 1800 mm, mahsulotni bo'shatish tomonida 920 – 1620 mm qilib tayyorlanadi. Bitta stolga sarflanadigan energiya 0.4 kVt, suv sarfi 3 – 8 m3/t, plankalarning ishlash muddati 6 – 12 oy, linoleumning ishlash muddati 2 – 4 yil.

Laboratoriya tekshirishlari davrida stolning yo'li (siljish) shunday bo'lishi kerakki, hamma zarrachalar stolning bo'shatish tomoniga qarab harakatlansin. Uni tekshirish uchun stolning yuzasi avval suv bilan ho’llanadi, boyitiluvchi mahsulotdan biroz beriladi va hamma zarrachalarning harakatlanish yo'nalishi kuzatiladi (hamma zarrachalar suvda bo'lishi shart). Agar, ba'zi zarrachalarning stol yuzasida ushlanib qolinishi yoki juda sekin harakatlanishi kuzatilsa, stolning yurishi tezlashtiriladi va yana zarrachalarning harakati kuzatiladi. Agar zarracha-larning harakati juda tez bo'lsa, stolning yurishi kamaytiriladi. Stolning qiyalik burchagi 3 – 8 o.

Shunday qilib, stolning texnik xarakteristikasi tuziladi:


  1. Yuzaning tebranishlari soni;

  2. Yo'lning (siljish) kattaligi;

  3. Stol yuzasining qiyalik burchagi;

Stol yuzasining xarakteristikasi tuzilgandan so'ng u suv bilan yaxshilab yuviladi. Ushlanib qolgan zarrachalar cho'tka bilan yuvib tushiriladi. Keyin boyitish mahsulotlarini qabul qiluvchi idishlar yuviladi va bitta idishni bo'shatish tarafda boyitmani qabul qilish uchun, ikkinchi idishni esa chiqindini qabul qilish uchun o'rnatiladi.




Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin