Tadqiqot natijalarini tahlil qilish
Flotatsiya jarayonidan olingan barcha mahsulotlar quritilib, texnik tarozida og‘irligi o‘lchanadi. SHundan so‘ng mahsulotlar tarkibidagi qimmatbaho komponentlarning miqdorini aniqlash uchun mahsulotlardan namuna olib kimyoviy tahlilga beriladi.
Flotatsiya jarayonidan olingan mahsulotlarni quritish shkafiga qo‘yishdan avval ularning har biriga mahsulotlarning nomi va kimning mahsuloti ekanligi qog‘ozchaga oddiy qalamda yozilib, tashlanadi.
Mahsulotlar past haroratda quritilishi kerak, chunki yuqori haroratda mahsulotlarning tarkibi va massasi o‘zgarishi mumkin (masalan, sulfidli mahsulotlardagi oltingugurtning yonishi hisobiga), mahsulot idishga yopishib qolishi, yoki qog‘oz markalar yonib ketib, mahsulotlar adashib ketishi mumkin.
Kimyoviy tahlildan olingan natijalar 2-jadvalga yoziladi va metallar balansi hisoblanadi.
2-jadval. Kimyoviy tahlildan natijalari
Mahsulotlar
|
Mahsulotning
chiqishi, γ
|
Qimmatbaho komponentning miqdori, β,%.
|
Qimmatbaho komponentning ajralishi, ε, %.
|
%
|
t/soat
|
Boyitma
|
|
|
|
|
Oraliq mahsulot
|
|
|
|
|
CHiqindi
|
|
|
|
|
Dastlabki ruda
|
100
|
|
|
100
|
Jadval to‘ldirilgandan so‘ng qo‘llaniladigan reagentlar, ularning miqdori, qo‘shilish joylari va flotatsiya davomiyligi ko‘rsatiladi.
Qimmatbaho komponentning boyitish mahsulotlariga ajralishi quyidagi formula bo‘yicha topiladi.
Bu erda:
ε– qimmatbaho komponentning mahsulotga ajralishi, %;
γ- mahsulotning chiqishi, %;
β- qimmatbaho komponentning boyitish mahsulotlaridagi miqdori, %;
α- qimmatbaho komponentning dastlabki rudadagi miqdori, %.
Dastlabki rudadagi qimmatbaho komponentning miqdori boyitish mahsulotlaridagi qimmatbaho komponetlarning yig‘indisiga teng bo‘lishi kerak. Bunday holda tajriba ishi to‘g‘ri bajarilgan bo‘ladi.
Bajarilgan ishni himoya qilish uchun talabalar quyidagilarni bilishi shart:
Ruda tarkibidagi asosiy komponentlarning flotatsion xususiyatlarini;
Tanlangan boyitish sxemasini asoslashni;
Reagentlarni jarayonga nima maqsadda qo‘llanilishini va sarfini;
Bo‘tananing zichligi va muhitning jarayonga ta’sirini;
Flotatsiya mashinasining tuzilishi va ishlash prinsipini;
Ishni bajarishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni;
Metallar balansi jdvalini tuzish va kerakli ko‘rsatkichlarni hisoblash;
Olingan natijalarga asoslanib xulosa chiqarish.
Dostları ilə paylaş: |