Navoiy davlat konchilik instituti Konchilik fakulteti21


Rudalarni boyitishning texnologik sxemasini tuzish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə3/18
tarix02.01.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#46949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
laboratoriya

Rudalarni boyitishning texnologik sxemasini tuzish
Boyitishning texnologik sxemalari rudalarning mineralogik tarkibiga, ruda tarkibidagi qimmatbaho komponentlarning o‘lchamiga qarab tuziladi. Sxemada zarur bo‘ladigan reagentlar, ularning qaysi jarayonda qo‘shilishi va miqdori ko‘rsatilishi shart. Reagentlarning sarfi har bir tajriba ishi uchun o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatiladi.

Rudalarni yanchish
Boyitish jarayonlaridan oldin xar doim ruda yanchiladi. YAnchilish darajasi ruda tarkibidagi qimmatbaho komponentlarning o‘lchamiga bog‘liq. YAnchish jarayoni mineral zarrachalarning yuzalari ochilguncha davom etadi.

har bir ruda uchun yanchish davomiyligi o‘qituvchi ko‘rsatmasi bo‘yicha yoki tajriba yo‘li bilan belgilanadi.

YAnchish laboratoriya sharli tegirmonida qattiq, suyuq va yanchuvchi yuzalar Q:S:YA=1:0,5:6 ga teng bo‘lgan nisbatda amalga oshiriladi.

Rudani yanchishdan oldin tegirmon issiq suv bilan soda aralashmasi yordamida yuviladi. Agar tegirmon yoki undagi yanchuvchi yuzalarda zang hosil bo‘lgan bo‘lsa, uni ruda bilan yuklab, 10-20 minut davomida ishlatiladi. SHundan so‘ng tegirmon yana yuviladi. Tegirmon ishdan to‘xtatilgandan so‘ng yana zang hosil bo‘lmasligi uchun uni suv to‘ldirilgan holda saqlash lozim.

Tegirmonni rudadan bo‘shatish quyidagicha amalga oshiriladi: dastlab tegirmon ichi yuvuvchi moslama (promыvalka) bilan yuviladi, keyin tegirmon sharlari yoki sterjenlari yuvilib rudadan tozalanadi. Agar flotatsiya jarayoniga temir ionlari zararli ta’sir ko‘rsatsa, unda yanchish jarayoni chinni tegirmonda amalga oshiriladi.

Agar yanchiladigan ruda o‘lchami nechaga teng bo‘lish kerakligi aniqlansa, yanchish davomiyligini aniqlash uchun tajribalar o‘tkaziladi.

Tajribadan olingan ma’lumotlarga asoslanib, har bir yanchish vaqti bo‘yicha olingan, yanchilgan sinflarning chiqishi uchun chiziqli bog‘liqlik grafigi tuziladi.



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin