G=SMM4/ MULT2 (MULT2 mikdorini investorlar xisoblashdi).
Iktisodga G pul birligidagi mablagni kuyib xukumat deflyatsion farkni bartaraf etadi va Tula bandlikni ta’minlaydi. Bu uyinda davlat tadbirlari ma’nosi va bozor konuniyatlari xamda omillari xarakatini aks ettiradigan oddiy model keltirilganligini xisobga olish kerak. real xayotda Tula bandlikka erishish juda kiyin, chunki konyuktura uzgaruvchan, davlat organlarining kelajakdagi xisoblari kupincha extimollik xarakteriga ega. Shunday kilib uyin bozor iktisodining bir kancha konuniyatlarini va makrosoxada ishtirokchilari xarakterlarining mantikini tushuntirib beradigan modeldan iborat.
5-mavzu. To‘lov balansining iqtisodiy tahlili
Topshiriqlar 1-masala Mamlakat iqtisodiyoti quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalangan:
Tovarlar eksporti
29700 mln.so‘m.
Tovarlar importi
31700 mln. so‘m.
Xorijdagi qo‘yilmalardan foiz ko‘rinishida olingan daromadlar
4600 mln. so‘m.
Xxorijiy investorlarga foiz to‘lovlari
2400 mln. so‘m.
Mamlakatning turizmdan daromadlari
2700 mln. so‘m.
Mamlakatning bir tomonlama transfertlari
3500 mln. so‘m.
Mamlakatdan kapital chiqib ketishi
5200 mln. so‘m.
Mamlakat rezidentlarining xxorijiy turizmga xarajatlari
2800 mln. so‘m.
Mamlakatga kapital oqimi
8600 mln. so‘m.
Mazkur ma’lumotlar asosida to‘lov balansining joriy operatsiyalar schoti qoldig‘ini aniqlang.