Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi



Yüklə 13,04 Mb.
səhifə88/120
tarix24.09.2023
ölçüsü13,04 Mb.
#147896
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   120
2023-2024 УМК Dinamik makroiqtisodiyot

II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi

Fanni o‘qitishdan maqsad- talabalarga zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiyotining tahlili hamda prognozi uchun talab qilinadigan nazariy va amaliy masalalar to‘g‘risida bilimlar berish hisoblanadi.


Fanning vazifalari:

  • iqtisodiyotdagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlilini amalga oshirishni o‘rganish;

  • iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun talabalarni zarur zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish;

  • talabalarga milliy hisoblar tizimi(MHT)ga ko‘ra asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘rgatish;

  • mamlakat ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini prognozlashtirish;

  • iqtisodiy qonunlarning budjet-soliq, pul-kredit sohalarida amal qilish xususiyatlarini ko‘rsatish;

  • talabalarda makroiqtisodiy jarayonlarni, iqtisodiy operatsiyalarni tahlil qilish asosida ularni samarali boshqarish bo‘yicha mustaqil qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish;

  • prognozlashtirishning barcha usullaridan keng foydalanishni bilgan holda, iqtisodiyotning aniq bir sohasida rivojlanishni prognozlashtirish asosida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir.

Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘ydagi talablar qo‘yiladi. Talaba:

  • iqtisodiyotni prognozlashtirish va tahlil qilish uchun zarur bilimlar asosida uni boshqarish yuzasidan to‘g‘ri qarorlar qabul qilish tartiblarini; makroiqtisodiy tahlilni amalga oshirishda fiskal hisoblar, MHT ning rivojlanish qonuniyatlarini; iqtisodiyot rivojlanishining istiqbollarini to‘g‘ri belgilash tartiblarini; prognozlashtirishning barcha usullaridan foydalanishni bilishi;

  • mamlakat makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari tarkibi; iqtisodiyot sektorini rivojlantirish bo‘yicha qonunlar va qonuniyatlarni bilish hamda qo‘llay olish; iqtisodiyotni ijtimoiy-iqtisodiy prognozlashtirishni asoslash; iqtisodiyotning budjetsoliq, pulkredit sektorlarini makroiqtisodiy tahlil qilish va tartibga solishning samarali usullarini joriy etish; milliy hisoblar tizimiga asoslangan holda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni aniqlash, ularni hisoblash, tahlil qilish; mamlakat iqtisodiyoti soha va tarmoqlari o‘rtasidagi uzviy aloqalarning rivojlanish tendensiyalari; fanga oid iqtisodiy kategoriyalarning mohiyati; mamlakat iqtisodiyotidagi mavjud makroiqtisodiy muammolar va ularning mo‘tadil yechimini topish yo‘nalishlari; O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy siyosatining mohiyati bo‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

  • mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarining shakllanish jarayonlarini tahlil qilish; makroiqtisodiy jarayonlarga oid iqtisodiy statistik va hisobot ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va prognozlashtirish; iqtisodiy o‘sish, aholining turmush darajasini prognozlashtirish; makroiqtisodiy muammolar bo‘yicha asosiy iqtisodiy talablarni shakllantira olish malakalarga ega bo‘lishi kerak.


Yüklə 13,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin