3-5 yoshdagi bolalarda ijodiy tafakkurni shakllantirishning psixologik xususiyatlari
XULOSA VA TAVSIYALAR
O’rganilgan adabiyotlar va o’tkazilgan tadqiqot natijalari asosida quyidagi
xulosalarga kelish mumkin:
bolalarda umumlashgan usulni egallab olgandan keyin ham materiallarning qiziqarliligi haqida hajmga e’tibor berish xususiyati ma’lum muddatlargacha saqlanib qoladi.
topshiriqning tuzilishiga ko’ra uni bajarish uchun ko’p yoki oz vaqt ajratish ko’nikmasi ma’lum davrgacha saqlanishi mumkin.
bolada individual ishlash uslubining vujudga kelishi shu davrlari xususiyatiga emas balki bolaning individual xususiyatiga bog’liq.
ijodiy faoliyati bilan jismoniy faoliyatning o’zaro uzluksiz almashib turishi ko’p jihatdan bolaning individual psixologik xususiyatiga bog’liq.
o’quv faoliyatida ijodiy tafakkurning barqarorligi bolaning irodaviy zo’r berishi, ma’naviy ehtiyoji va anglashilgan motiviga bevosita aloqadordir.
o’quv faoliyatini boshqarishning oqilona amalga oshirilishi bola oldida turgan maqsaddan kelib chiqadi.
o’quv faoliyatidagi ijodiy tafakkurning samaradorligini ko’p jihatdan bolaning ish rejasiga kun tartibiga gigenik qoidalariga rioya qilishiga bog’liq.
bolalar umumlashagan ta’limiy usullar hamda ularni yangi sharoitga ko’chirish yo’llari yuzasidan tushuncha berilishi ularda izlab topish o’quvini vujudga keltiriladi.
ta’lim jarayonida bolalarning irodaviy zo’r berishlari ularning topshiriqlarini yechishga intilishlarida, o’z -o’ziga buyruq berishda, o’z-o’zini qo’lga olishida o’z ifodasini topadi.
bilimlarning amaliy yoki nazariy xarakterga ega bo’lishi umumlashgan o’quv faoliyati usullarini tadbiq etishda differensional yo’l tutishini taqazo etadi.
o’quvchilar - o’quv faoliyatlarini tashkil qilish usullarini ular ongiga singdira borishi alohida olingan bola shaxsida individual ishlash uslubini vujdudga keltiradi, bu esa o’z navbatida ularning ijodiy o’sishini ta’minlaydi.
maktab yoshidagi bolalarda mavjud bo’lgan intilish bilan o’z-o’zini baholash o’rtasidagi munosabatda ijobiy o’zgarish yuz beradi.
YUqoridagi xulosalarga asoslanib quyidagi tavsiyalarni berish mumkin.
bolalarni fanlarga nisbatan qiziqishlarini rag’batlantirib borish.
bolalarni mustaqil ishlashga o’rgatib borish ulardagi mustaqil fikrlashni, dunyoqarashlarni kengaytirib borishi lozim.
ta’limda individual ish uslublarini tashkil qilish
bolalarda o’z kuchiga ishonch hissini shakllantirish.
o’quv faoliyatida ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish uchun quyidagi omillarga asosiy e’tiborni qaratish lozim.
shaxsda o’z o’zini boshqarish ko’nikmasini tarkib toptirish
mustaqillik, qat’iylik intizomlilik, maqsadga intilish o’zini qo’lga olish kabi irodaviy sifatlarni tarbiyalash lozim.
ta’limiy mashg’ulotlarda ko’rgazmalilikka asosiy e’tiborni qaratish lozim.