Ma’no jihatidan o’zaro bog’liq bo’lmagan uchta so’z tavakkal tanlanadi. Masalan «qo’l», «qalam», «ayiq». Mana shu uchta so’z qatnashgan iloji boricha ko’proq gap tuzing. Bunda uch xil javobni farqlash mumkin: jun gap, murakkab gap, ijodiy yondashilgan gap.
Bu uyinda o’qituvchi javoblarining miqdori va sifat o’rtasidagi «oltin oraliq» ni topish zarur. Bir tomondan qancha ko’p gap tuzganini, ikkinchi tomonidan o’z ishiga ijodiy yondashganini rag’batlantirib turish lozim.
Mazkur o’yinlar samaradorligining zaruriy shartni o’yinchilar bilan javoblarni qiyoslash va muhokama qilish bolalarga o’ziga yoqqan gaplarni nima uchun yoqqanligini tushuntirib berish zarur.
Bu topshiriq obrazlar yaratishiga umumlashtirishga aloqalar yaratishiga bolalarni o’rgatadi.
8-mashq «O’xshashini izlab»
Qandaydir predmet yoki hodisa aytiladi. Bundan tashqari mazkur o’xshash predmetlarni ma’lum bir tartib bilan tizimga solish talab qilinadi. Masalan «qush» va «kapalak» deb aytishi mumkin (uchadi va qo’nadi) «avtobus» va «poyezd» (transport vositalari) va h.k. Kim eng ko’p miqdorda o’xshash predmetlarni aytsa o’sha g’olib bo’ladi.
Topshiriq predmetlarning xususiyatlarini aniqlash belgilarni tasniflash qobiliyatlarini rivojlantiradi.
mashq «Qarama -qarshi predmetlarni izlash».
Qandaydir predmet masalan «uy» aytiladi. SHu predmetga qarama - qarshi bo’lgan boshqa predmetlardan iloji boricha ko’proq aytiladi. SHu bilan birga predmetning turli xil belgilariga e’tibor berishadi va guruhlar buyicha qanday tizimlashtirilayotganligiga qaraladi. Masalan «Saroy» so’zini olaylik (U uyiga hajmi jihatdan qarama-qarshi) «Vokzal» (o’ziniki va o’zganiki) «dala» (ochiq va yopiq fazo) va hokazo kimdan kim qarama - qarshi predmetlardan qancha ko’p aytsa o’sha yutadi.
SHu bilan birga javoblarini tushuntirib berishi kerak.
Topshiriq predmetlarini qiyoslashga yangi xususiyatlarni topishiga qaratilgan.