Navoiy davlat pedagogika instituti "pedagogika"



Yüklə 346,94 Kb.
səhifə13/23
tarix29.06.2023
ölçüsü346,94 Kb.
#135525
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
3-5 yoshdagi bolalarda ijodiy tafakkurni shakllantirishning psixologik xususiyatlari

«Raven matritsasi»


3-5 yoshdagi bolalarda ijodiy tafakkurni shakllanganligini aniqlash maqsadida Raven matritsasidan foydalanildi.
Ushbu metodika 3-5 yoshdagi bolalarning ko’rgazmali obrazli tafakkurini o’rganib, uning asosiy vazifalari Raven testidan olingan 10 ta asta – sekin murakkablashib boruvchi Raven matritsalaridan iborat. Bolaga asta – sekin murakkablashib boruvchi 10 qismdan iborat vazifa beriladi. Masalan: Matritsada bo’laklarni joylashishdagi qonuniyatini topish va quyida berilgan 8 ta rasm ichidan shu matritsaga mos keluvchi qismlarni topish kerak. Katta matritsa tuzilishini o’rganib, bayroqchalar ichida bola katta matritsaga joylashishi uchun mantiqan mos keluvchi qismni aniqlash kerak.
Natijalar tahlili topshiriqni bajarish uchun ketgan vaqtga va to’g’ri bajarishiga qarab belgilanadi.

Guruhlar

Rivojlanish darajasi




juda
yuqori

yuqori

o’rtacha

quyi

juda past




A guruh

8,9

14,6

34,5

30 %

12 %




B guruh

9,2

16,7

35,6

26,7

11,8




60
55
50
45
40
35 30
25
20
15
10
5


juda


yuqori yuqori o’rtacha past


juda


past



  1. rasm. Rivojlanish darajasi buyicha natijalar taqsimoti


Natijalar tahlilidan shuni ko’rish mumkinki 3-5 yoshida tafakkurning shakllanganligi ijodiy qobiliyatlarni rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. SHunga muvofiq A va B guruh sinaluvichlarning (8,9; 9,2%) da juda yuqori ya’ni ulardagi tafakkurdagi so’z mantiqiy shakllanganligidan dalolat beradi.


Sinaluvchilarning aksariyat qismi berilgan vazifani to’laqonli bajarmaganliklari tadqiqot natijalaridan aniqlandi. Ularda atrofdagi narsa va hodisalarni ko’rib idrok qilish ulardagi o’zaro mutanosiblik, farq tafovutlarni anglashda to’siqlarga uchrashishi bilan bog’liq.
Metodikalar yuzasidan umumiy xulosa qiladigan bo’lsak sinaluvchilarda yoshga bog’liq tafakkur, idrok, xotira, diqqat jarayonlari rivojlanganligidan dalolat beradi. Bu esa ulardagi dunyoqarash fikrlash malakalarni atrofga nisbatan munosabatlarida ko’zga tashlanadi.
    1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish


Bolalar tafakkurini rivojlantirish ota-ona, pedagog va tarbiyachi oldidagi muhim vazifalardan biridir. Bolalarda tafakkurning rivoji intensiv ravishda kechadi. Mana shu intensiv taraqqiyotni yanada jadallashtirish mumkin. Buning uchun maxsus psixologik mashqlarni bolalar bilan amalga oshirilsa ulardagi tafakkur va nutq rivoji keskin oshadi. SHuning uchun bolalar tafakkuri rivojiga ijobiy ta’sir qiluvchi psixologik mashqlardan tadqiqotimizda samarali foydalandik .

Yüklə 346,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin