3-5 yoshdagi bolalarda ijodiy tafakkurni shakllantirishning psixologik xususiyatlari
KIRISH
Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi. Har qanday jamiyatning ravnaqi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy barqarorligini uning fuqarolarining ijodiy-ahloqiy salohiyatini yuksak darajada rivojlanganligiga bog’liq. Zero jamiyatning ma’naviy yangilanishida ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishda jahon hamjamiyatiga qo’shilishini ta’minlaydigan, demakratik xuquqiy davlat qurish kadrlar tayyorlashning milliy masalasi ham O’zbekiston Respublikasining prezidenti SH.M.Mirziyoev «inson uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o’zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir» deb juda to’g’ri aytgan. CHunki xalqning boy ijodiy merosi va umuminsoniy qadriyatlari asosida zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot fan-texnika va texnologiyalarning yangi yutuqlari asosida mukammal tayyorgarlikdan o’tgan kadrlarni tayyorlashning yangi tuzilishini shakllantirish O’zbekiston Respublikasi taraqqiyotining muhim shartlaridan biri bo’lib qoldi.
«Maqsadlarimizga erishish – deydi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev, - yangi demokratik jamiyatni qurish, islohatlarning taqdiri qanday ijodiy kuchlarga egaligimizga yoshlarimiz qanday madaniy va professional saviyaga erishganligiga qanday ideallarga e’tiqod qilishga ma’naviy jihatdan qanchalik boyishiga bog’liqdir».
Bu maqsadga erishish umumiy demokratik intilishlar jarayoni jamiyatni erkinlashtirish mamlakatda yangi ijtimoiy – siyosiy muhitni shakllantirish bilan uzviy bog’liqdir. Kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy dasturni amaliyotga tadbiq etish deyiladi: «ma’ruzada hech bir mubolag’asiz strategik maqsadlarimiz farovon qudratli demokratik davlat erkin fuqarolik jamiyatni barpo etishimizning asosi bo’lmog’i lozim».
Erkinlashtirilgan jamiyatni ma’naviy yangilashni birinchi navbatda yosh avlodni ongiga ma’naviy - axloqiy an’analar insonparvarlik va demokratik qadriyatlarni singdirish orqali ta’minlanadi. Ozod, har jihatdan barkamol, yuksak
ma’suliyatli va burch hissiga ega, o’z haq-huquqlarini taniydigan, o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo’ladigan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondoshadigan, ayni zamonda shaxsning manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan shaxs fuqarolarini voyaga yetkazish uchun qo’shimcha chora tadbirlar majmuasini yuzaga keltirish va hayotga joriy etish hozirgi muhim vazifalardir.
Barkamol avlodni tarbiyalash deganda nafaqat ijodiy balki jismoniy va ruhiy salomatlikni mustahkamlash ham tushuniladi. YOshlarni hayotda o’z o’rnini topishda axloqiy e’tiqodlarini shakllantirishda ularda olijanoblik va insonparvarlik yuksak sifatlarni tarbiyalashda sog’lom turmush tarzini tashkil qilish lozim. Bolalarning qobiliyatlari va iqtidorini har jihatdan namoyon etish milliy va umuminsoniy idealar va qadriyatlarning ustivorligini ta’minlash shaxs jamiyat va atrof muhitning o’zaro munosabatlarida uyg’unlikka erishuv bola va o’qituvchi o’rtasidagi munosabatni yuqori darajaga olib chiqishga sabab bo’ladi.
Jamiyatni erkinlashtirish jarayoni shaxsning tafakkurini va iqtidorini har jihatdan namoyon etish uchun imkoniyat va shart sharoitlar yaratibgina qolmaydi. Balki insondagi ruhiy ma’naviy ijodiy salohiyatini to’la namoyon bo’lishini talab qiladi.
Bugungi kunda shaxslar o’rtasidgi ijodiy jihatdan mavjud farqlar bilan bir qatorda jiddiy va tashkilotchilik qobiliyatidagi shaxsning umumiy tafakkurlaridagi farqlarga katta e’tibor qaratish lozim. Bu ta’lim sohasidagi ko’pgina masalalarini hal etish uchun muhim ahamiyatga egadir. Bunday masalalar jumlasiga bolalarni fikrlashi va o’qishi ularning ta’limni keyinchalik esa kasbiy va ijtimoiy soxasida rivojlanishi o’z imkoniyatlarini ruyobga chiqarishi, imkoniyatlarini diagnostikasi korreksiyasini kiritish mumkin.
Ma’lumki, maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy psixik rivojlanish o’zining jadalligi bilan boshqalardan ajralib turadi. SHuningdek, bilish jarayoni rivojlanishi undagi ijodiy ko’nikmalar ijodiy tafakkurni rivojlantirishga zamin yaratadi. Bu borada bola shaxsida tarbiyachi obrazini ko’rish va uni tadqiqotlar natijasida aniqlashga harakat qildik. SHuningdek, tarbiyachi ta’lim-tarbiya
jarayonida bilim olish orqali ijodiy ko’nikmalarini rivojlantiradi va o’zida maxsus qobiliyatlarni namoyon qiladi.