Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati. Tadqiqotdan olingan natijalarni maktabgacha ta’lim muassasalari amaliyotiga tadbiq etish bevosita bola shaxsi va unda ijodiy ko’nikma hamda malakalarni shakllantirishga samarali ta’sir ko’rsatadi. SHuningdek, bolalarning ijodiy tafakkuriga qay tarzda ta’sir ko’rsatish samaradorligini aniqlashga imkoniyat yaratadi.
Bitiruv malakaviy ishning nazariy ahamiyati. O’rganilgan ilmiy ma’lumotlar va tadqiqot natijalari “YOsh davrlari psixologiyasi”, “Pedagogik psixologiya” fanlarining yangi manbalar bilan boyishiga olib keladi. Bola shaxsi, ijodiy tafakkur, ta’lim jarayoni uyg’unligi borasidagi yangi fikr g’oyalar yuzaga keladi.
Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy tafakkurni rivojlanish ko’rsatgichi aniqlandi.
Ijodiy tafakkur va yosh xususiyatlar o’rtasidagi bog’liqlik tadqiq qilindi.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikkita bob, 8 ta paragraf, umumiy xulosalar va tavsiyalar, 50 nomdagi foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB. IJODIY TAFAKKUR MUAMMOSINI O’RGANISHNING TARIXIY ILDIZLARI VA UNING TADQIQ QILINISHINING NAZARIY – PSIXOLOGIK MASALALARI
1.2. SHarq allomalari asarlarida mazkur muammoning ilmiy yoritilishi
SHarq allomalarining ilmiy merosida shaxsning shakllanishi, aqlan va jismonan kamol topishi masalasi atroflicha tahlil qilingan. Jumladan, yirik allomalarimizdan Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino asarlarida va boshqalar tomonidan jamiyatda insonlar va ularni tarbiyalash yo’llari, ta’lim – tarbiya berish orqali ijodiy salohiyatlarni rivojlantirish masalasi dolzarbligi bilan belgilanib kelingan. Beruniyning bilish to’g’risidagi ta’limoti uning durdona asrlarini tadqiq etuvchilar e’tiborini o’ziga jalb etadi.
Kishilarni haqiqiy bilimlarini egallashi uchun bo’lgan hususiyatlardan birini tashkil etadi. Beruniy bilimlarni o’rganish yo’li bilan qabul qilinishi kishilarning bilmagan narsasini bilishga muhtoj bo’lganligi uchun ham bilim olishga kirishganlari haqida ishlarni dalillar asosida fikr yuritgan. Bilim berishda bolaga nutq madaniyatini doimo singdirish, xushmuomala bo’lishi uni shod –xurram o’sishiga, bilim olishiga qiziqtirish, ilmli bo’lish san’atini tug’diradi.
Bola tug’ilgandan, ya’ni dastlabki kunlaridan boshlab tashqi dunyodagi narsalar bilan tanisha boshlaydi. Uning ongida dastlabki tushunchalar paydo bo’ladi. Bu hol narsalarning qonuniyatlarini bilib oladi, degan gap emas balki bolada jo’n va sodda bilimlar hosil bo’ladi oila va atrofdan olgan bu tasavvurlar bolaning bilimi, bolaning taraqqiyotini o’stirib boradi. Beruniy zamonida bolalar ko’pincha oilada maxsus maktablarda ta’lim tarbiya olishardi. Beruniy ta’kidlaganidek, bolani bilimi soddadan murakkabga qarab boradi, bu ilk yoshlikdan ( 10-12 yoshlar) boshlanadi.
Beruniy ilmi zamon vaqtsiz hosil bo’ladi desa bunda u kishilardagi tug’ma qobiliyatni, tug’ma iste’dodni nazarda tutgan. SHuningdek, olim ta’lim – tarbiyada irsiyat ya’ni ota –onadan o’tadigan biologik «meros» ga alohida e’tibor bergan.
Beruniy ilk yoshidagi noyob qobiliyatlarni miya asab tuzilishi xususiyatlari bilan belgilaydi. Lekin bunday alomatli kishilar mashhur shaxs bo’ladi degan ma’noni bermaydi. Hamma narsani keyinchalik olib boriladigan ta’lim – tarbiya hal qiladi. YAxshi me’yorli ta’lim-tarbiya natijasida ba’zi hollarda qobiliyatli bolalar o’sib ulg’ayib u yoki bu sohada iste’dodli kishilar bo’lib yetishadilar.
Ta’lim – tarbiya berishini e’tirof etgan Beruniy bolalikdagi yarqirab ko’ringan noyob qobiliyatlar yosh o’tishi bilan so’nishi ham mumkinligi haqida hech narsa aytmaydi. Tug’ma qobiliyatni nazariyasiga nisbatan faqat Beruniy emas balki o’sha zamon fani yuqoridagi kabi xulosada edi. Lekin qobiliyatli, iste’dodli kishilar shu xislatlarni ro’yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlarga ega bo’lib, so’ng mehnat qilishlari kerak. SHundagina o’sha iqtidor rivojlana boradi. Aks holda qobiliyatlar so’nishi ham mumkin, bu masala hozir ham munozaralidir. CHunki qobiliyati jihatidan o’z tengdoshlaridan ustun bo’lgan bola ba’zan orqada qolishi yoki tengdoshlaridan o’zib keta olmasligi mumkin. Tug’ma qobiliyat haqida gapirganda, uning rivojlanishi uchun mashaqqatli mehnatga, fanga, bilimlarga ijodiy yondoshish va uning uchun ajoyib tug’ilgan shart –sharoit yaratilmog’i lozim.
Buyuk mutafakkir olim Abdurahmon Jomiy bola dunyoqarashining kamol topishida maktab va muallimning roliga katta baho beradi. Uning fikriga qaraganda, muallim aqlli, adolatli o’zida barcha yuksak fazilatlarni mujassamlashtirgan bo’lishi kerak. Jomiy donolik bilimdonlik va ilm ma’rifatni maktab haqiqiy olimlarning jamiyat uchun foydasi haqida gapirar ekan, ayni vaqtda o’zini bilimdon qilib ko’rsatishga harakat qilgan. Olimda esa jaholat va nodonlik botqog’iga botgan voizlar, zohidlar, faqirlar, darvish va shayxlarni qattiq tanqid qiladi. Ularni dangasalikda, riyokorlikda, munofiqlikda va shuhratparastlikda, tekinxo’rlikda, bilimsizlik va savodsizlikda ayblaydi.
Davoniy bolaning umumiy tushunchalarining mohiyatini bilishi faqat aqlning paydo bo’lishi bilan ro’y beradi, deb ta’kidlar ekan, sezgi va aqli orqali tashqi dunyoni bilishi mumkinligini tan oladi. U bola tarbiyasi bilan shug’ullanishi juda nozik ish ekanligini, bola tarbiyasi borasida nihoyatda ehtiyot bo’lishi, xatoga yo’l qo’ymasligi lozimligini aytadi. CHunki bola yoshlikda o’ta ta’sirchan, tez qabul qiluvchi bo’ladi. Lekin fazilatlarni ham, yomon odatni ham farqiga bormasdan qabul qilaveradi. «Bolalarning qalbi, - deb yozadi Davoniy, xuddi naqsh solingan taxtaga o’xshaydi va suratlarni osonlikcha qabul qiladi».
Bola tarbiyasining keyingi davri maktabdan boshlanadi. Muallim aqlli, bola tarbiyasidan yaxshi xabardor bo’lgan yuksak fazilat egasi bo’lishi lozim. Olim talaba bilan muomala o’rtasidagi munosabatga alohida to’xtaladi. Agar ota uning organizmini jismoniy jihatdan tarbiyalashga sababchi bo’lsa, «haqiqatni tan olganda uningcha muallim, ustoz», «ma’naviy padar» hisoblanadi. Agar kishining ruhi o’z badaniga qanchalik yaqin bo’lsa, muallim ham tarbiya borasida ota-onaga yaqin turadi. Davoniy ayniqsa donolik fazilatini chuqur tahlil qiladi. Uning fikricha, inson o’zining ijodiy tafakkurini, ijodiy iste’dodini tarbiyalash uchun quyidagilarga amal qilishi lozim:
Birinchisi, zukkolik va zehni o’tkirligini. Zukkolik kishining muayyan masalani tezda hal qila bilishi, undan o’zi kutgan va istagan natijasini ola bilishida ko’rinadi. Bu malakani kasb qilishi kishidan tajriba va harakatchanlikni talab qiladi.
Ikkinchisi, fahm tezligi bo’lib, bu kishining keraksiz va ikkinchi darajali masalalarga ortiqcha to’xtalmasligi, butun diqqatini muhim va zarur masalalarga tez qarata bilishi, boshqacha qilib aytganda, murakkab va chigal masalalar ichidan eng muhimini tanlay bilishi malakasidir.
Uchinchisi, zehn ravshanligidir. Bu biror masalani hech qanday qiyinchiliksiz, oson yo’l bilan ham qilish iste’dodidir.
To’rtinchisi, bilimini tez egallash qobiliyatidir. Kishi ma’lum masalaga butun diqqat e’tiborini qarata olishi va uni hech qanday qarama -qarshiliksiz o’zlashtirishi lozim.
Beshinchisi, masalani chuqur anglashidir. Ikkinchi darajali masalalar hal qilinib, muhimlari qolib ketmasligi uchun har bir masalaga konkret yondoshish uchun hal qilishda ma’lum bir pozitsiyada turish qobiliyatidir.
Oltinchisi, yodlash bo’lib, insonlarning ilgari tasavvuri va his qilgan narsalarini esda saqlashdir.
Ettinchisi, xotira, ilgari olgan, his qilgan narsalaridan lozim bo’lganlarini eslash qobiliyatidir. SHunday qilib, Davoniy kishi yoshlikdan o’z ijodiy tafakkurini o’stirishga, rivojlantirishga harakat qilishi lozim. U haqiqiy baxt- saodatga erishaman desa, yuqorida aytilganlarni egallashi zarur, deb hisoblanadi.
U odamning qobiliyati to’g’risida fikr yuritar ekan, ayrim kishilar ilmning qudratiga ishonmay yuqoridagi fazilatlarni egallamaydilar. Qo’yilgan masalaning mohiyatini yaxshi tushunmay, yosh olimlarni ham to’g’ri yo’ldan adashtirganlar. Davoniy donolik deganda aqlning bilish qudratini, aql yordamida narsa va hodisalarni bilishni nazarda tutganligi ta’kidlanadi.
Farobiy «Baxt saodatga erishuv» to’g’risidagi asarida bilimlarni o’rganish tartibi haqida bayon etgan. Uning ta’kidlashicha avval bilish zarur bo’lgan ilm o’rganiladi, bu-olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o’rgangach tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmondagi bilimlarni o’rganish lozim. Undan so’ng umuman jonli tabiat, o’simlik va hayvonlar haqidagi ilm o’rganiladi deydi. Farobiy, inson kamolotiga yolg’iz o’zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo’lishi, ularning ko’maklashuvi yoki munosabatlariga muhtoj bo’ladi, deb hisoblaydi.
Ibn Sino «Hay ibn YAqzon», (Uyg’oq o’g’il tirik) asarida ilm-ma’rifatni o’rganishga kirishishi natijasida ko’zi ochilgani, uning natijasida aql (Hay ibn YAqzon) ko’ziga ko’ringani va ilm ham o’sha o’z jamolini namoyon qilganini hikoya qilar ekan, ilmi-aqlni o’lim bilmaydigan uyg’oq, qarimaydigan, yosh, beli bukilmaydigan barvasta nuroniy sifatida tasvirlaydi. Tafakkur qilib zarur bo’lgan va bilishi mumkin bo’lgan narsalarni o’qishga kirishgani bu dunyoda aqlni ishga solib o’zini yomonliklardan chetlashtiradigan turli hususiyatlarni bilib olganligini qayd etadi.
Demak, «Hay ibn YAqzon» mantiq ilmiga bag’ishlangani bilan ham ijodiy tarbiyada katta ahamiyatga ega. SHuningdek, insondagi yomon illatlarni ham bartaraf etishda ilmu fan, ziyoning ahamiyati insondagi aql – tafakkur quvvatining yolg’on illatlaridan qutilishi o’zligini anglash vositasi ekanligi bilan qimmatlidir.
YUsuf Xos Hojib o’zining «Qutadg’u bilig» asarida bilimni, buyuk o’quvni ulug’ deb ta’riflaydi. CHunki zakovatli inson ulug’ bo’ladi, bilimli kishi, buyuk bo’ladi, deb ta’riflaydi. CHunki zakovat insonni ulug’laydi, bilimli kishi buyuk bo’ladi, deb ilmli kishilarni asl toifadagi kishilarga qo’shadi. Olim ezgu ishlarning barchasi ilm tufayli amalga oshirilishi mumkinligini aytadi. O’sha davrdayoq
«Bilim hamon osmon sari yo’l ochur» deb bashorat qiladi.
U dunyoda odam paydo bo’libdiki, faqat bilimli kishilargina ezgu ish qilib, adolatli siyosat yurgizib, kelgan deb inson yaratilganidayoq unga bilim o’quv zakovat berilganligi ana shu bilim va zakovati tufayli kishilar razolatdan poklanganligini uqtiradi hatto hukmdorlar ham yurtini, davlatni aql, ilm, zakovat bilan idora etsa el-yurt farovon bo’ladi to’q va tinch hayot kechiradi deydi. U kuch va qurolni aql va bilimdon keyingi ikkinchi o’ringa quyadi.
Kaykovus «Qobusnoma» asarida aql haqida ham fikr bildirib, inson qobiliyatining bir xil emasligini, inson aqlining tug’ma, ya’ni azaliy aql (tabiiy aql) va kasbiy aql, ya’ni muxtasib (o’rganilgan aql) kabilarga bo’lishini bayon etadi. Kaykovus aqli hikma (falsafa) bilan kasbiy aqlni donish ham derlar, deydi Muxtasib aqlni o’rganish mumkin, ammo azaliy aqlni kamol topadi, deb ko’rsatadi. Muxtasib aqlning takomillashib borishini, tabiiy aql ham muxtasib aqlsiz rivojlanishi mumkin emasligini ta’kidlaydi va fikrlari bilan ta’lim – tarbiyaning ahamiyatiga katta e’tibor berib insonning kamolga erishishida ijodiy shakllantirish g’oyasini ilgari suradi.
Kaykovus bilim va aqlning ahamiyatini ulug’lar ekan, uni mol- dunyodan ham yuqori qo’yadi. “Agar molsizlikdan qashshoq bo’lsang ham aqldan boy bo’lmoqqa sa’y ko’rguzgil. Mol ila boy bo’lgandan aql bilan boy bo’lgan yaxshiroqdur, nedinkim aql bila mol jam etsa bo’lar, ammo mol bilan aql o’rganib
bo’lmas. Bilg’il, aql bir moldirki uni o’g’ri ololmas o’tda yengmas suvga oqmas deb ta’riflar ekan inson odobi ham aqlning belgisi, deb xulosa chiqaradi”.
YUqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, shaxsning bilim olishga bo’lgan intilishi, ijodiy qobiliyati tug’ma qobiliyat va individual xususiyatlarga bog’liq ekanligi aniqlandi. SHuningdek, bilim, o’quv, ijod har qanday insonni yuksaklikka, kamolot cho’qqisiga erishtiradi.
Dostları ilə paylaş: |