Ilmiy psixologik manbalarida qayd qilinishiga ko’ra «Ijodiy tafakkur» lotincha so’zdan olingan bo’lib u odatda «aql idrok anglash tushunish faxmlash» degan ma’noni anglatadi. Ijodiy tafakkur shaxsning muayyan darajada mustaqil barqaror ijodiy qobiliyatlari majmuasi tuzilishidan iborat.
O’z davrida AQSHlik psixolog F.Frimen ijodiy tafakkurni oltita tarkibidan iborat degan g’oyani ilgari suradi va ularning quyidagicha tartibda joylashtirishni ko’rsatib o’tadi:
sonli operatsiyalarga nisbatan qobiliyatlilik,
lug’at boyligini ko’lami,
-geometrik shakllar o’rtasidagi o’xshashlik farqli tomonlarini ajratishga nisbatan o’quvchanlik,
shaxs nutqining tezligi yoki sustligi,
insonning fikrlashga muloxaza yuritishga nisbatan qobiliyatlarni,
xotiraning maxsuldorligi yoki noyob xislatligi.
YAna bir salohiyatli psixolog L.Terstoun umumiy ijodiy tafakkurning jabhalarini turlicha tadqiq qilib, ularni umumlashtirib birlamchi ijodiy potensiallar deb atadi. Muallif yetti xildagi potensiallar o’zaro farqlashni ta’kidlab o’tgandir;
insonning hisoblash qobiliyatini ko’rsatgichi,
og’zaki so’zni ixcham ifodalashning ko’rsatkich nutq yordami bilan tez o’qish hodisasini egalaganligi,
og’zaki ma’lumotlarni to’la idrok qilish yoki idrok qilmagan so’zlarni tushunish yoki anglash,
fazoviy operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati yoki shaxsning chamalash qobiliyatlari o’quvchanligi,
xotiraning mustahkamlash yoki uning barqarorligi,
fikrlashga mulohaza yuritishga qobiliyatlilik,
shaxs idrok qilishning tezligi yoki uning sur’ati.
Fransuz psixologi T.Ribo idrok ko’nikmasini kengayishi bilimlarning ko’payishi diqqatni bir vaqtning o’zida bir necha obe’ktga qarata olish inson ijodiy tafakkuri taraqqiyotga olib keladi va uch bosqichdan iborat bo’lishi mumkin ekanligini ta’kidlaydi:
shaxs imitatsiyasi yoki uning tashqi taqlidi,
inson identifikatsiyasi bolaning bilimlarini o’ziga singdirish jarayoni uning shaxsiy fazilatlari va xususiyatlarini o’zlashtirib borishi va boshqalar,
refleksiya inson o’zini o’zi anglash hamda bo’lg’usi faoliyatini amalga oshirish muayyan rejalar tuzish ularni maqsadga muvofiq va faoliyatga tadbiq etish imkoniyatlarini tug’ilishi kabilar uchinchi tipida topshiriqni taxlil qilishni rejali tarzda o’tkazish nazarda tutilib uni to’g’ri bajarish shart –sharoitlari ajratib ko’rsatiladi.
Uchinchi tipidan foydalanib ish yuritilganda ijodiy harakatlar xatosiz yangi sharoitga ko’chiriladi.
Ijodiy harakatlarni bosqichma - bosqich shakllantirish nazariyasiga binoan oriyentirlash asosining tiplarini bola topshiriqni bajarishdan oldin amalaga oshiriladi. Bolada bevosita topshiriqni bajarish bosqichi boshlandi. Nutq vositasida mulohaza yuritish bosqichi boshlandi. Nutq vositasida muloxaza yuritish moddiy harakatning in’ikosi tariqasida namoyon bo’ladi. Ijodiy harakatlarning keyingi bosqichida ovoz chiqarib mulohaza yuritish ichki (rejaga) ko’chishidan iboratdir. Nihoyat ijodiy harakatlarning oxirgi bosqichi ichki nutq vositasi bilan o’zi uchun
«dilda» harakat qilish bilan tavsiflanadi. Oxirgi bosqich mulohaza yuritishning yig’iqligi bilan boshqa bosqichlardan keskin ajratib turadi (rishga kirishdan keyin
harakatning moddiy bosqichi boshlanadi unda o’zlashtirishning zarur bo’lgan bilimlarga taalluqli tasviriy materiallari yoki ularning natural shakli namoyish qilinadi. Navbatdagi bosqichda ijodiy harakatlarni moddiy namunalarga tayanmagan holda ovoz chiqarib mulohaza yuritish.
O’qishga undovchi motivlarni paydo bo’lishiga materiallarni to’la o’zlashtirshga olib keladi. Bolalarning fanlar bo’yicha turli bilimlarni egallab borishi, ijodiy rivojlanishning birinchi bosqichi hisoblanadi. Bilimlar o’z ichiga ilmiy faktlarni qonun va qoidalarni hossa va xususiyatlarni voqea bog’lanishlarni qamrab oladi.
P.YA.Galperinning aqliy harakatlarni bosqichma - bosqich tarkib topish nazariyasi psixologiyada alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur nazariya L.G.Vыgotskiy va A.N. Leont’evlarning g’oyasidan kelib chiqqan bo’lib, inson ontogenezidan rivojlanish jarayonida tashqi harakatlarni asta – sekin ichki ijodiy harakatlarga aylanish jarayoni berilishni nazarda tutiladi. P.YA.Galperin va uning hodimlari tadqiqotlarning ko’rsatishicha dastavval ijodiy xarakatni oriyentirlash asosi aniqlanadi va u uchta tipga ajratiladi. Ijodiy harakatlarini oriyentirlash asosini birinchi tipii mahsulot namunalaridan iborat bo’lib, harakatini qay yo’sinda bajarish to’g’risida yo’llanma berilmaydi.
Sinaluvchi buzib-tuzish yo’li bilan o’zicha harakat qiladi. Ijodiy xarakatlarini oriyentirlash asosining ikkinchi tipida esa berilayotgan material harakatlarini qay usuli bilan aniq bajarish yuzasidan yo’l - yo’riq beriladi. Ijodiy harakatlarning oriyentirlash asosinining harakat dasturi tashkil qiladi.
Sobiq sovet psixologiyasining yirik namoyondasi L.S. Vigotskiy ta’kidlanganidek, «bolaning ijodiy rivojlanishi o’zi orqasidan yetaklab borish kerak. SHu sababli bolalar talabalar ijodiy rivojlantirishi psixologiya fanining dolzarb masalasi hisoblanadi. Ta’lim bolalarni bilimlari bilan qurollantirishdan tashqari uning ijodiy jihatan kamol topishini ham ta’minlashi lozim. Bilim egallash ijodiy rivojlanish tushunchasi o’z ko’lami jihatidan bilimlarni o’zlashtirishdan kengroq ma’noga ega. Bolalarning ijodiy rivojlanishi deganda turli fanlarga doir bilimlarini o’zlashtirish ularning tizimga solish amaliyotda tadbiq etish ta’limiy
usullarini egalash hamda bolalarda yangi shaxs sifatlarini vujudga kelishi nazarda tutiladi. Bilimlarni o’zlashtirish avvalo bolaning o’qishga nisbatan emotsional munosabatiga bog’liq. Uning bilim olishga qiziqishi, chanqoqligi bilan xarakterlanadi.
M.Byuller ijodiy taraqqiyot quyidagi bosqichlardan iborat bo’lishi shart deb hisoblaydi;
sinkritizm tushunchalarini bir-biridan ajratib olmaslik holati,
aglyutinizm maktab yoshiga yaqin bolalarda fantaziyaning kuchayish vaqtini noadekvat noto’g’ri idrok qilish har bir obrazlarni muayyan bo’laklariga binoan bir umumlashishiga yaxlitlash birlashtirish,
xayolot ijodiy xayol yordamida inson o’zi tug’ilib o’sgan vataniga biron bir jihatidan yordam berishi,
real, realizm ya’ni atrof muhitdagi narsa va hodisalarga nisbatan yaqqol tuzilmani yaratish turmush tajribalariga mumkin qadar yaqinlashib kelishidan iborat fikrlashini ko’rishi singari.
Jahon psixologlari to’plagan ilmiy materiallarni umumlashtirib ijodiy tafakkur muammosi tadqiq qilishda quyidagi omillarga qaratish lozim;
ijodiy tafakkurning yosh davri xususiyatlariga bog’liqligi,
jins xususiyatiga va farzand dunyoga kelishi tartibiga aloqadorligi,
millat etnos va xalqqa taalluqliligi,
-oilaning ijtimoiy - iqtisodiy status bilan uyg’unlashuvi.
D.B Elkonin va V.V.Davidov rahbarligi ostida o’tkazilayotgan tajibalar kichik yoshdagi bolalarning ijodiy rivojlanish zaxiralarini o’rganish va bu zahiralarni ishga solish yo’l va vositalarni o’rganishga bag’ishlangan. Ularning fikrlariga qaraganda maxsus tashkil etilgan ta’lim tizimi natijasida bolalarni abstrakt fikr yuritish darajasi yanada ko’tarilishi mumkin. Tajribalarda nazariy va umumlashtiruvchi xarakterdagi bilimlarning berilishi bolalarga umumiy qonuniyatlardan aniq ko’rinishlarga o’tish imkoniyatini yaratmoqda ya’ni umumiy hollardan xususiy holatlarga o’tish amalga oshirilmoqda.
N.A.Menchinskaya metodiga binoan matematika fanidan kichik yoshdagi bolalarning ijodiy taraqqiyotining aniqlash jarayonida ularning mavjud bilim fondini bilimlarni amalga qo’llash darajasini hamda mantiqiy fikr yuritish holatini belgilashga harakat qiladi. Muallif shu asnoda o’zlashtirish sura’tiga konkret va abstrakt tafakkurning jins aloqasiga analitik – sintetik faoliyat bosqichiga ahamiyat beradi. Bundan tashqari, tadqiqotchi uchun eng muhim o’quvchilar fikrini xususiydan umumiy mulohazaga almashtirish imkoniyati hisoblanadi. CHunki bu siz ijodiy taraqqiyot darajasi to’g’risida fikr yuritish maqsadida muvofiq emas.
Yirik rus psixologlaridan biri ye.N.Kabanova – Myuller bolalar ijodiy taraqqiyotini ta’limiy usullari o’quv ko’nikma malaka va ijodiy faoliyatining yangi sharoitga fanlararo qo’llanishga ko’chishda ularda tarkib topgan ko’nikma, malaka, usul va ijodiy faoliyat shaxsining o’z ijodiy faoliyatini bevosita idora qilishga boshqarishga o’tishda tashqi ta’sir natijasida sinaluvchilarning bilimiga qiziqishi faoliyati qay darajada ekanligini aniqlashda deb talqin qiladi. Bundan tashqari, ye.N.Kabanova Myuller bolalar ijodiy taraqqiyotini silliqlashtirish va bilimlarni
«tenglashtirish» metodini ham ishlab chiqadi. Mazkur nazariya bolalardagi mavjud kamchiliklar va tafovutlarni kamaytirishga yordam beradi. Mazkur yo’l bilan ta’sir o’tkazish bolalar bajarishi zarur bo’lgan topshiriqlarni ularning serqirra faoliyati funksiyasiga aylantirib yuboradi.
T.V.Kudryavsev nazariyasi bo’yicha muammoli vaziyatni umumiy holda tushinib yetish uni tahlil qilish asosida ma’lum ifodaga keltirish ilmiy farazni yaratish vaziyatini isbotlash uni bosqichma -bosqich tekshirib chiqish hamda muammoni yechishning to’g’rilashni aniqlash maqsadida tekshirish jarayonlarini o’z ichiga oladi. Ushbu metodikani soddalashtirish orqali ishlatilsa turli yoshdagi odamlarning ijodiy taraqqiyoti darajasini aniqlash imkoniyati tug’iladi, lekin bu holatning barchasi muammoli vaziyat deb atalaveradi.
Atoqli psixolog Jan Piaje (1896-1980) murakkab ijodiy tafakkur muammosiga bag’ishlangan nazariyalarni ishlab chiqdi. J.Piajening ijodiy tafakkur nazariyasi ikkita muhim jihatga ajratilgan bo’lib, ijodiy tafakkur funksiyalari hamda ijodiy tafakkurning davrlari ta’limotlarini o’z ichiga qamrab oladi. Ijodiy
tafakkurning asosiy funksiyalari qatoriga uyushqoqlik tartiblik va adaptatsiya moslashish kiritib ular ijodiy tafakkurning funksional invariatsionligi deb yuritiladi. Ijodiy tafakkur faoliyatining tartibliligi deganda sub’ektning ijodiy faollik ko’rsatish jarayonida yaxlit holatning va unga kiruvchi boshqa elementlarning shuningdek ularning barchasi o’zaro munosabatlarini ajrata olish tushuniladi.
Ijodiy tafakkurning adaptatsiyasi o’z navbatini assimilatsiya va akkomadatsiya jarayonlaridan tuziladi. Ushbu nazariyaga binoan assimilatsiya deganda idrok qilish (anglash) mumkin bo’lgan ob’ekt to’g’risidagi tavsifnomalarni tiklash anglashiladi. Akkomadatsiya bu bilishga intiluvchi sube’ktning moddiy borliqning talabalarga moslashish jarayonidir. Anglash mumkin bo’lgan obe’ktning individ tomonidan yaxlit yoki ayrim tavsifnomasini idrok yuz berishi bilan mazkur jarayon yakunlanmaydi boshqa sub’ektning o’zi yakunlanmaydi boshqa sube’ktning o’zi ham bilish faoliyatini ortib borishi natijasida o’zgarib boradi.
Ijodiy tafakkur hukm surishinng muhim jihatlarini yoritishda J.Piaje
«sxema» terminidan ko’pincha foydalaniladi. Uning nuqtai nazaricha sxema bu bilish tuzilishidan iborat bo’lib bir – biriga o’xshash hatti - harakatlar xususiyati bilan aloqani ifodalashdir.
J.Piaje ijodiy tafakkur taraqqiyotining ichki qonuniyatlarini ochish maqsadida assimilatsiya va akkmadatsiya muvozanati masalasini o’rganadi. O’zaro munosabatini muvozanatga keltirish goh ratsional, gohi irrotsional natijalar berish ko’rsatib o’tiladi. Muvozanat ta’lim jarayonida ko’tarilish yoki tushishi qayd etiladi.
J.Piaje ijodiy nazariyasining ikkinchi ta’limoti «ijodiy tafakkur davrlar»i deb yuritiladi. Muallif ijodiy tafakkurni quyidagi rivojlanish pallasiga ajratadi.
Sensomator ijodiy tafakkuri(tug’ilgandan to 2 yoshgacha)
Konkret operatsiyalari davri (7-8 yoshlardan 11-12yoshgacha)
Formal rasmiy operatsiyalar davri.
Uning fikriga ko’ra, ijodiy tafakkurning o’sishi bolada nutq paydo bo’lishidan ilgari boshlanadi. Ijodiy tafakkurning kurtagi bolaning dastlabki tartibsiz hatti - harakatlarida o’z ifodasini topadi. Keyinchalik maqsadga yo’naltirilgan harakatlar aktinii amalga oshirish natijasida va taxlil qilish yordamida ijodiy tafakkurning genetik ildizini o’rganish uchun muhim imkoniyatlar yaratiladi.
Ijodiy tafakkurning o’sishi inson operatsiyalar tizimi bilan qurollanishdan iborat ekanligi aytib o’tiladi. Ijodiy tafakkurning taraqqiyot pallasida ijodiy harakatlar yig’iq holda bo’ladi. SHuning bilan birga J.Piaje fikriga ko’ra ijodiy tafakkur davrlarining o’zaro o’rin almashishi tafakkur o’sishini bildiradi. Davrlarning ketma – ketligi va o’sishining ichki qonuniyatlarini ifodalaydi.
J.Piajening ijodiy ta’limoti ahamiyatga ega bo’lib unda obe’ktiv «Klinik metod» qo’llanilgan ijodiy tafakkurning genetik ildizi ochib berilgan. Ijodiy tafakkur bilan predmetlar o’rtasida xususiyatlar yoritilgan ijodiy faoliyatda sub’ektning o’zgarib borishi empirik nazariy ma’lumotlar bilan isbotlab berilgan.
N.S.Leytesning tadqiqotida avvalo aql sifatlarini o’z ichiga oluvchi umumiy ijodiy qobiliyatlar odamning nazariy bilim va amaliy faoliyat imkoniyatlarni tavsiflab beradi deb ta’kidlagan.
Inson ijodiy tafakkuri uchun eng muhim narsa shuki atrofimizni o’rab olgan va olamdagi narsa- hodisalar o’rtasidagi bog’lanish va munosabatlarni aks ettirish hamda shu bilan voqelikni ijodiy ravishda qayta o’zgartirish imkonini beradi. N.S.Leytesning ko’rsatib o’tishiga qaraganda oliy nerv faoliyatni xususiyatlarida faollik va o’z-o’zini tartibga solishning ayrim shart-sharoitlari yashiringan bo’lib, bular umumiy ijodiy qobiliyatlarini tarkib toptirishning muhim ichki shartlaridan iboratdir.
YU.A.Samarin ijodiy faoliyatining assotiativ tabiatini sistemalilik tamoyili asosida tekshirar ekan assotsiatsiyalarning tegishli darajaga birlashishi xarakteriga qarab ijodiy faoliyati darajalarini klassifikatsiya qilib chiqadi.
M.A.Menchinskaya o’zining bir guruh xodimlari bilan birga ijodiy taraqqiyot muammosini samarali tadqiq qilib chiqqan. Bu tadqiqotlar
D.N.Bogoyavlenskaya va M.A.Menchinskayalar tomonidan tavsiflab berilgan qoidaga ya’ni ijodiy taraqqiyot hodisalarining ikki kategoriyasi bilan bog’liqligi haqidagi qoidaga asoslanadi.
Birinchidan bilimlar fondi to’plangan bo’lishi lozim, bunga P. P.Blonskiy e’tiborni jalb qilgan edi va quyidagilarni ta’kidlaydi. «Qup-quruq bosh fikr yuritmaydi. U bosh qancha ko’p tajriba va bilimga ega bo’lsa u shu qadar ko’proq fikrlashga qodir bo’ladi» deb o’tilgan. Uning fikricha ijodiy rivojlanish qo’yidagi ko’rsatkich bilan belgilanadi;
taffakurning mustaqilligi bilan
o’quv materiallarining o’zlashtirishning tezligi va mustahkamliligi bilan
o’rganib chiqilayotgan hodisalarning mohiyatiga chuqur kirib borish bilan Aqlning tanqidiy qarashi balandparvoz mulohazalarga moyillikning yo’qligi
bilan tavsiflanadi.
N.A. Menchinskaya shu munosabat bilan fikrlash faoliyatini shunday xususiyatlarni chunonchi;
o’zlashtirishning tezligi yoki sustligi,
fikrlash jarayonining puxtaligi ya’ni ishni qayta ko’rishni topshiriqlarning o’zgargan sharoitiga moslashishning osonligi yoki qiyinligi,
tafakkurdagi ko’rgazmali va mavhum komplekslarning mustahkamlash bog’lashini,
analitik sintetik faoliyatning turli darajasini qarab chiqadi.
AQSH psixologiyasida taraqqiyotni tadqiqot qilish uning tashqi alomatlari va bilimlarni bayon qilish bilan boshlanagan bo’lsada, lekin keyinchalik u o’zining ustivor maqsadini ro’yobga chiqarish yo’nalishga kirib olish imkoniyatiga erishdi. Ana shu boisdan u jahon psixologiyasida yuksak nufuz qozona oldi. Ilg’or g’oyalari bilan taraqqiyparvar yo’nalishga sodiq ekanligini erkparvar xalqlarga namoyish eta bildi va tub ma’noda ilmiy negizga asoslanganligini dalilladi. Psixologiyaning mazkur saxifasida S.Xoll, L.Termin, A.Gezell kabi allomalar ta’limotlarining asoslariga bevosita suyanuvchi muayyan qoidaviy milliy an’analar
mezoni xususiyatini kasb etuvchi manbalar paydo bo’ldi. S.Xollning rahbarligida va uning bevosita ta’sir metodi yordami bilan bolalar o’spirinlar keksa yoshdagilar psixologik rivojlanishi to’g’risida katta hajmdagi ilmiy empirik materiallar to’playdi. Biroq olingan materiallarning qiymati yetarli darajada yuqori emas edi. CHunki tadqiqot metodining o’zi sub’ektiv xususiyatga moyil haqqoniy holatning ochishi imkoniyatidan mahrumdir. Ma’lum varaqaning qaysi ko’rinishi va turidan foydalanganligidan qat’iy nazar insonning murakkab ruhiy kechinmalari, xususiyatlari yuzasidan ishonchli ma’lumotlar yig’ish va ularni tahlil qilish ilmiy xulosalarga kelish mumkin emas. SHunga qaramasdan S.Xollning rekaplutatsiya nazariyasi psixikaning ontogeneziga bag’ishlangan dastlabki ilmiy yondashish bo’lganligi sababli shu fursatdan keng ko’lamda ommaviylashib ketishiga ulgurdi. A.Terminning AQSHda «tez harakatlari»ning ilhomchisi sifatida yetila bordi, natija bolalarning ijodiy qobiliyatlarini tadqiqot qilish va o’qitishning turli metodlari samaradorligini o’lchash ishlari boshlab yuborildi. Muallif tomonidan ijodiy (ijodiy) testlarni ishlab chiqish boshlab yuborildi va muayyan tamoyillarga asoslangan tizimi yaratildi. SHu bilan birga maqsadga erishuv testlariga asos solindi. Bu yo’nalishdagi izlanishning muhim yutuqlari quyidagi sanalar va ma’lumotlarda o’z ifodasini topdi.
1918 yilda Stenford – Bine nomi bilan yuritiluvchi metodika tafakkurni o’rganishning yangi shkalasi sifatida dunyoga keldi.
Mazkur shkalasi Amerika sharoitiga moslashtirish uchun Termin tomonidan bolalar tekshirib chiqildi.
1937 va 1960 yillar mobaynida mazkur shkalaning yangi tahrirlari amalga oshirildi.
AQSH psixologi D.Veksler tomonidan 1949 yilda yaratilgan intellektni o’lchashning yangi mezoni nafaqat bolalarga balki voyaga yetgan odamlarga ham moslashtirildi.
O’tkazilgan ilmiy tekshirishlar oldiga quyilgan vazifalar umumiy bo’lib ular ikkita maqsadni amalga oshirishga mo’ljallangandir.
inson qobiliyatini ommalashtirishda to’g’ri taqsimlashning egri chizig’i,
o’zaro munosabatlar, bog’liqliklar ta’sir ko’rsatish, korrelyatsiyasini aniqlash xususiyatlari va boshqalar.
AQSH tadqiqotchilari ijodiy tafakkur mezonlarining yosh xususiyatiga jinsga bolani tug’ilishi tartibiga uning irqiga oilaning ijtimoiy - iqtisodiy mavqeiga, ota-onaning ma’lumotiga bog’liqligini o’rganishga intilganlar. YAngidan yangi testlarni yaratilishining turtkisi vazifasini klinik psixologiya motivatsiyasining ahamiyati, shaxs xususiyatlarining bilimlarini o’zlashtirishga ta’siri test savollarining qo’yilishi va ularning bola tomonidan tushunilishi, test natijalaridan qoniqish va samaradorlik omillarini bajaradi. Bularning barchasi proyektiv testlar TAT (tematik operatsion testi) Rorshax testi, Qo’g’irchoq o’yinlari tizimining paydo bo’lishiga muhim negiz yaratdi. Ayniqsa A.Gezellning to 1961 yilgacha o’tkazgan ilmiy tadqiqotlari o’zining serqirraligi bilan muhim hissa bo’lib qo’shildi. Uning vafotidan keyin ushbu tadqiqot markazi «bola rivojlanishining Gezell instituti» deb nomlanadi.
A.Gezell rahbarligida olib borilgan ilmiy ishlar qo’yidagi yo’nalishlarga aloqadordir;
odamlar xarakatining faolligini mo’’tadil va qusurli holatlarining qiyosiy tavsifi va tahlili ,
bola ijtimoiy muloqotga moslashish hatti-harakatlarining xususiyatlari.
A. Gezellning tadqiqot markazida odamlarni kundalang va longityud metodlardan foydalangan holda tekshirish va o’rgatish yo’lga quyilgan.
Birinchidan, tekshiriluvchilarning tug’ilganidan tortib to o’spirinlik davrigacha muddat oralig’idan psixologik rivojlanishi o’rganilgan, ikkinchidan bir xil va ikki xil jinsni egizaklar tekshirilgan, uchinchidan jismoniy yetilish bilan ijodiy rivojlanish o’rtasidagi munosabat va o’zaro bog’liqlik tadqiq qilingan to’rtinchidan hissiy tarbiyada ko’zi ojiz bolalarning psixologik jihatidan rivojlanishi aniqlangan beshinchidan barcha tajribalar izlanishlar knetik jarayon va
sharoitda amalga oshirilgan oltinchidan tajribalarda ko’ndalang keskin metodi ham unumli qo’lanilgan.
XX asrning 60-yillarida bolalarning ijodiy tafakkurga bag’ishlanshgan qator tadqiqot ishlari o’tkazildi. Ular ichida D.J. Gilford va E.Torrens tomonidan olib borilgan tajribalar alohida ahamiyat kasb etadi. Ular o’zlarining izlanishlariga asos qilib P.Terminning «iste’dod va ijodiy tafakkurning yuksak ko’rstagichi» nazariyasini tanlagan edilar. Mualliflar ijodiy tafakkur ko’rsatgichi bilan iste’dod o’rtasidagi tafovutlar ularning o’ziga xosligi yuzasidan tajribalar o’tkazilib muhim ahamiyatga molik ma’lumotlar to’pladilar. Olingan natijalarning tahliliga ko’ra iste’dodli bolalarning ijodiy tafakkurning ko’rsatgichi yuqori ijodiy tafakkur darajasi yuksak odamlar esa iste’dodli bo’lishi shart emasligi isbotlangan. D.J.Gilford tafakkurning konvergent va divergent turlarini ijodiy kreativ yondashish nuqtai nazaridan o’rganib ularning inson taraqqiyotidagi rolini ko’rsatib beradi.
Ana shu ilmiy izlanishlar ijodiy tafakkur testlari yuzaga chiqadi va ular tadqiqot vositasining sarasi qatorida munosib joy egallaydi. E.Torrens va uning shogirdlari tomonidan to’plangan ma’lumotlarning ko’rsatishicha ijodiy qobiliyat bilan ijodiy tafakkur koeffitsenti o’rtasidagi munosabat yagona shunday ko’rinishni vujudga keltiradi. Iste’dodoli odamlarning ijodiy qobiliyati yuksak bo’lishiga qaramasdan ularning yetmish foizidan ijodiy tafakkur ko’rsatgichi quyi darajadadir. Ijodiy qobiliyatning barqarorligini insonning ma’lumotlilik darajasiga ijodiy tafakkurni o’lchash metodiga bog’liq emasligiga asoslanadi. Ijodiy tafakkurning ijodiy qobiliyat bilan munosabatini tekshirishi yordamida iste’dodli odamlarning shaxsiy xarakteriologik xususiyatlari aniqlangan unda sinaluvchiga bevosita ta’sir etuvchi muhitning omillari (jinsiy rivojlanishi) ijtimoiy va madaniy omillari ochib berilgan. Tadqiqotchilar ijodiylik va uning ko’rsatkichlarini izchil ravishda tekshirish uchun avval 4 va 5 yil oralig’ida keyinchalik esa 9 va 13,17 yil vaqt o’tkazib tajribalar o’tkazganlar buning natijasida ijtimoiy va biologik omillarning o’zgarishi ko’tarilishi yoki pasayishiga oid ma’lumotlar to’plaganlar. Ijodiylik (kreativ) ko’rsatkichlari quyi dalillarga bog’liq ekanligini aniqlanadi.
Muvofiqligiga erishish uchun yo’naltirishga.
Xatti-harakatda odatiy malakalarga stereotiplarga kelishuvchanlikka asoslanishga.
Sinaluvchilar tomonidan savollar berishdan qo’rqishga.
Jinsiy tafovutlardagi irsiy alomatlarini qayta baholashga.
Ijodiylikning rivojini sekinlashtiruvchi faoliyatlar ayniqsa, jiddiy faoliyat o’yin ko’ngil ochish turlarini o’zaro qarama - qarshi qo’yilgan.
Zukkolik javoblari va teran mulohazalarni mukofotlashga.
Tajribada sinaluvchilar o’rtasida musobaqa uyushtirishga.
Ijodiylikni uyushtiruvchi yo’l va vositalardan foydalanishga.
Ijodiy tafakkurni mashqlantirish, treninglarga shuningdek aqlni tanlash mashqlariga va hokazo.
E.Torrens Terminning ilmiy qarashlariga qo’shimcha sifatida iste’dod bilan shaxsning ijodiy tafakkur genezisi o’rtasidagi bog’liqlik jarayonini kiritadi: qat’iyatlilik maqsadga yo’nalganlik o’z kuchiga ishonch, munosabatli kechinmalarga beriluvchanlik, dilkashlik, do’stonalik, qalbdan intiluvchanlik va boshqalar E.Torrensning fikricha iste’dodli odamlar o’zlarining mana bunday xususiyatlari bilan ajratib turadilar:
o’zini o’zi anglashning yorqin namoyon bo’lishi,
tashqi qo’zg’aluvchilarga reaktivligi,
-konformizmga begonalik va bog’liqlik bo’la olmasligi,
hissiy barqonuniylik shijoatga berilmaslik.
YUqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, shaxs ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarni takomillashishida ma’lum o’xshashlik va bog’liqlik mavjud.
Xorij psixologlari tomonidan shaxsning ijodiy tafakkur masalalarining o’rganuvchi mezonlari ko’rsatib o’tiladi. Bu muammoni turli tomonlariga e’tiborini qaratishni talab qiladi.