Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti



Yüklə 4,82 Mb.
səhifə3/277
tarix25.12.2023
ölçüsü4,82 Mb.
#196205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   277
Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat

Fanni ishlab chiqarishdagi o’rni
Sanoat korxonasi bozor sharoitida xo’jalik yuritishning muhim bo’g’ini bo’lganligi tufayli uning faoliyatida ishlab chiqarish quvvati, asosiy va aylanma mablag’lardan samarali foydalanish, mehnat resursi va unumdorligi, mahsulot (ish, xizmat) tannarxi, biznes-reja, iqtisodiy samaradorlik va xavfsizlik darajalarini oqilona yuritish taqozo etiladi.
Bunday sharoitlarda sanoat iqtisodiyotiga uni zamonaviy menejment uslub va usullari
orqali malakali boshqarilishiga alohida talablar qo’yiladi. Shuning uchun ushbu fan muhim
umumkasbiy fan hisoblanadi.


Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
O’quv jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o’qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va mul’timedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.
“Soha iqtisodiyoti va menejmenti” kursini o’tishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.

Yüklə 4,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   277




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin