Navoiy kon-metallurgiya kombinati



Yüklə 452,15 Kb.
səhifə33/50
tarix28.12.2022
ölçüsü452,15 Kb.
#78086
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50
Navoiy kon-metallurgiya kombinati

Nazorat savollari:

  1. Jahon pedagogikasi tarixida ta’lim-tarbiya haqida mutaffakkir olimlarning hissasi haqida gapiring?

  2. Ta’lim metodlari deganda nimani tushunasiz?

  3. Ta’lim shakllari bir-biridan qanday farq qiladi?

  4. Didaktik ta’lim nazariyasi deganda nimani tushunasiz?


5-6-7-mavzu. O’qitishning shakli va vositalari. Pedagogik texnologiyalar
Reja:

    1. O‘qitishning metod va tamoyillari.

    2. O‘qitishning shakli va vositalari.

    3. Dars berish shakllari va vazifalari.

    4. O‘qitishning qonun va qonuniyatlari.

    5. Pedagogik texnologiyaning mohiyati va unga qo‘yilgan talablar.

    6. Muammoli ta’limning psixologik-pedagogik maqsadlari va ularni muvaffaqiyatli amalga oshirish shart-sharoitlari.


1.O‘qitishning metod va tamoyillari. «Metod» so’zining yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo’li» kabi ma’nolarni anglatadi. Filosofiya lug’atida ushbu tushuncha umumiy tarzda «maqsadga erishish usullari»deya sharhlangan.
«Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo’nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo’ladi. Mazkur loyiha amaliyotga o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining o’zaro tutashuvi, o’qitish va o’qishga haratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo’lmaydi, buning boisi ta’lim metodi o’zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi»
Qayd etilayotgan tushuncha mohiyatini to’laqonli yorituvchi ta’rifni aniqlashga bo’lgan urinish bugun ham davom etyapti, yangi-yangi ta’riflar ilgari surilmoqda. Biroq, «ta’lim metodi» tushunchasi mohiyatini yoritishga nisbatan turlicha harashlarning mavjudligiga haramay, ularni o’zaro yaqinlashtiruvchi umumiylik mavjud. Aksariyat mualliflar «ta’lim metodlari o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari» degan harashga yon bosadilar. Demak, ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo’llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmuidir.
Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta’lim mazmunini o’zlashtirish yo’llari ifoda etiladi, o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi.
Metod, bir tomondan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon bo’lsa,
boshqa tomondan, boshhariluvchan o’qish faoliyatini amalga oshirish sharti hisoblanadi.
Ta’lim metodlari doimo u yoki bu o’qish vositalari yordamida joriy etiladi, shu bois ularning o’zaro shartlanganligini ta’kidlash joiz.
Tabiiyki, umumiy holda erishilgan natija har doim ham o’qituvchining dars boshida belgilagan maqsadiga mos kelavermaydi. Ta’lim maqsadi o’qituvchi va o’quvchilar faoliyati asosida, shuningdek, ta’lim vositalari yordamida natijalanadi, ushbu jarayonda aniq maqsadga yo’naltirilgan mexanizm ishga tushadi. Ta’lim tizimlari maqsadga erishish jarayonida bosh xalqa aynan qanday va qaysi mexanizm asosida hamda mavjud tarkibiy unsurlarni qanday ishga solish mumkinligini ifodalashga xizmat qiladi.
«Ta’lim metodi» atamasi bilan birga ko’p hollarda «metodik usul» (sinonimlari – pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi ham qo’llaniladi. U ta’lim metodining tarkibiy qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida qadam sifatida ta’riflanadi. Har bir ta’lim metodi muayyan ta’lim usullarini chog’ishtirish orqali joriy etiladi. Metodik usullarni xilmaxilligi ularni tasniflashga imkon bermaydi, biroq o’qituvchi faoliyatida tez-tez qo’llaniladigan usullarni ajratib ko’rsatish mumkin:
Har bir metod ma’lum ta’limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etish, qolganlari esa birmuncha samarasiz bo’lishi mumkin. Universal ta’lim metodlari mavjud emas, shu bois darsda turli ta’lim metodlaridan yoki ularning majmuasidan foydalanish mumkin.
Ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlari asosida aniqlanadi:
-didaktik maqsad asosida;
-ta’lim mazmuni asosida;
-o’quvchilarning o’quv ko’nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi asosida; -o’qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida.
Ta’lim metodlarini tanlash muammosi uzoq davrdan buyon tadqiq qilib kelinmoqda. Biroq tadqiqotlar soni ko’p bo’lsada, bu borada yagona to’xtamgan kelinmagan. Ushbu o’rinda ta’lim amaliyotida qo’llanilib kelayotgan metodlar tizimi (tasnifi)ga to’xtalib o’tamiz. Pedagogik fanlarni o'qitish metodlari tasnifi.
Ta’lim metodlarining tasnifi asosiy didaktik maqsadlar bo’yicha tizimlashtiriladi
Materialni og’zaki bayon qilish (hikoya, tushuntirish, maktab ma’ruzasi). O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish o’qituvchining tushuntirishini faol qabul qilish va puxta o’ylash evaziga amalga oshiriladi. Bilimlarni uzatish vositasi sifatida o’qituvchi nutqi muhim ahamiyatga ega. Bu o’rinda o’qituvchining o’quvchilar faoliyatiga rahbarligi mavzuni qo’yish, rejani e’lon qilish, o’quvchilar faoliyatini boshharishdan iborat bo’ladi.
Suhbat. O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish jarayoni: ular e’tiboriga havola etilayotgan savolning mohiyatini anglash, mavjud bilimlar va tajribani safarbar qilish, savolga oid ob’ektlarni o’zaro taqqoslash, puxta o’ylash va savollarga to’g’ri javob tayyorlashdan iborat.
O’qituvchining rahbarligi: mavzuni qo’yish, savollarni ifodalash, berilgan javoblarni tuzatish, to’ldirish va umumlashtirish kabi holatlarda namoyon bo’ladi.
Suhbat metodi yordamida bilimlarni o’zlashtirishda o’quvchilar mavjud bilimlari va
tajribalariga tayanadilar.
Darslik (umuman, kitob) bilan ishlash (umumlashma va xulosalarni anglash, ularni xotirada saqlashga xizmat qiladi).
Bilimlarni o’zlashtirish manbai bo’lib bosma matn xizmai qiladi. O’qituvchining rahbarligi esa topshiriqni ifodalash, faoliyat maqsadini belgilash, o’quvchilarga darslik bilan ishlashning yangi usullarini o’rgatish, o’zlashtirilgan bilimlarning tushunilish va mustahkamlik darajasini tekshirish kabi ko’rinishlarda aks etadi.
O’qituvchilarning kuzatuvi (sinfda va sinfdan tashhari (shu jumladan, sayohat va ekskursiyalar) jarayonlarda).
O’quvchilarning o’quv predmetlari bo’yicha o’zlashtirish holati va hodisalarni kuzata borib, turli fan o’qituvchilarining ko’rsatmalari bo’yicha ularni qismlarga taqsimlab har bir o’quvchining o’ziga xos, o’xshash va muhim jihatlarini aniqlashga yo’naltiriladi.
Bilimlarni o’zlashtirish manbai bo’lib muayyan predmet (yoki jarayon), tajriba, model, xaritalar xizmat qiladi. O’qituvchining rahbarligi kuzatish vazifasini belgilash, uni ma’lum shaxs zimmasiga yuklash, ob’ektni belgilash, umumiy rahbarlikni olib borish, qismlarga ajratish, asosiylarini aniqlash va umumlashtirishdan iboratdir.
Laboratoriya ishlari. Mazkur jarayonda aniq vazifa, ya’ni, ma’lum sharoitda muayyan hodisalarni kuzatish yuklanadi. O’quvchilar hodisalarni kechish jarayonini kuzatadilar va tahlil qiladilar.
Bilimlar manbai kuzatilayotgan hodisalar va ularning kechish jarayonidir. O’qituvchi vazifa mohiyatini ifodalaydi, o’quvchilarni nazariy bilimlar bilan qurollantiradi, umumiy jarayon va bosqichlarni kuzatish yo’llari hamda yakuniy xulosa chiharishni o’rgatadi.
Mashq (aqliy va faoliyatli mashqlar). O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish
jarayonining o’ziga xosligi, nazariy asoslar o’zlashtirilgach, ayrim materiallardagi o’xshash harakatlarning ko’p bora takrorlanishi kuzatiladi.
Bilimlar manbai: o’zlashtirilgan bilimlar va xususiy tajriba sanaladi. O’qituvchi mashqni bajarish uchun joy hamda vaqtni belgilaydi, topshiriqni ifodalaydi, uni bajarish bosqichlarining borishini nazorat qiladi, boshharadi, shuningdek, yakuniy natijalarni tekshiradi.
Ijodiy mashq. Ushbu metod o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, o’ziga xoslik masalaning mohiyatini chuqur anglash, uni bajarishga nisbatan mustaqil yondashish, dalillarni saralash va o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni ijodiy bajarish jarayonida bilimlarni qo’llash va kengaytirish kabi holatlar bilan tavsiflanadi.
Bilimlar manbai va materiali sifatida avval egallangan ijodiy ishlar tajribasi, mavjud bilimlar, kuzatuvlar, shaxsiy tajriba, o’qilgan hikoya, ijtimoiy-foydali ishlarni boshharish kabilar qayd etiladi. O’qituvchining rahbarligi: nazariy materiallarni o’zlashtirilishini ta’minlash, mavzuni ifodalash, ijodiy ishlar xarakterini belgilash, ularning bajarilishini nazorat va tahlil qilish, sintezlash, xatoni ko’rsatish hamda to’g’rilashdan kabi holatlarda namoyon bo’ladi.
Izohli-tasvirli ta’lim metodlari (boshqa nomlanishi axborotli-reptseptsiya)ning mohiyati:
odatda nazariy bilimlar tayyor holda uzatiladi, o’quvchilar esa ularni qabul qiladilar (reptseptsiya). Bu yo’lda turli ta’lim vositalari (shu jumladan, ko’rgazmali vositalar)dan foydalaniladi. O’qituvchi faoliyati bunda nafaqat axborotlarni uzatish, balki ularning o’quvchilar tomonidan qabul qilinishini ham tashkil etishdan iborat bo’ladi.
Izohli-tasvirli metoddan ta’lim jarayorida foydalanishda quyidagi holatlar
yuzaga keladi:

O’qituvchi faoliyatining tuzilmasi

O’quvchi faoliyatining tuzilmasi

Tushuntirish;
Harakatni ko’rsatish;
Dalillardan xabardor qilish;
o’quvchining materialni anglab
yetishini rag’batlantirishga yo’naltiruvchi
usullar; turli didaktik materiallardan foydalanish

axborotlarni qabul qilish; o’quv materialini tushunib olishga
intilish va dastlabki ma’lumotlarni yodda saqlash; o’quv materialini tushunish

Reproduktiv ta’lim metodlari yuqorida keltirilgan metodlardan quyidagi unsurlarning mavjudligi bilan farqlanadi: o’qituvchining bilimlarni tushuntirishi, ularni o’quvchilarning yodida saqlanishini ta’minlashi va qayta ishlab chiqishi (reproduktsiya). O’zlashtirilgan bilimlarning mustahkam bo’lishiga ularni ko’a marta takrorlash evaziga erishiladi. Mazkur metod ta’limning barcha bosqichlari, asosan, boshlang’ich sinflarda o’qish va yozish, arifmetik harakatlarni amalga oshirish ko’nikmalarini o’zlashtirishda muhim o’rin tutadi.
Reproduktiv metoddan foydalanishda o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan quyidagi
harakatlar tashkil etiladi:

O’qituvchi faoliyatining tuzilmasi

O’quvchi faoliyatining tuzilmasi

avval o’zlashtirilgan mavzu, paragraf
yoki bob bo’yicha so’rov;
o’quvchilar uchun turli mashqlarni
saralash va taklif qilish;
masalalarni yechishdagi o’quv
harakatlarining namunasi va algoritmini namoyish qilish;
-o’quv harakatlari ko’nikmasi va
malakasini shakllantirish

turli konteksda bilimlarni qayta
ishlash;
namuna bo’yicha topshiriqlarni
bajarish;
mashqlarni bajarish;
namunaviy masalalarni yechish
usullarini egallash; namunaviy masalalarni yechish
algortmini egallash

Evristik ta’lim metodini qo’llashda o’qituvchi tomonidan turli vositalar yordamida yangi bilimlarni izlab topish talab etiladi. O’qituvchi bilimlarning bir qismini o’quvchilarga ma’lum qiladi, qolganini esa o’quvchilar bilish topshiriqlarini yechish jarayonida savollarga javoblar topish asosida o’zlashtiradi, o’zlari bilimlarni mustaqil egallashadi. O’qituvchi tomonidan qo’yilgan masalani bir necha harashlarga ajratilishi, ularni bajarishda o’quvchilarning ketma-ketlikka rioya etishlari muhim metodik jihat sanaladi. SHu bois mazkur metod qisman izlanuvchan metod ham deb ataladi. Evristik metodni qo’llashda o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

O’qituvchi faoliyatining tuzilmasi

O’quvchi faoliyatining tuzilmasi

o’quvchilarni masalaning mohiyatini
o’rganishga jalb etish;
echim rejasini aniqlashda mulohaza
yuritish namunasini ko’rsatish; masalani bosqichlarga ajratish;
-evristik suhbat

evristik suhbatda qatnashish; masalani yechish rejasini olg’a
surish;
izlanuvchan harakat usullarini
egallash;
masalalar yechish yo’llarini
izlab topish

Muammoli metodning mohiyati mashg’ulotlar jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratish va yechishdan iborat bo’lib, uning asosida didaktik ziddiyatlar yotadi. Ziddiyatlarni bartaraf etish nafaqat ilmiy bilish yo’li shu bilan birga o’quv yo’li hamdir. Bu metodni quyidagi chizma yordamida ifodalash mumkin
Agar o’quvchida qiyinchiliklarni yo’qotish yo’llarini izlab topish uchun boshlang’ich ma’lumotlar bo’lmasa, shubhasiz, muammoli vaziyat yechimini u qabul qilmaydi, ya’ni, muammoning yechimi uning ongida aks etmaydi. Fikrlash muamo mohiyatini tushunib yetilishi, ifodalanishi, mavjud bilim va ko’nikmalar majmuasi va izlanish tajribasi asosida muammoli vaziyatni qabul qilish bilanoq boshlanadi. Bu holda muammoli vaziyat muammoga aylanadi. Har bir muammo muammoli vaziyatni o’zida namoyon etadi, biroq, barcha muammoli vaziyat muammoga aylanavermaydi.
Mazkur metoddan foydalanish jarayonida muammo yechimini topishga yordam beruvchi yo’nalishlar ko’rsatilmaydi va chegaralanmaydi. Bu xususiyat muammoli masalaga xosdir
Ta’lim jarayonida muammoli metodni qo’llashda o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan
quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

O’qituvchi faoliyatining tuzilmasi

O’quvchi faoliyatining tuzilmasi

o’quv materialiga oid tafovutlarni
taklif etilishi;
muammoli vaziyatlarni tuzish; muammoning mavjudligini aniqlab
berish;
- muammoli topshiriqlarni loyihalash

o’quv materiali mohiyatining anglab
yetilishi;
muammoli vaziyat yuzasidan
fikrlash; mavjud bilimlar va tajribani qayta
tiklash;
muammoli masalaga o’tkazish; topshiriqni bajarish

Tadqiqotchilik o’qitish metodini qo’llashda o’qituvchi o’quvchilar bilan hamkorlikda hal etilishi zarur bo’lgan masalani aniqlab oladi, o’quvchilar esa mustaqil ravishda taklif etilgan masalani tadqiq etish jarayonida zaruriy bilimlarni o’zlashtirib oladilar va uning yechimi bo’yicha boshqa vaziyatlar bilan taqqoslaydi.

Yüklə 452,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin