Navoiy kon-metallurgiya kombinati


Muammoli vaziyat,muammo,uning yechimini izlab topish,muammoning yechimi



Yüklə 452,15 Kb.
səhifə41/50
tarix28.12.2022
ölçüsü452,15 Kb.
#78086
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50
Navoiy kon-metallurgiya kombinati

Muammoli vaziyat,muammo,uning yechimini izlab topish,muammoning yechimi.
Muammoli vaziyatlardan aqliy harakat orqali chiqish ketma-ketligi bir qancha bosqichlardan iborat:

  • muammoning vujudga kelishi;

  • qiyinchilik nimadan iboratligini tushunib olish;

  • uning yechimi yo‘llarini qidirib topish, bunda yechim bo‘yicha fikr, takliflarni

keltirish, isbotlash;

  • taxminlarni isbotlash;

  • muammo yehimining to‘g‘riligini tekshirish.

Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda muammoli o‘qitish metodlari juda zarur va kerak. Chunki muammoli ta'lim o‘quvchitalabalarni izlanishga, ijodkorlikka, erkin fikrlashga o‘rgatadi. O‘quvchi-talabalarda bunday sifatlarning shakllanishi, o‘quv-biluv mas'uliyatini oshiradi, mustaqil bilim olish uning kundalik odatiy holatiga aylanadi. Bu esa ta'lim mazmunini, yangi dastur va davlat ta'lim standartlari (DTS)ni o‘zlashtirib olishga kafolat bo‘ladi




O’quvchilarning izlanuvchanligi,qiziqishi,motivlari,mantiqiy kamoloti,zakovatini rivojlantirish

tafakkur,ijodiy

faoliyati,aqliy


Muammoli ta’limning mohiyati - muammoli vaziyatlarni yaratish (tashkil etish) va
ularni o‘quvchi va o‘qituvchi hamkorligida hal etish. Bunda, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi (fikr yuritishi, masalalarni hal etishi, va b.) iloji boricha maksimal darajada bo‘lishi hamda o‘qituvchining faoliyati iloji boricha yo‘naltiruvchi bo‘lishi shart.
Muammo – (yunon. problema – masala) – yechimi talab etiladigan murakkab savol,
masala.
Muammoli ta’lim an’anaviy ta’limdan farqi

Kriteriyalar

An’anaviy ta’lim

Muammoli
ta’lim

O‘qituvchining faoliyati

Tayer bilimlarni yetkazadi: yangi materialni tushuntiradi, tajribalarni namoyish qilib beradi, ularni misollar bilan mustahkamlaydi.

O‘quvchilarning mustaqil ta’limini tashkil etadi, ularning o‘quv faoliyatini boshqaradi; tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

O‘quvchining faoliyati

Uzatilgan ma’lumotlarni qabul qiladi, ularni eslab qoladi, yod oladi, mashq qiladi, gapirib beradi va h.k.

Muammo qo‘yishni o‘rganadi, ularni hal qilish bo‘yicha mustaqil faoliyat olib boradi;
o‘z-o‘zini boshqarish va baholashni amalga oshiradi.

O‘qitish metodlari

Tushuntirish, namoyish qilish

tadqiqotchilik,
faollashtiruvchi metodlar, ta’lim va AK texnologiyalari

O‘qitish natijalari

Tayyor bilimlar

Ijodiy ko‘nikmalar, kompetensiyalar

Muammoli ta’lim texnologiyasini tashkil qilish:



  1. bosqich - muammoli vaziyatni qo‘yish, o‘quvchilarni ushbu muammoni tushunishga yo‘naltirish, ularda muammo bo‘yicha savollar tuzishga undovchi harakatlarni amalga oshirish.

  2. bosqich - pedagogik muammoli vaziyatni psixologik holatga o‘tkazish: savolni qo‘yish – uning javobini topishga qaratilgan faoliyatni boshlanishi, qarama-qarshiliklarning mohiyatini anglash, noaniqliklarni belgilash. Ushbu bosqichda o‘qituvchi qisman yordam ko‘rsatadi, yo‘naltiruvchi savollar beradi, va h.k.

  3. bosqich - muammo yechimini topish, qarama-qarshiliklar hosil qilgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlash. O‘qituvchi yordamida yoki o‘quvchilarning o‘zlari turli gipotezalarni taklif qilishadi va ularni tekshirishadi, qo‘shimcha ma’lumotlardan foydalanish. O‘qituvchi kerakli yordamni ko‘rsatadi.

  4. bosqich - "Aga-reaksiya", yechim g‘oyasining paydo bo‘lishi, yechimga o‘tish, uni amalga oshirish, yangi bilimlarni hosil bo‘lishi.

NAZORAT SAVOLLARI
1.Ta’lim metodlari haqida?
2.Reproduktiv ta’lim metodi haqida ma’lumot bering ?
3.O’qitishning dogmatic shakli?
4.O’qitishning vositalari?
5.Individual ta’lim haqida ma’lumot?
6.O’qitishning qonun va qonuniyatlari haqida tushuncha?
7.Pedagogik texnologiya deganda nimani tushunasiz?
8.Ta’lim tizimida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samarali jihatlari?
9.Muammoli ta’limning maqsad va vazifalari?
10.Muammoli ta’limni muvaffaqiyatli amalga oshirish shartlari? Adabiyotlar ro’yxati

Yüklə 452,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin