Navoiy kon-metallurgiya kombinati


Assimiliatsiya qonuni bo‘yicha –



Yüklə 452,15 Kb.
səhifə37/50
tarix28.12.2022
ölçüsü452,15 Kb.
#78086
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50
Navoiy kon-metallurgiya kombinati

Assimiliatsiya qonuni bo‘yicha – har bir yangi turtki qaytar reaksiyani vujudga keltiradi, deyiladi. Shuning uchun egallagan bilimni kaytarish yo‘li bilan turtib turish kerak deyiladi.

  • Natijaviy qonunda – reaksiya ijobiy bo‘lsa bilim mustahkamlanadi, agar salbiy

    bo‘lsa xotira uni o‘chirib tashlaydi, deyiladi.
    Haqiqatdan xam bu qonunlar hayotdan olingan bo‘lib, amaliyotda minglab, marotaba
    sinalib ko‘rilgan. Shuning uchun pedagogik amaliyotda bulardan kelib chiqishlik pedagogik jarayonning samaradorligini oshiradi.
    Didaktika tamoyillari (prinsiplari).Didaktika tamoyillarining tarixi shuni ko‘rsatadiki,
    o‘qituvchilar dars oldidan ko‘zlagan maqsadlariga ko‘p kuch va vaqt sarflamay aniq etishlari uchun, bir necha avlod olimlari tinimsiz izlanishlar olib borib didaktika prinsiplari majmui yaratilishiga sababchi bo‘lganlar.
    Pedagogik amaliyotlarda ba'zan “o‘qitish prinsiplari” atamasi ham ishlatiladi.Lekin ta'lim tamoyillari (prinsitslari) ta'lim jarayonining ikkala sub'ekti o‘qituvchi va o‘quvchi-talabaga ham dahldor.Shuning uchun taniqli didaktik olimlar O.Roziqov, A.Zunnunov, U.Mahkamov ularni ta'lim prinsiplari deb atagan ma'qul deb ta'kidlaydilar. Chunki ta'limni tashkil yetish, boshqarish va nazorat qilishda o‘qituvchi va o‘quvchi-talaba faoliyatiga qo‘yiladigan talablar, qoidalar, ta'lim prinsiplari deb ataladi. Prinsiplar umumdidaktik kategoriya bo‘lib, ular ta'limning barcha turlari, darajalari, sub'ektlari, o‘quv-tarbiya jarayonining hamma komponentlariga daxldor umumiy qoidalardir. Prinsiplar va ta'lim qonuniyatlari uzviylikda mavjuddir. Qonuniyatlar prinsiplarning ayrim tomonlarini yoritadi. Prinsip umummilliy xususiyatiga ega bo‘lib, ta'limda barcha o‘quv fanlarini o‘qitish bosqichlarida qo‘llanadi.
    O‘qitish bilish faoliyatining ajralmas qismi sifatida, insonning tevarak – atrofdagi dunyoni bilishining umumiy qonunlari asosida sodir bo‘ladi. Shuning uchun o‘qitish tamoyillari ta'lim jarayonining eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to‘g‘ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi.
    Demak, ta'lim tamoyillari pedagogning faoliyatini va talabalar tomonidan ilmiy
    bilimlarning o‘zlashtirilishi tegishli ko‘nikma va malakalar xosil qilishning asosiy qonun va yo‘lyo‘riqlarini o‘z ichiga oladi. Shu bilan bir vaqtda ta'lim tamoyillari har ikkala faoliyatning, ya'ni pedagog va talaba tomonidan o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni muvvafaqiyatli amalga oshirish imkoniyatini beradigan bir qancha talablarni ham umumlashtirib beradi. Shunga ko‘ra ta'lim qoidalari o‘qitishning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to‘g‘ri xal qilishning asosiy negizi hisoblanadi.

    Yüklə 452,15 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin