Navoiy kon-metallurgiya kombinati



Yüklə 452,15 Kb.
səhifə40/50
tarix28.12.2022
ölçüsü452,15 Kb.
#78086
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50
Navoiy kon-metallurgiya kombinati

Aqliy izlanish – juda murakkab jarayon, u asosan muammoli vaziyat vujudga
keltirilganda, aniq muammolar kuchaygandagina vujudga keladi.Agar o‘qituvchi topshiriq berib, uni qanday bajarish yo‘lini aytib, uni bajarishga undasa, bu muammoni yechishga kirmaydi.Bu o‘quvchi-talabani tanho yechimga o‘rgatadi xolos.
O‘quvchi-talabalarni haqiqiy faolashtirish, ularni muammoni mustaqil fikrlash, nazariy,
amaliy tomonlarini hisobga olish, tahlil orqali muammo yechimini o‘zi o‘ylagandek yakun toptirishga olib kelishi kerak.
Muammoli ta'lim an'anaviy ta'limdan o‘zining maqsad, prinsip, metodlari, vazifalari jihatdan keskin farq kiladi. An'anaviy ta'limning bosh maqsadi ilgaritdan fanga ma'lum bilimlarni o‘zlashtirish, o‘quvchi-talabalarda fan haqida ma'lum ma'lumot bilan qurollantirish, ularda tushuncha va malakalar hosil qilishdan iborat.
Muammoli ta'limda o‘qituvchi o‘quvchi-talabalarni murakkab tushunchalar mazmuni bilan tanishtirish jarayonida sistemali ravishda muammolar qo‘yib beradi, o‘quvchi-talabalarga axborot beradi, o‘quvchi-talabalar mustaqil ravishda xulosalar chiqaradi, umumlashtiradi va o‘qituvchi yordamida ma'lum tushunchalar, qoidalar, xulosalar chiqaradilar.
O‘qitish – shunday holatki, o‘qituvchi o‘z faoliyatida ta'lim mazmunini bayon qilishda qator muammoli vaziyatlarni yuzaga keltiradi. Bir vaqtda shu yangi bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida muammoni hal etishga undaydi.
Muammo – ilmiy bilishni rivojlantirish zarurligini ifodalashning sub'ektiv shaklidir. U
muammoli vaziyatda, ya'ni jamiyat rivojlanish jarayonida bilish va bilmaslik o‘rtasida ob'ektiv ravishda vujudga keladigan vaziyat.
Muammoli o‘qish – o‘quvchi-talabalar o‘quv-biluv jarayonida muammoli vaziyatni
tahlil etish, sintez kilish, umumlashtirish asosida uning yechimi bo‘yicha takliflar, gipotezalar keltiradilar, qarashlarining to‘g‘riligini isbotlashga harakat qiladilar.
Muammoli vaziyat – bu insonning intellektual qiyinchilikda paydo bo‘lgan vaziyatdan chiqish jarayoni, bunda ma'lum va noma'lum faktlarga suyanib, maqsad sari intilish, vaziyatdan chiqa olishga intilish, qiziqishlar orqali ijodkorlikka, mahsulot olishga yo‘l ochadi.
Psixologlar tomonidan muammoli vaziyatdan chiqishda sermahsul ishlay olish, chiqa olish ketma-ketligi aniqlangan. U quyidagicha ko‘rinishga ega:

Yüklə 452,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin