Navoiy kon-metallurgiya kombinati


Muammoli ta’limning psixologik – pedagogik maqsadlari va ularni muvaffaqiyatli amalga oshirish shart – sharoitlari



Yüklə 452,15 Kb.
səhifə39/50
tarix28.12.2022
ölçüsü452,15 Kb.
#78086
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50
Navoiy kon-metallurgiya kombinati

6.Muammoli ta’limning psixologik – pedagogik maqsadlari va ularni muvaffaqiyatli amalga oshirish shart – sharoitlari
Ta'lim muassasasi o‘z oldiga o‘quvchi-talabalarning fikrlash qobiliyatlari, ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishni bosh maqsad qilib olsa, unda pedagogik jamoaning muammoli ta'lim asosida faoliyat yuritish malakalarini shakllantirishi zarur. Shuningdek, o‘quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, ta'lim jarayoniga va o‘quv-biluv jarayoniga «muammoli o‘qitish» didaktikasini joriy etib borish asosiy ish jarayoniga aylanmog‘i kerak.
Muammoli ta'lim ta'lim-tarbiya jarayonini faollashtirish, o‘quvchi-talabalarning o‘quvbiluv jarayoniga ehtiyoji qiziqishi, xohishini orttirishga sabab bo‘ladi.
Agar o‘qituvchi muammoli ta'limning mazmun - mohiyatini yaxshi o‘zlashtirib olsa, o‘quv jarayonining shakli va metodlarini, texnik jihatdan jihozlanishni amalda qo‘llay olsa u o‘zo‘zidan muvaffaqiyat keltiradi.
O‘qituvchining didaktik jihatdan yaxshi tayyorgarligi juda muhimdir. Chunki muammoli ta'limning nazariy va amaliy jihatlarini atroflicha o‘rganish – o‘quv jarayonini san'at darajasiga olib chiqish demakdir, u o‘z navbatida o‘quvchi-talabalarning ta'lim mazmunini to‘la o‘zlashtirib olishiga kafolatdir.
Muammoli ta'limni muvaffaqiyatli kechish shartlari quyidagilardan iborat:

  1. O‘quv materialini muammolashtirish.

  2. O‘quvchi-talabaning faolligini tashkil etish.

  3. O‘qitishning o‘quvchi-talaba hayoti, turmush tarzi, mehnati o‘yin bilan aloqasi. Muammoli vaziyatlarni yaratish usullari:

1.O‘qituvchio‘quvchi-talabalarni ziddiyat holatiga keltiradi va o‘zlaricha yechimini topishni taklif qiladi. 2. Amaliy faoliyatdagi ziddiyatlar to‘qnashuvini vujudga keltiradi.
3. Bir savolning o‘ziga har xil fikrlarni bildiradi. 4. Hodisani har xil pozitsiyadan ko‘rib chiqishni taklif qiladi.

    1. Taqqoslashga, umumlashtirishga, xulosalar chiqarishga undaydi.

    2. Aniq savollar qo‘yadi, yechimini so‘raydi.

    3. Muammoli topshiriqlarni qo‘yib, yechimini so‘raydi.

Muammoli ta'limning nazariy asoslari shuni ko‘rsatadiki, ta'lim muassasalari oldida turgan bosh maqsad o‘quvchi-talabalarni har tomonlama barkamol avlod bo‘lib rivojlanishini ta'minlashdan iborat. O‘quvchi-talaba shaxsini har tomonlama barkamol rivojlanishini ko‘rsatuvchi asosiy omil uning yukori darajada mustaqil fikrlay olishida namoyon bo‘ladi.
Agar o‘quv jarayoni o‘quvchi-talabalarni mustaqil fikr yurita olishga o‘rgatsa, unday ta'limni rivojlantirishga asoslangan o‘quv-biluv jarayoni deb qabul qilish mumkin.
O‘quvchi-talabalarni mustaqil fikrlashga yo‘naltirilgan maxsus vositalarni qo‘llab, uni fanga qiziqtirish, erkin fikrlashga o‘rgatish, rivojlantirish tizimi yaratib borilsa, buni muammoli ta'lim deyish mumkin.
O‘quvchi-talabalarni faollashtirishda samarali metod, usullarni an'anaviy ta'limni amalga oshirishda didaktik yondashuv asosida olib borilishi deb tushuntiradilar.
O‘quvchi-talabalarning aqliy fikrlashlarini tayyor mavjud bo‘lgan yo‘llar bilan o‘stirish maksadga erishishning oddiy usuli bo‘lib, u ijodkorlikka, izlanuvchanlikka olib kelmaydi.
Muammoli ta'lim jarayonida o‘quvchi-talabalar tahlillar asosida qo‘llash, sintez qilish, umumlashtirish, faktik materialni aniqlashtirish, o‘zi mustaqil yangi axborotni oladi.Boshqacha aytganda, bu bilimni kengaytirish, chuqurlashtirishni ilgarigi olgan, o‘zlashtirgan bilimlari asosida o‘zlashtirish, qo‘llay bilishdan iborat.
Olgan bilimlarini yangicha qo‘llashda o‘qituvchi qo‘llanma, darslikdan tayyor xolda bermaydi, u o‘quvchi-talabalar tomonidan mustaqil izlab topiladi. Mana shu holat izlanuvchanlik, sinchkovlik metodida ishlash ko‘nikmalarini shakllantiradi.

Yüklə 452,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin