Navoiy kon-metallurgiya kombinati


Dars berish shakllari va vazifalari



Yüklə 452,15 Kb.
səhifə35/50
tarix28.12.2022
ölçüsü452,15 Kb.
#78086
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50
Navoiy kon-metallurgiya kombinati

3.Dars berish shakllari va vazifalari.
Kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyotida ta'lim berish va o‘qitish paydo bo‘lgan va
mustaqil jarayon sifatida ajralib chiqqan vaqtidan boshlab tashkiliy shakllarida turlicha amalga oshirilgan.
Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, kishilik jamiyati taraqqiyotining ilk bosqichlarida ta'lim berish ishlarini kishilarning mehnat faoliyati, turmush tarzi bilan uzviy bog‘langan hamda bilim berish, katta yoshdagilar hayotiy tajribasini yoshlarga o‘rgatish ishlari yakka tartibda (individual) olib borilgan. Bu o‘qitishning eng qadimgi shakli- ta'limning individual shakli hisoblanadi. Ta'limni tashkil etishning individual shakli (kichik guruhlar shaklida) antik davr va o‘rta asrlarda yagona usul bo‘lgan, undan yevropadagi ba'zi mamlakatlarda keng foydalanilib kelingan.
Individual ta'lim (kichik guruhlar shaklida) bir qator afzalliklarga ega, shuning uchun ta'limning bu shakli bizning davrimizgacha repetitorlik ta'limi shaklida saqlanib qolgan. Uning ustunligi o‘quv faoliyati mazmuni va metodini to‘la individuallashtirish, aniq bir masalani hal etishda uning har bir harakati va faoliyati jarayonlarini kuzatib borishdan iborat. Individual ta'lim o‘qituvchining yuqori pedagogik malaka va mahoratga ega bo‘lishni talab etadi.
Individual ta'lim (o‘qitish)ning afzallik(ustunlik)lari bilan bir qatorda uning bir qator kamchiliklari ham mavjud bo‘lib ular quyidagilardan iborat:

  • vaqtning tejamli emasligi;

  • o‘qituvchi ta'sirining cheklanganligi (o‘qituvchining vazifasi o‘quvchi-talabalarga topshiriq berish va uni bajarilishini tekshirishdan iborat);

  • boshqa o‘quvchi-talabalar bilan hamkorlikda ishlash imkoniyati cheklanganligi (bu holat ijtimoiylashish jarayoniga salbiy ta'sir ko‘rsatadi);

  • jamoada ishlash tajribasining shakllanmasligi va h.k.

Mazkur sabablar XVI asrdan boshlab individual o‘qitish shaklining ahamiyati pasayib, uning o‘rnini ta'limning individual – guruhli shakli egallashiga imkon beradi.
Ta'limning individual – guruhli shaklidan yevropada XVI asrda keng foydalana boshladilar.Vaholanki, Markaziy Osiyo davlatlarida ta'limning individual – guruhli shaklidan qadimgi (antik) davrlarda keng foydalanganlar.
Ta'lim faqat so‘z va o‘rgatish bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, ya'ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo‘lgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan bo‘lishi, o‘rganishidir”.
Hozirgi paytda ta'limning bu qadimiy shakli bilan bir qatorda sinf-guruh dars shakli va zamon hamda istiqbol talablarini o‘zida aks ettiruvchi noan'anaviy (bahs-munozara, seminar, laboratoriya, trening, viktorina, fakultativ, o‘yin kabi) shakllardan keng ko‘lamda foydalanilmoqda.

Yüklə 452,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin