Navoiy kon-metallurgiya kombinati


O‘qitishning shakli va vositalari



Yüklə 452,15 Kb.
səhifə34/50
tarix28.12.2022
ölçüsü452,15 Kb.
#78086
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50
Navoiy kon-metallurgiya kombinati

2.O‘qitishning shakli va vositalari.
Didaktik g’oyalar (tizimlar) tarixiy taraqqiyot jarayonida yangi g’oyalar bilan boyib davr talabiga mos keluvchi tizimlarga aylanadi. Didaktik tizimlarning ketma-ketligi o’qitish nazariyasi va amaliyotining umumiy qonuniyatidir.
Ta’lim turlari (yunoncha «species» alohida, o’ziga xos xususiyatga ega) o’quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga nisbatan turlicha yondashuvdir
Dogmatik o’qitish – jamoa asosida idrok etish faoliyatining ilk turi bo’lib, o’rta asrlarda keng tarqalgan.
Dasturiy ta’lim (dasturlashtirilgan o’qitish) harakat (operatsiya)lar ketma-ketligi tizimini ifodalovchi, ularni bajarish ilgaridan rejalashtirilgan natijaga olib keluvchi “dastur” terminidan kelib chiqadi. Ushbu turning asosiy maqsadi o’quv jarayonini boshharishni yaxshilashdan iborat. Bunday o’qitish asosini kibernetik yondoshish tashkil etadi. Unga binoan o’qitish murakkab dinamik tizim sifatida qaraladi. Dasturiy ta’lim yangi didaktik, psixologik va kibernetik g’oyalar asosida XX asrning 60-yillari boshlarida yuzaga keldi. U o’quvchining bilim egallashi yo’lida har bir qadamni nazorat qilishga imkon beradigan va shuning asosida o’z vaqtida yordam ko’rsatish, qiyinchiliklarini oldini olish, qiziqishini yo’qotmaslik va salbiy oqibatlarning oldini olishga imkon beruvchi o’quv jarayonining texnologiyasini yaratishga yo’naltiradi.
Dasturiy ta’limning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
-o’quv materialining alohida qismlarga ajratilishi;
-o’quv jarayonining bilimlarni o’zlashtirish bo’yicha bilimlar portsiyalari va fikrlash amallaridan iborat bo’lgan ketma-ket qadamlardan iborat bo’lishi;
-har bir qadamning nazorat bilan yakunlanishi (savol, topshiriq va shu kabilar);
-nazorat topshiriqlarini to’g’ri bajarganida o’quvchining yangi materiallarni olishi va navbatdagi qadamni bajarishi;
-to’g’ri javob topganda o’quvchining yordamchi va qo’shimcha tushuntirishlarni olishi;
-har bir o’quvchining mustaqil ishlashi, kuchi yetadigan mavzu bo’yicha o’quv
materialini egallaishi;
-barcha nazorat topshiriqlari bajarilish natijalarining qayd etilishi (ular o’quvchilarning o’zlariga (ichki qayta aloqa) va pedagogga (tashqi qayta aloqa) ma’lum qilinadi);
-o’qituvchining ta’lim tashkilotchisi va qiyinchilik yuzaga kelganda yordamchi (maslahatchi) sifatida ishtirok etishi, individual yondoshuvning amalga oshirilishi;
-ta’lim jarayonida o’qitishning o’ziga xos vositalarining keng qo’llanilishi
(dasturlashtirilgan o’quv qo’llanmalari, trenajerlar, nazorat qilish qurilmalari, o’qitish mashinalari).
Kompyuterli ta’lim. O’qitish sohasida jahon didaktikasining muhim tajribasi - shaxsiy elektron-hisoblash mashinalari (SHEHM) rivojlanishi kompyuterli (kompyuterlashtirilgan) ta’limning shakllanishiga imkon berdi. Maxsus ta’lim dasturlari bilan ta’minlangan kompyuterlarni deyarli barcha didaktik masalalar: axborotni berish, o’qitish jarayonini boshharish, natijalarini nazorat qilish va tuzatib borish, mashqlarni bajarish, o’quv jarayoni rivojlanishi haqida ma’lumotlarni to’plash va boshqalarni hal etishga moslashtirish mumkin.
Kompyuterli ta’limning sifati quyidagi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi:
-o’qitish dasturlarining sifati; -hisoblash texnikasining sifati.
Bu sohada ham muayyan muammolar mavjud, ya’ni, o’quvchilarning idrok etish faoliyatini tashkil etish qonuniyatlarini hisobga olgan holda yaratilgan ta’lim dasturlari hozircha juda kam, ularni tuzib ishlab chiqish ko’p vaqt va kuch talab etiladi, shu bois ularning narxi ham qimmat. Respublika ta’lim muassasalarida EHMlar soni va ulardan foydalanish ko’lami ortib va takomillashib bormoqda, biroq, bu sohada hali jahon tajribasidan ortda qolish holati bartaraf etilgani yo’q.

Yüklə 452,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin