Navoiy kon-metallurgiya kombinati


PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING MOHIYATI VA UNGA QO’YILGAN TALABLAR



Yüklə 452,15 Kb.
səhifə38/50
tarix28.12.2022
ölçüsü452,15 Kb.
#78086
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50
Navoiy kon-metallurgiya kombinati

5.PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING MOHIYATI VA UNGA QO’YILGAN TALABLAR.
O’tgan yillarimizga nazar tashlab, ularni sarhisob qilsak, mustaqilligimiz sharofatini yanada chuqurroq anglaymiz. Biz ta’limda butunlay yangilanish, yangi jarayonga tom ma’noda o’tish va unga moslashish davrini boshimizdan kechirmoqdamiz.
Pedagogik texnologiya nima va u an'anaviy ta'lim metodlaridan nimasi bilan farqlanadi? Aynan ta'limga tizimli yondashuv pedagogik texnologiya asosida o‘qitishni boshqa yondashuvlardan farqlovchi asosiy belgi hisoblanadi. Ta'lim maqsadlari, uning mazmuni, o‘qitish va ta'lim berish metodlari, nazorat va natijalarni baholashni o‘zaro aloqada va bir-biri bilan bog‘liqlikda loyihalash – ko‘pincha an'anaviy o‘quv jarayonida yetishmaydigan jihatlardir. Aslini olganda, pedagogik texnologiya – bu o‘qitishning yangicha, o‘ziga xos (innovatsion) yondashuvdir.U pedagogikadagi ta'limni texnologik tashkil etish tafakkurining o‘ziga xos ifodalanishi, texnokratik ongning pedagogika sohasiga ko‘chirilgan tasviri, ta'lim jarayonining muayyan standartlashuvi hisoblanadi.
Texnologiya” tushunchasi yunoncha ikki so‘zdan “texnos” (“techne”) – mahorat, san'at, tushuncha, o‘rganish, “logos” – (logos) – fan, ta'limot so‘zlaridan tashkil topgan
Pedagogik texnologiya ijtimoiy zaruriyat bo‘lgani bois dastavval XX asrning 30yillarida AQShda “ta'lim texnologiyasi” sifatida qo‘llanib, o‘quv jarayonida audiovizual texnika vositalaridan foydalanishni ifodalagan.
Ta'lim texnologiyasi” tushunchasi inglizcha “an educational technology” – ta'lim
(o‘qitish) jarayonini yuksak nazorat, san'at darajasida tashkil etish borasida ma'lumotlar beruvchi fan yoki ta'limot ma'nosini anglatadi.
Yuqoridagi fikrlar asosida pedagogik texnologiya tushunchasini ikki xil izohlash mumkin: birinchidan, uning o‘quv jarayonida texnika vositalaridan foydalanishning kengayib borishini ifodalashi nazarda tutilib, ta'limdagi, o‘qitishdagi texnologiya deb nomlash mumkin bo‘lsa, ikkinchidan, bu tushuncha o‘quv jarayonining o‘zini qurish texnologiyasini bildiradi deb xulosa chiqarish mumkin.
Pedagogik texnologiyalar tushunchasining mazmun-mohiyatini yorituvchi turli ta'riflar mavjud bo‘lib, quyida ularning ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.
Pedagogik texnologiya – o‘qitishning, ta'limning shakllari, metodlari, usullari,
tarbiyaviy vositalarning maxsus yig‘indisi komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovkalar) majmuasi. U pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat.
Pedagogik texnologiya – o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan, o‘quvchi-talaba shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir.
Pedagogik texnologiya – ta'limning rivojlantiriladigan natijalariga erishish jarayoni
tafsiloti.
Pedagogik texnologiya – bu bilim berish va uni egallashda texnika va inson resurslarini
o‘zaro uzviy bog‘liq holda ko‘rib, butun ta'lim jarayonini loyihalashda va amalda qo‘llashda majmuali yondashuv usulid
Pedagogik texnologiya – pedagogik maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan
barcha shaxsiy, uskunali va metodologik vositalarning tizimli yig‘indisini va ularning amal qilish tartibini bildiradi. (М.В.Кларин).
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning hozirgi kunda yuqoridagiday turli-tuman ta'riflari mavjud bo‘lib, unga ijtimoiy-iqtisodiy, pedagogik, psixologik, didaktik, tashkiliy va boshqa nuqtai nazarlardan yondashish mumkin.
Umuman, zamonaviy pedagogik texnologiyalar nazariy fan sifatida pedagogika fanining alohida yo‘nalishlarini tashkil etib, o‘z maqsadi, vazifalari, muammolari, metodologiyasi va boshqa nazariy asoslariga, o‘z muammolarini hal qilishda boshqa fanlar bilan bog‘liqliklarga ega.
Shunday qilib, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning turlarini tanlash shakllanayotgan bilim, ko‘nikma va malakalar, tashkil etilayotgan darslar shakli va qo‘llanilayotgan metodlar hamda metodik usullarning xususiyatiga bog‘liq.

Yüklə 452,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin