Navro’zoy: Bolalar qaranglar davramizga Dehqon bobo tashrif buyuryaptilarku.
/Musiqa ostida Dehqonbobo Chigitpolvon va Bug’doyoylar bilan kirib keladi./
Boshlovchi: Assalomu alaykum, Dehqonbobo!
Dehqonbobo: Vaalaykum assalom jajji nabiralarim. Bugundan boshlab yurtimizda mehnat pallasi. Jo’shqin hayot pallasi boshlandi. O’zim bilan birga Chigitpolvonni va Bug’doyoylarni olib kelganman.
Bug’doyoy: Men har doim azizman, liq-liq to’la mag’izman.
Oltin kabi tovlanib, quyosh kabi sallolanib.
Bobodehqon bilan birga, shoshildik davrangizga.
Chigitpolvon: O’zim kichik chigitman, juda polvon yigitman.
Vatanim mening tuproq, kuch olar tanim har choq.
Dehqonbobo: Balli aziz bug’doyim, jajji yigitcham balli.
Siz mening iftixorim, shon-shuxrat va madorim.
Bolajonlar men sizlarga bir topishmoq olib kelganman. Topasizlarmi?
Bolalar javoblari:
Dehqonbobo: Kecha-kunduz qaynaydi, dillarni u xushlaydi.
Vitaminga juda boy , yesang bo’lasan misli toy.
Bolalar: S U M A L A K !
Dehqonbobo: Judayam to’g’ri bolajonlar. Qani kim menga sumalak to’g’risid
she’r aytib beradi.