Ikkala jarchilar:
Har odamning mayli bor
Olam bitta bo’lsa ham,
Har elning o’z sayli bor,
Keldi Navro’z va bahor.
Davraga Bahoroy, Boychechak, Mart, Aprel, May oylari kirib keladi.
1-o’quvchi:
Uyg’onish, yangilanish hamda ezgulik, mehr-oqibat, xayru sahovat, tinchlik, hursandlik ramzi – Navro’zi olam insonlarni go’zallikka, yaxshilikka chorlab, qutlug’ qadamlari bilan kirib kelmoqda.
2-o’quvchi:
Zero bir-birini qo’llab –quvvatlash, muborak kunlarda xayru sahovat ko’rsatish xalqimizning qadimiy va o’lmas urf-odatlaridan biridir.
3-o’quvchi:
Navro’z har bir inson ruhiga shodlik, mehr-ezgulik ulashadi.
4-o’quvchi:
Avloddan-avlodga o’tib kelayotgan, bebaho merosga aylangan bayramdan har birimiz bahramand bo’laylik.
5-o’quvchi:
Bahor dengiz, kuz-qirg’oq
Suvingga hamma mushtoq.
Gullasin bog’i chorbog’
O’yna qo’limda qayroq
Sayra qo’limda qayroq.
Yakkalaka o’ynasammi
Dukkalaka o’ynasanmi
Oyim javob bersalar
Sahnada o’ynasammi?
Ijrochi: Davronova Umida
Navro’z Bobo:
Shu kunlarda xalqimiz o’zining tabiatga yaqinligini qadrdonligini yanada chuqur his etadi. Yam-yashil yayloqlar, tog’lar, bog’larda sayil-tomoshalar o’tkaziladi. Dahqon bobo yaxshi niyat bilan o’z dalasiga urug’ sepadi.
Hosiljon:
Navro’z kuni hashar o’tkazmoqlik qadim zamonlardan qolgan qutlug’ ishlardir. Shu kuni ko’chatlar, gullar ekiladi, daraxtlarga shakl beriladi. Mahallalar, ko’chalar, qishloqlar obodonlashtiriladi. Ariq – zovurlar
kovlanadi. Nochor qariyalarga, nogiron bolalar xolidan xabar olinadi. Bu esa Vatanimizni sevishga, urf-odatlarimizni xurmat qilishga, mehr-oqibatli bo’lishga chorlaydi.
Momo yer:
O’rningdan tur xey bashar,
Hamma yoqqa xabar ber
To’plab qilamiz xashar
Sendan bo’lsin xarakat
Mendan bo’lsin barakat
Dostları ilə paylaş: |