Navro‘z birdamlik bayrami!


Kelar Navro‘z, keldi Navro‘z, gul Navròz



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə46/56
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#207702
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   56
21 mart Navro\'z bayrami ssenariylari

Kelar Navro‘z, keldi Navro‘z, gul Navròz.


Soch popuklar qilib dona bolalar,
Xursand bo‘lib qushlar qilar nolalar.
Boychechakka quyosh taftin beribdi,
Oppoq qoru muzlar, qarang, eribdi.
Kelar Navro‘z, keldi Navro‘z, gul Navròz.
6 NAVRO'Z


Navro'z keldi elimga,
Navro'z - yangi kun demak.
Dilso'z keldi tilimga:
- Bu yangi kun muborak!


Navro'z keldi elimga,
Ko'm-ko'k bo'ldi dala bog'.
Quvonch to'ldi dilimga.
Yur o'ynaymiz, ey o'rtoq.


Navro'z keldi elimga,
Yana chiqar kamalak.
Kapgir tutib qo'limga
Men qo'zg'ayman sumalak.


Navro'z keldi elimga,
Yayrab ketdi jon, tanim.
Dilso'z keldi tilimga:
- Gulla, yashna Vatanim
7 Navróz
Kelsa yilboshi — navroʻz,
Olam guliston bo`lg'usi,
Osmondan yer-u zaminga
Obi rahmat yog'gusi.


Navro'z keldi jahonga,
Borib aytgin otangga,
Otang bersin bir tanga,
Oborib ber mullangga.
8 Navro'z


Toblanib
Qish ayozida
Qaldirg‘ochning
Bayozida
Navro‘z tushib kelar tog‘dan.
Boychechakdan
Chambar boshda,
Ta’zim qilib
Yurt, quyoshga,
Navro‘z tushib kelar tog‘dan.
Qo‘lga olib
Yangroq torin,
Ko‘z-ko‘z qilib
Bisot-borin,
Navro‘z tushib kelar tog‘dan.
Fayz ulashib
Tong-azonda,
Sumalaklar—Doshqozonda,
Navro‘z tushib kelar tog‘dan.


9 BAHOR
Unga belandi dunyo,
Qor yoqqanda bo'ralab.
Olam uxlaydi go'yo,
Oq choponga o'ralib.
Go'zal bahor kelganda
Qishning ko'rpasin otdi.
Uyqudagi olamni
Kulib-kulib uyg'otdi.

​​10 Bahor keldi




Soginchlardan yasay sizga guldasta
Guldasta qilib qalbim payvasta
Olislardan turib deyman men asta
Navrözi ayyom muborak bo'lsin!


Avval yuragingga mo‘ralaydi u,
So‘ngra kurtaklarga o‘rgatadi so‘z.
Zaminning ko‘zidan qochadi uyqu,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
11BAHOR...


Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…


Qancha sevar eding, bag‘rim, bahorni,
O‘rik gullarining eding maftuni.
Har uyg‘ongan kurtak hayot bergan kabi
Ko‘zlaringga surtib o‘parding uni.


Mana, qimmatligim, yana bahor kelib,
Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.
Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni,
Ul ham yosh to‘kdi-yu, chekindi nari.


12 Bahor
Baxor chechaklari bo'lsin armug'on,
Siz nurli insonsiz baxtli begumon,
Bayramla qutlayman bo'ling shodumon,
Har kuningiz o'tsin bayramday har on!
13 Navróz
Navro‘z, Navro‘z, Navro‘zjo
Xush kelibsan elimga!
Binafsha – yu bo‘tako‘z
Lola tutib qo‘limga
Navro‘z, Navro‘z, Navro‘zjon
Xush kelibsan elimga!
Olam – jahon gullardan
Quvonch solib dilimga.
Navro‘z, Navro‘z, Navro‘zjon
Xush kelibsan elimga!

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin