Nazariy mashgulotlar mazmuni


Respublika axborot-kutubxonalar tizimi faolyatini muvofiqlashtirish bo'yicha Idoralar aro Kengashi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə34/56
tarix28.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#168653
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   56
Axborot-kutubxona menejmnti uslubiy qo`llanma

Respublika axborot-kutubxonalar tizimi faolyatini muvofiqlashtirish bo'yicha Idoralar aro Kengashi
Xalq Talimi Vazirligi
I
Hududiy
markaziy
ARM
12 ta
1.3-rasm. Axborot-resurs va axborot-kutubxona markazlari tarmog‘i tuzilmasi
Akedemik
litseylar
qoshidagi
ARMlari
143ta
Kasb-hunar kollejlari qoshidagi ARMlar 1406 ta
Tuman
ARM
200 ta

Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi
Milliy kutubxona - bu davlatning bosh kutubxonasi bo’lib, faqat birgina millatga tegishli bo’lmay, balki shu mamlakatning va xalqning milliy boyligi va davlat ahamiyatiga ega bo’lgan kutubxonadir. Milliy kutubxona xalqning madaniy rivojlanishida, milliy ma’naviy boylikni boshqa xalqlar, mamlakatlar madaniyati yutuqlaridan baxramand bo’lish, madaniy aloqalarni kuchaytirish, milliy madaniyatning umumjahon madaniyat yutuqlari bilan doimo boyitib borishda nihoyatda katta rol o’ynaydi. Miliiy kutubxonaning o’ziga xos tomonlari quyidagilardan iborat:

  1. Davlatning siyosiy qiziqishlari, madaniy va ijtimoiy faoliyatiga bog’likligi;

  2. Davlatga moddiy va ma’muriy ta’aluqliligi;

  3. Umumdavlat faoliyatining xududiy chegaralanmaganligi;

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002- yil 20- fevraldagi N° UP-
3029 sonli“Ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish to’g’risidaMgi farmoniga[5] muvofiq, Alisher Navoiy nomidagi 0’zbekiston respublikasi Davlat kutubxonasi va Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi negizida Alisher Navoiy nomidagi 0’zbekiston Milliy kutubxonasi tashkil etildi.
Ta'kidlash joizki, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Alisher Navoiy nomidagi O„zbekiston Milliy kutubxonasi - axborot resurs markazining samarali faoliyatini ta'minlash bo„yicha bir qator tashkiliy-texnik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xalqaro tajribani va kutubxona foydalanuvchilarining, eng avvalo, yoshlarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda, o’quv zallarining ixtisoslashuvi va joylashishi takomillashtirildi. Ixtisoslashtirilgan elektron kutubxona zali, multimedia texnologiyalari zali tashkil etildi, barcha zallarda Internet tarmog„idan foydalanish ta'minlandi.
Ma'lumotlarni qidirish va olish uchun vizual va virtual axborot taqdim etgan holda interfaol axborot vositalari, aktiv panellar va monitorlar orqali kutubxona foydalanuvchilarini xabardor qilishning zamonaviy tizimi o„rnatildi. Nashrlarni tezkor tarzda yetkazib beruvchi «telelift» tizimi joriy etildi.
A.Navoiy nomidagi O„zbekiston Milliy kutubxonasining ilg„or axborot- kompyuter texnologiyalari bilan jihozlangan, eng avvalo, respublika yoshlarining intellektual va madaniy ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish uchun milliy va xorijiy axborot-kutubxona fondlaridan keng foydalanish imkonini beradigan, zamonaviy mutlaqo yangi, eng yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan axborot resurs markazi sifatidagi samarali faoliyati ta’minlanmoqda.Bunda kutubxonaning shakllantirilgan tashkiliy tuzilishi (4- ilova) muhim ahamiyatga ega.
Yuqorida keltirib o’tilgan vazifalarni amalga oshirish orqali mamlakatimizda bugungi kunda o’zining tajribasiga asoslangan holda raqamli(elektron) kutubxonalar yaratishga kirishildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011-2015 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborot-kutubxona va axborot resurs xizmatlari ko’rsatishni sifat jihatidan rivojlantirishm davom etttirish chora tadbirlari to’g’risida” 2011 yil 23 fevraldagi PQ-1487-sonli qarorida belgilangan vazifalarni bajarishda mamlakatimizda axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etish, axborot resurlar fondini hamda elektron resurslar bazasini shakllantirish, foydalanuvchilar so’rovini todaqonlik bilan bajarish bilan birgalikda ularga tez va sifatli xizmat ko’rsatish doirasida bir qancha yuqori natijalarga erishmoqda. Mamlakatimizda yetakchi kutubxonalardan biri Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi bugungi kunga kelib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida foydalanuvchilar ehtiyojlarini ta’minlash maqsadida yangi interaktiv xizmatlarni joriy etgan holda faoliyat olib bormoqda.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin